БАХМАЛ ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ БЎЛИМИ ТАСАРРУФИДАГИ 3-СОН ДАВЛАТ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ
|
|
BAXMAL TUMAN MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI TASARRUFIDAGI 3- SON DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
| Manzil: Oqtosh QFY Samarqand ko’chasi |
Baxmal tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ma’naviy ma’rifiy ishlarning yangi tizimini joriy qilish bo’yicha “ Yo’l xaritasi” doirasida 2021-yilning May oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI
Baxmal tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 3-son DMTTda 3ta asosiy 12 ta qisqa muddatli 2 ta majburiy tayyorlov guruhi mavjud bo’lib jami 488 nafar tarbiyalanuvchi tarbiyalanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “ Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” gi PQ-4307 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy ma’rifiy iashlar samaradorligini oshirish va muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilangan beshta tashabbus doirasida tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida, hamda, ma’naviy ma’rifiy ishlarning yangi tizimini joriy qilish bo’yicha “ Yo’l xaritasi” da belgilangan 2021-yil may oyi davomida barcha guruhlarda tashkil etilgan va quydagi ishlar ishlar amalga oshirildi.
Bobomning o’g’itlari mavzusida suhbat uyishtirish uchun tarbiyachilar Amir Temur bobomizni Alisher Navoiy bobomizni siymolarini yaratish maqsadida liboslarini o’zgartirib kichik sahna ko’rinishlari tashkil qildilar.
“Odobning odobsizdan o’rgan ” mavzusidagi davra suhbatida DMTT direktori barcha xodimlar o’rtasida milliy qadriyatlarimiz Urf- Odatlarimizni kelajak avlodga qanday yetkazish va yetkazib berish bizning eng oily maqsadimizdan biridir, dedi. “Odobli bola elga manzur” “ Bola aziz, odobi undan aziz ” Tumanlarimiz o’g’lonlari orasida yurtimiz tinchligiga rahno solishga harakat qilgan bir guruh terroristlarga qarshi kurashda mardlarcha halok bo’lgan o’g’lonlarimiz oilalaridan xabar olindi.
2021-yil may oyining birinchi haftasi davomida “ Buvijonlar maktabini ” tashkil etish maqsadida 9-may xotira va qadirlash kuniga momo bilan uchrashuv tashkil qilindi, momo urush yillari bo’lib o’tgan voqealar halok bo’lgan vatandoshlarimizni xotirlab ularning ruhiga bag’ishlab duo o’qidilar.
Pedagogika kolleji qoshida ochilgan majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari ijod maktablariga tashrif buyurish maqsadida kollejdagi musiqa zalida dars jarayonidagi mashg’ulotni kuzatdilar , tarbiyachi ularga tushunchalar berib bordi .
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 9-may “ Xotira va qadirlash” kuniga bag’ishlab tadbirlar o’tkazildi . Tadbirda syujet ro’lli sahna ko’rinishlari bo’lib o’tdi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o’rtasida tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “ Kitobxon oila ” ko’rik tanlovi tashkil etilib, g’olib bo’lgan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |