Iqtisodiy regulyatorlik funktsiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o’zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo’lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo’naltiradi va aksincha.
Raqobat vositasi funktsiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |