BADIIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI R E J A : 1. Badiiy uslubga xos matn turlari. 2. Badiiy uslubning boshqa uslublardan farqli jihatlari. 3. Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari. Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi va estetik ta'sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining barcha qatlamlari ishtirok etadi. Chunki ilmiy va publitsistik uslublar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson faoliyatining turli qirralarini o‘zida aks ettiradi, barchaga taalluqli bo‘ladi Badiiy uslubning fonetik xususiyatlari Badiiy uslubda tovush almashinishi, tovush tushishi, tovush ortishi, unli tovushlarning cho‘zilishi, undosh tovushlarning qavatlanishi shuningdek, alliteratsiya, assonans, kontaminatsiya va boshqa turli xil hodisalarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, tovush almashinishi va ortishi: O‘rmonda otishdi, Qor edi qalin Yiqildi Hayqirib Yashash-shin Ishta-lin (M.Yusuf) Yuqoridagi parchada s tovushining sh tovushiga almashinishi hamda so‘z boshida i tovushining ortishi orqali duduq odamning nutqi ko‘rsatib berilgan. Undosh tovushning ikkilantirilishi, geminatsiya hodisasi ham uchraydi. Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. (M.Yusuf) Ushbu misradagi ovora so‘zida v tovushi ikkilantirilib achinish, ichki hayajon ifodalangan. Badiiy uslubning boshqa uslublardan farqi Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatiladi. Bulardan tashqari badiiy asarlarda metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, jonlantirish (tashhis), apostrofa (jonsiz narsalarga jonlidek murojaat qilish), mubolag‘a (bo‘rttirish), litota (kichraytirib bo‘rttirish), o‘xshatish (tashbeh), tarse' (ustma-ust qofiyalanish), tazod (qarshilantirish), talmeh (o‘tganlarni yodga olish), sifatlash (epitet) kabilardan unumli foydalaniladi. Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, badiiy matnda ta'sirchanlikni oshirishda morfologik vositalar alohida o‘rin tutadi. Morfologik vositalar ichida konnotativ ma'noni hosil qiluvchi maxsus so‘z shakllari, mustaqil va yordamchi so‘zlar, maxsus affikslar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, grammatik shaklning barcha ko‘rinishlari - sheva va tarixiy variantlari ham asar mavzusi talabi bilan qo‘llanaveradi. Badiiy nutqning o`ziga xos xususiyatlari Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda ot va olmosh kabi faoldir. Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir. Sonlar odatda aniq ma'nolarni anglatishi bilan birga ma'nosi kengaygan holda ham qo‘llanadi. Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi xarakterlidir. Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatiladi. Bulardan tashqari badiiy asarlarda metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, jonlantirish (tasxis), apostrofa (jonsiz narsalarga jonlidek murojaat qilish), mubolag‘a (bo‘rttirish), litota (kichraytirib bo‘rttirish), o‘xshatish (tashbeh), tarse' (ustma-ust qofiyalanish), tazod (qarshilantirish), talmeh (o‘tganlarni yodga olish), sifatlash (epitet) kabilardan unumli foydalaniladi. Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatiladi. Bulardan tashqari badiiy asarlarda metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, jonlantirish (tasxis), apostrofa (jonsiz narsalarga jonlidek murojaat qilish), mubolag‘a (bo‘rttirish), litota (kichraytirib bo‘rttirish), o‘xshatish (tashbeh), tarse' (ustma-ust qofiyalanish), tazod (qarshilantirish), talmeh (o‘tganlarni yodga olish), sifatlash (epitet) kabilardan unumli foydalaniladi. Grammatik xususiyatlari Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, badiiy matnda ta'sirchanlikni oshirishda morfologik vositalar alohida o‘rin tutadi. Morfologik vositalar ichida konnotativ ma'noni hosil qiluvchi maxsus so‘z shakllari, mustaqil va yordamchi so‘zlar, maxsus affikslar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, grammatik shaklning barcha ko‘rinishlari - sheva va tarixiy variantlari ham asar mavzusi talabi bilan qo‘llanaveradi.
Sxemada keltirilgan so’zlarni izohlang
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Badiiy uslub deb nimaga aytiladi? 2. Badiiy uslubning boshqa uslublardan o`zaro farqi nimadan iborat? 3. Badiiy asar tili deganda nimani tushunasiz? 4. Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |