Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “baholash ishi” fanidan kurs ishi mavzu



Download 274,42 Kb.
bet3/8
Sana20.04.2023
Hajmi274,42 Kb.
#930748
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baholash ishi va investitsiyalar

Talab = taklif, bo‘lsa narx = qiymat
Talab > taklif, bo‘lsa narx>qiymat
Talab < taklif, bo‘lsa narx5

Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farqqilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektivqiymat qonunining kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi.
Qiymat qonunining resurslarni taqsimlashni tartibga solib turish vazifasi shundan ko‘rinadiki, jamiyatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslar foyda normasi past bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlarga to‘xtovsiz o‘tib turadi.
Neoklassik nazariyada tovar nafliligiga ustuvorlik beriladi. Ular fikricha xaridor tovar qiymatini uning nafliligidan izlaydi. Italyan iqtisodchisi F. Galiani (1728 – 1787) nazariy tasavvuricha eng yuqori naflilikka ega bo‘lgan tovarlar masalan, oziq- ovqat mahsulotlari shunday yuqori qiymatga ham ega bo‘lishi zarur. Biroq klassik iqtisodiy nazariyada A. Smit bunday o‘zaro bog‘liqlik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qaydqilgan. Uningqarashi “Smit paradoksi” nomini olgan: agar buyumningqiymati uning nafliligiga bog‘liq bo‘lsa, nima uchun normal sharoitda eng yuqori nafli samaraga ega bo‘lgan ne’matlar (non, suv, sut) inson uchun juda nisbiy naflilikka ega bo‘lgan qimmatliklar (brilliant)ga qaraganda past baholanadi. XIX asr oxirlarida bir qator iqtisodchilar (U. Djevons, A. Marshall, К. Menger, F. Vizer, E.fon Bem. Bavrek, L. Valras) mazkur muammoning nazariy yechimini keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi tushunchasini kiritish orqali topishga harakat qiladi. Bu tushunchaga ko‘ra, moddiy boyliklar qiymati aniq olingan inson uchun ularning foydalilik darajasi bilan aniqlanadi. Bunda gap foydali bo‘lishning umumiy miqdori to‘g‘risida emas, balki ne’matningqo‘shilgan miqdori nafliligi haqida ketadi.
Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayriboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuvqiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. U ishlab chiqarishda yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‘ladi. Shu yerdaqo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi natijasida emas, balki mazkur tovar xaridor uchun foydali samaraga ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi.
Кishilar tomonidan juda xilma-xil iqtisodiy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi va u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari faqat shu sababli amalga oshiriladiki, kishilar aniq nafliliklarga ehtiyoj sezadi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi? Oddiy qilib bozor tomonidan! - deb, javob berish to‘g‘ri, lekin bu juda umumiy javob. Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko‘ra, “faqat tovarning nafliligi”, “mehnat sarflariga” ijtimoiy zaruriy deb nomlanadigan xarakter berishi mumkin.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliliklarni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydi. a) tug‘ma foydalilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarni qondirish layoqati; b) aniq foydalilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliliginingsubyektiv bahosini bildiradi. Bu subyektiv baho ikki omilga bog‘liq; mazkur ne’matning mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Кeyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari subyektiv foydalilik miqdorini hisoblashda G.Gossen qonunidan foydalanadi (nemis iqtisodchisi, 1810 – 1858 y). Bu qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniqqo‘shilgan miqdor nafliligi esa tushadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zaxirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy ehtiyojini» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi ne’mat qiymati, eng zarur ehtiyojni qondiruvchi keyingi nusxaning nafliligi bilan aniqlanadi.
Tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uninghar birligi qadr -qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Ne’matning umumiy iqtisodiy qadr-qiymati uningqo‘shilgan miqdori nafliligi va umumiy miqdorning ko‘paytmasiga teng keladi. Qandaydir ne’mat birligining, qadr-qiymati aynan shu birlikning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi.
Yangi klassiklar naflilikning pasayib borish qonunini ham aniqlaydiki, unga ko‘ra iste’mol qilingan ne’matning navbatdagi birligi nafliligi pasayib boradi (oldingisiga qaraganda).
Кeyingi (qo‘shilgan miqdor) naflilik – bu talab narxi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklif narxidir. Agarqaysidir tovar bozorida uning taklifi talabdan ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne’matlar kamyobligini kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi6.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarningqiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati tengdarajada keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib topishdan chekinish ro‘y beradi va funksional tahlilga, ya’ni bir vaqtda narx va talab – takliflarningo‘zaro ta’sirini aniqlashga o‘tildi.


Download 274,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish