3. “Badiiy tarjima” va “Badiiy asarlar tarjimasi” tushunchalarining farqi
Badiiy T.ning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktiga aylanadi. Adabiy asar tili — aloxida "badiiy voqelik" unsuridir. T.da ana shu obrazliifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy T. talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini kayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saklashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, T.chilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi. T. jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli, sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi. Mac, Nizomiyning "Xisrav va Shirin" dostonini oʻgirgan Qutb ("...Nizomiy bolidan holvo pishurdim") T. nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi. Turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi.
Hoz, davrda har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab xalkdar tilidan oʻz ona tiliga ilm fan va madaniyatning oʻnlab sohalariga oid materiallarni (lirik sheʼrlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va boshqalar) tarjima qiladi.
Tarjima nusxa ko’chirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, T.da iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asliyat matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida T. chilikning taʼsiri katta boʻladi, zero T. tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham T.chilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida T. katta oʻrin egallaydi.
20-a. oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va boshqa badiiy T. sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy T. sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Ro’zimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. G’afurov, M. Mirzoidov, Gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiysiyosiy adabiyotlar T. chiligida gʻam katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov, 3. Tincherova kabi tarjimonlarning hissasi katta.
Tarjima amaliyotini, uning o’ziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, printsip va qonuniyatlarini tarjimashunoslik fani o’rganadi, tarjimonga o’girish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliyadabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. 20-a. oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar.
Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning 2yarmidan shakllandi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10 ga yaqin fan dri, 50 dan ortiq fan nomzodi yetishib chiqdi. Prof. J. Sharipov tadqiqrtlari asosan adabiyotimiz tarixida tarjimaning oʻrnini koʻrsatishga bagʻishlangan boʻlsa, prof. F. Salomov asosan zamonaviy tarjimashunoslik masalalari bilan shugʻullandi, tarjima jarayoniga til hamda adabiy anʼanalarning taʼsirini koʻrsatib berdi. N. Komilov esa mumtoz janrlarning oʻtmish va gʻozirdagi tarjimalarini tadqiq etdi.
Oʻzbek tarjimashunosligi asosan adabiy yoʻnalishda taraqqiy etgan. T. ning lisoniy jihatlari keyinroq — oʻzbek tiliga koʻpgina xorijiy tillardan bevosita oʻgirishga yoʻl ochilganidan soʻng rivojlana boshladi.
«Kundalik aloqa vositasi bo‘lgan tilga nisbatan badiiy adabiyot tili - deb yozadi A.V.Fedorov,- bu so‘z ustalari tomonidan qayta ishlangan tildir.
Badiiy adabiyot tarjimonlari asliyatning pragmatik salohiyatini berishda sezilardi qiyinchiliklarga duch kelishadi. Tarjima Retseptor tomonidan to‘g‘ri tushunilishi uchun AM va TM o‘rtasidagi pragmatik farqlarga tegishli o‘zgarishlar kiritilishini talab etadi.
Pragmatik adekvatlikni ta’minlashda so‘zlovchilar tomonidan ishlatiladigan hududiy–dialektga, ijtmoiy-dialektga xos bo‘lgan va o‘zgargan nutq kabi substandart shakllarning ishlatili kabi sotsiolingvistik omillar ham muhim roʻl o‘ynaydi.
Ma’lumki, badiiy asarlarda voqea-hodisalar til vositasida ifoda etiladi. Shunga ko‘ra, har bir yozuvchining tili benihoyat ko‘p qirrali va ko‘p uslublidir. Demak, yozuvchi o‘z qahramonlarining nutqiy harakteristikasini asarning umumiy mazmunidan, uning g‘oyasi hamda mavzusidan kelib chiqqan holda yaratadi. Yozuvchi tildan shundayligicha foydalanmaydi, aksincha unga sayqal beradi, uni qayta ishlaydi.
Personajlar nutqiy harakteristikasini asosan, badiiy asarlardagi qahramon nutqini o‘rganish orqali tahlil qilish mumkin.
Ta’kidlash joyizki, badiiy asarda obraz va personajlarning har biri o‘z xarakteriga, o‘z madaniyatiga ega va kim bilan, nima haqida va nima to‘g‘risida so‘zlashishiga qarab ham turlicha ohangda gapiradi. Asar qahramonlarining ba’zi birlari so‘zlashuv nutqiga oid so‘zlardan foydalansa, ba’zilari adabiy tilga oid so‘zlardan foydalanadi, ayrimlari esa ma’lum bir so‘z yoki so‘z iborasini yoki boshqa tilga oid so‘zlar orqali ifodalaydi.
Ayrim personajlar nihoyatda ko‘p gapirgan, so‘zamol bo‘lsa, ba’zilari
kamtarin, kamsuqum bo‘lishi ham kuzatiladi. Ba’zi personajlar juda balandparvoz
so‘zlar orqali turli xil imo-ishoralar bilan qizg‘in va jonli gapirsa, boshqasi adabiy til me’yoridan chetga chiqmay, bosiq ohangda so‘zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |