funksional tamoyil - u mehnat taqsimoti jarayonini namoyon qiladi, ya'ni ixtisoslashganlik darajasi tashkilotning o'sishi bilan rivojlanadi (9.2.-rasm). Bunda tashkilot o‘xshash faoliyat turlarini yagona bo'linmaga (ixtisoslashgan brigada, korhona (seh) maydoni va h.k.) birlashtirishga harakat qiladi, ya'ni tashkilotning gorizontal o'sishi kuzatiladi;
Skalyar (chiziqli) tamoyil tashkilotning vertikal aloqalar bo'ylab o'sishi bilan bog’liq. Bunda ikkita asosiy jihat ajratib ko'rsatiladi - yagona rahbar tamoyili, unda bo'ysunuvchi faqatgina bitta rahbarga bo'ysunadi va qat'iy ierarhiya (9.3.-rasm) tamoyili, unga muvofiq ierarhiyada uzilishlar va kesishuvlar hush kurilmaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |