rasm. Baland-olis zarbaga burchakdagi ustunlar tomonga yo ‘naltirilgan javoblar.
Baland-olis zarbaning afzal variantlari: o‘ng tomondan raqibning markaziy olis burchagiga, chap tomondan chap olis burchakka. Bunday zarbalarga to‘g‘ri javob qaytarish variantlari 50-51 -52-rasmlarda ko'rsatib o‘tilgan.
Qisqacha umumlashmalar.
Badminton o‘yinining mazmuni oddiy: volanning o‘z maydonchangizda yerga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni raqibingiz maydonchasida yerga tushirishga erishish.
O‘yin volanni oshirishdan boshlanadi. Oshirishning to‘rtta turi mavjud, bular:
baland-olis - kuchli zarba bilan raqibning ustidan oshirib, uning maydonchasining orqa o‘ng yoki chap burchagiga oshirish;
baland hujumkor - anchagina kuchli zarba bilan volan raqibning ustidan, uning qaytarish imkoniyatlari chegarasidan balandroqda tashqarisidan oshirib tashlanadi;
qisqa - raqib maydonchasining oldingi chizig‘iga to‘r ustidan pastlatib (to‘rning yuqori qismidan 3-5 sm balandlikda) oshirish;
yassi - qaytarish qiyin bo`lgan oshirish, volan zarbani qabul qilishning orqa chap burchagiga raqibning raketka ushlamagan qo`lining yelkasi uzra oshirib tashlanadi.
Oshirish usulini niqoblash uchun tayyorgarlik harakatlarining barchasi bir xil bo`lishiga e’tibor qaratish zarur.
Badmintonda zarbalarning turlari juda ko‘p.
Volanning borib tushish joyi va uchish trayektoriyasiga ko‘ra, zarbalar quyidagi turlarga bo`linadi:
Baland-olis - raqibni orqa chiziqda ushlab turish va o‘yin tempini pasaytirish uchun qo`laniladi. Zarba harakati juda ham keskin va kuchli bo`lishi kerak. Orqa chiziqning chap tomonidan raketkaning yopiq tomoni bilan murakkab bo‘ lgan zarba berilganda tirsakni tezda to‘g‘rilash bilan bir vaqtda panjani bilak atrofida aylantirish ham zarur bo`ladi.
Baland hujumkor — volan raqib uni qaytarishi mumkin bo`lganidan sal balandroqdan uchib o‘tishi uchun anchagina kuchli tarzda zarba beriladi.
Yassi - o‘yin tempini oshirishga xizmat qiluvchi hujumkor zarba. Ushbu zarbada volan to‘r ustidan pastlab katta tezlikda uchib o‘tadi. Panja va bilakning keskin harakati bilan bunga erishiladi.
Qisqa - mushaklarning nozik sezgirligini talab qiladigan anchayin murakkab zarba. Ikki xil usulda amalga oshiriladi:
volan kuchli bo‘lmagan, ammo keskin zarba bilan qaytariladi;
raketka uchib kelayotgan volanning tagiga qo‘yiladi yoki hatto ozgina orqaga ham oshiriladi. Volan uchishi trayektoriyasining 2/3 qismi o‘z maydonchasiga to‘g‘ri kelib, so‘ngra u xuddi raqib tomonga oshib tushgandek o‘tib ketadigan, to‘r yaqinida diagonal bo‘ylab bajariladigan qisqa zarba. Yodda tuting, siz volanni qancha oldin kutib olsangiz, raqibingizda javob zarbasiga tayyorlanish uchun shuncha kam vaqt bo‘ladi.
Qisqartirilgan - badmintondagi eng murakkab va nozik zarbalardan biri bo‘lgan
aldamchi zarba (qisqa zarbaga o‘xshash, ammo trayektoriyasi uzunroq). Uni bajarish chog‘ida zarba berayotganda panjani salgina bo‘shashtirish zarur bo‘ladi.
Nayza bilan hujum - shundoqqina to‘rning ustida, raketka kallagini uchib kelayotgan volanni qarshi olishga turli burchak ostida olib chiqish yo‘li bilan bajariladi va panjaning keskin yakunlovchi harakati bilan volan raqibning oyog‘iga yoki o‘ziga qarab yo‘naltiriladi.
Smesh - asosiy hujumkor zarba. Volan tepadan pastga qarab katta tezlikda harakatlanadigan qilib bajariladi. Ushbu zarbani bajarishning klassik usulida zarba berishdan oldin orqaga egilish, so‘ngra to‘g‘rilanish, navbati bilan zarbaga oyoqlarni, tanani, qo‘llarni qo‘shish, so‘ngra harakatni panjani keskin to‘g‘rilab, uni bilakka nisbatan bukish bilan yakunlash zarur bo‘ladi.
O‘yin texnikasining asosiy qoidalarini qisqacha umumlashtiramiz va havaskorga mahoratli badmintonchiga aylanishida asqotadigan bir qancha umumlashma tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Raketkani to‘g‘ri ushlashni o‘rganish. Uni erkin ushlash kerak. Raketka faqat bevosita zarba berish paytida xuddi qo‘lni siqib ko‘rishgandagidek siqib ushlanadi. Barcha turdagi zarbalarni amalga oshirishda panja ishtirok etishiga e’tibor qaratish zarur.
Klassik usuldagi zarba boshlanishi oldidan qo‘l panjasi halqasimon tarzda aylantiriladi, bu harakat raketka volanga tegadigan paytda tezlashadi. Bu jarayonda panja harakati bilak harakatidan ortda qolishi juda muhimdir, chunki bu narsa zarbaning keskin va kuchli chiqishini ta’minlaydi. Panjaning bunday harakati, odatda, inson uchun xos emas. Shu bois, buning uchun panjani rivojlantirib borish zarur. Quyida oddiy, ammo samarali mashq namunasini keltirib o‘tamiz: raketkani ushlab turgan panja bilan havoda gorizontal va vertikal holatda sakkiz raqamini chizish.
Maydonchada gavdani to‘g‘ri tutib turish va harakatlanishga e’tibor qaratish lozim. Badmintonchi o‘yin paytida doimiy harakatda bo‘ladi. Tana salgina oldinga egilgan, chap oyoq esa o‘ng oyoqdan oldinroqda (oyoqning yarim paryasi miqdorida) bo`lishi kerak. Oyoqlar tizzadan salgina bukiladi. Badmintonchining darajasini u maydonchada gavdasini qanday tutib turishidan va harakaktlanishidan bilib olsa bo`ladi. U o‘yin paytida xuddi bokschilardek qo‘shimcha va kombinatsiyalangan qadamlar tashlab harakatlanishi kerak. Zarba berish paytida harakatdan to‘xtash zarur.
Sport badmintonida zarba berish paytida o‘yinchining tanasi to‘rga parallel holatda bo`lishi o‘yin uslubining zaifligidan dalolat beradi. Burilish paytida xuddi spiralsimon prujina singari aylanadigan tana zarba paytida unga qo‘shimcha kuch va keskinlik bag`ishlash imkonini beradi hamda raketkaning volanga tegishining ayni mana shu o‘yin vaziyatida kerakli yo‘nalishda bo`lishini ta’minlaydi.
Tirsakka alohida e’tibor qaratish zarur. Zarba berish paytida tirsak bukilgan bo`lishi kerak emas, aynan tirsakning keskin to‘g‘rilanishi zarbaga kuch va aniqlik bag`ishlaydi.
Doimo volanni kuzatib turish kerak. Zarba aniq chiqishi uchun o‘yinchi volan raketkasiga kelib tekkuniga qadar albatta uni kuzatib turishi zarur.
Zarbani amalga oshirgandan so‘ng, o‘yinchi o‘sha joyda to'xtab qolmasdan dastlabki holatga qaytishi yoki raqib volanni qaytarishi ehtimoli bo`lgan joyga qarab harakatlanishi kerak. Yana bir jihatga e'tibor qaratish kerak: havaskor badmintonchilar orasida sport badmintonining texnik elementlarini o'rganish va rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar emas, balki bevosita o‘yin jarayoni ma'qul, degan xato fikr mavjud.
Bunday fikr noto‘g‘ri. Bevosita o‘yin paytida raqibingiz volanni imkon qadar murakkab tarzda oshirishga harakat qiladi, shu bois, agar siz texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lmasangiz, bunday qiyin o‘yin vaziyatlarida ularni shakllantirish deyrali imkonsiz bo‘lib qoladi. Mazkur ko'nikmalarni maxsus mashg‘ulotlar jarayonida, mashqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish yo‘li bilan egallash mumkin. Shu bois, tajribali murabbiylar badminton o‘ynashga o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida mashg‘ulotlar jarayoniga o‘yin amaliyotini deyarli kiritishmaydi.