MODULIDAN
BAKALAVR PORTFOLIOSI
TOSHKENT-2020
Qosimova S. “Baholash ishi” (2-modul “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari”) modulidan bakalavr portfoliosi fanning na’munaviy va ishchi o’quv dasturlari asosida shakllantirilgan bo’lib, unda fanning mazmun-mohiyati, tarkibi, mavzularni o’zlashtirishda tegishli adabiyotlar bilan ishlash, talabaning fanni o’zlashtirish darajasini baholash jarayoni bo’yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
-
Tuzuvchi:
|
|
|
Qosimova S.
|
|
TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
|
|
|
Zoyirov L.
|
–
|
TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Raimjanova M
|
–
|
TMI, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
Kirish
Xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi. Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» yetakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan. «Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlantiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |