Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet35/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

foydalanganlik uchun to‘lov — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yig‘ib olinadigan to‘lovlar;
xususiy sherik — O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan tadbirkorlik faoliyati subyekti va shunday subyektlarning birlashmasi.
O‘zbekiston hukumati ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha faol harakat qilib kelmoqda. Hokimiyat va biznes o‘zaro manfaatli hamkorligining zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish davlat boshqaruvida 2017-yilda boshlangan islohotlarning bir qismidir. Ushbu vaqt davomida hukumat maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash va kommunal xo‘jalik kabi sohalarda davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi vazifalarini amalga oshirishda o‘zaro foydali hamkorlik samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish doirasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yilning 10 mayida oxirgi ikki yil davomida ishlab chiqilgan va muhokama qilingan «Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi. 
Ijtimoiy muhim loyihalarni birga amalga oshirishda hokimiyat va biznes sherikchiligining asosiy mazmuni nimadan iborat? Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun respublika hukumati qanday tashabbus va loyihalarni ilgari surmoqda?
Davlat-xususiy sheriklik nimadan iborat?
Davlat-xususiy sheriklik - bu xususiy investitsiyani jalb qilish hamda ilg'or boshqaruv tajribalarini joriy qilish, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tuzilgan uzoq muddatli o'zaro manfaatli shartnoma va bitimlardir. Shu bilan birga, tasdiqlangan loyihalarga ta'sir qiluvchi xavf-xatarlar to'g'ri taqsimlanadi va xususiy sherik asosiy xavf-xatar va moliyalashtirishni o'z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, davlat ushbu loyihalarni tartibga solishda o'z vakolatlarini saqlab qoladi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat tomonidan qo'shiladigan hissa xususiy sherik majburiyatlari orqali qoplanadi. Bundan tashqari, tomonlarning majburiyatlari samaradorligi bo'yicha ko'rsatkichlar aniq belgilab qo'yiladi. An'anaviy shakldagi davlat-xususiy sherikligi - bu qurilish, moliyalashtirish, modernizatsiya, ekspluatatsiya va xizmat ko'rsatish uslublarini o'z ichiga qamrab oladi.
Hokimiyat va xususiy biznes hamkorligining eng oddiy ko‘rinishdagi sxemasi quyidagicha:

  • davlat ijtimoiy infratuzilma obyektini (masalan, klinika, yo‘l, bog‘cha, maktab va h.) qurish yoki modernizatsiya qilishni rejalashtirayotganini e’lon qiladi va sarmoyadorlarni tenderga taklif etadi.

  • Tanlovda g‘olib bo‘lgan xususiy kompaniya loyihani moliyalashtiradi (kapitalni jalb qiladi), inshootni quradi (yoki modernizatsiya qiladi) va butun hayotiy sikl davomida ushbu obyektni boshqaradi.

  • Davlat va xususiy kompaniya o‘rtasida tuzilgan shartnoma muddati yakunida undagi shartlarga ko‘ra obyekt yo davlatga topshiriladi, yo xususiy kompaniya qo‘lida qoladi. Davlat o‘z navbatida xususiy sherikning barcha xarajatlari, kredit foizlari va daromadlarini o‘z ichiga olgan oylik unitar to‘lovlarni amalga oshiradi.

Davlat-xususiy sheriklik eng avvalo davlat va biznesning infratuzilmalarni tashkil etish hamda ijtimoiy jihatdan muhim xizmatlarni ko‘rsatishda moliyaviy, texnologik va boshqaruv resurslarining birlashuvidir. Bunday hamkorlikda munosabatlar davlat va xususiy kompaniyalar kooperatsiyasi singari barpo etiladi.
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmidan dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida iqtisodiyotning ko‘pchilik sohalarida keng foydalanilmoqda.
Xususan, davlat-xususiy sheriklik yordamida investisiyalar yo‘l infrastrukturasi, aeroportlar, temir yo‘llar, qishloq xo‘jaligi, ta’limtibbiyot sohalariga yo‘naltirilgan. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh davlatlari yetakchi sanaladi. Ushbu loyiha boshqa mamlakatlarda ham keng ommalashmoqda, MDHga a’zo mamlakatlarda bunday loyihalar Rossiya Federasiyasi va Qozog‘istonda rivojlangan. Qishloq va suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish bo‘yicha Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari peshqadamlik qilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizm, hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini, aerokosmik texnologiyalarni joriy etish sohalarida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish belgilab berildi.
Ayni damda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada ishtirokchilar o‘rtasida xavflarning bo‘linishi aniq va ravshan qilib ko‘rsatilishi shart va muhimdir. Ushbu shakldagi munosabatlarga davlat organlarining vakolatlari aniq bayon etilgan qonunchilik bazasi kerak.



  1. Download 6,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish