Hisob – kitob funktsiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to’lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob funktsiyasini bajaradi.
Sotsial himoya funktsiyasi. Bozor iqtisodiyotining o’tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o’tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo’llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizada 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go’sht, o’simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o’rtasidagi farq byudjet mablag’lari hisobiga qoplab borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |