Badiiy tarjima tarjimaning oliy shakli


Badiiy tarjimaning struktur, mazmuniy va emotsional



Download 82,5 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2021
Hajmi82,5 Kb.
#66462
1   2   3
Bog'liq
Maruza № 2

2. Badiiy tarjimaning struktur, mazmuniy va emotsional

baholash xususiyatlari

Bizningcha, ham to‘g‘ri va chiroyli tarjimagina mukammal va ideal san’at asari bo‘la oladi. Bunday tarjima yaratishning o‘zi esa chinakam san’atdir. Bunday san’at tarjimondan to‘g‘ri tarjima qilish doirasida chiroyli tarjima etishni va chiroyli tarjima etish doirasida to‘g‘ri tarjima qilish mahoratini egallashni talab etadi.

Tarjima amaliyotida quyidagi xilma-xilliklar uchrab turadi.

1. Tarjimonlarning tajribasi, malakasi va e’tiqodi bir-biridan jiddiy farq qilishi natijasida kelib chiqadigan tafovutlar.

2. Tarjimonlarning tarjima qilish prinsiplarini har xil talqin etishlari tufayli kelib chiqadigan tafovutlar.

3. Tarjimonlarning uslubi muallif uslubiga ta’sir etishi natijasida tabiiy ro‘y beradigan tafovutlar.

Ana shu uchta sabab tufayli muayyan bir asarni masalan o‘nta tarjimon o‘z tiliga o‘girsa, natijada bir-biridan farq qiladigan o‘n xil tarjima hosil bo‘ladi.

Badiiy tarjimada muallif uslubini har bir tarjimon o‘ziga xos uslub bilan tiklashga intilishi tarjimachilik amaliyotida yuz berayotgan ana shu tafovutlarga sabab bo‘ladi.

Agar tarjimada muallif uslubi to‘g‘ri berilmagan bo‘lsa, bunday tarjimaning asl nusxaga mosligiga aslo ishonib bo‘lmaydi. Unda tarjimon, beixtiyor muallifning o‘rniga o‘zini qo‘ygan bo‘ladi. Tarjimonning ikki tilni mukammal bilishi, turmush tajribasi, badiiy mahorati hamda yozuvchi uslubini to‘la egallashi va buni tarjimada qayta tiklay olishi qanchalik zarur ekanligini yaqqol ko‘rsatadi.

«Uslub» tushunchasi tor ma’noda talqin qilinganda asarda tasvirlangan personajlar nutqining o‘ziga xos uslubi tushuniladi. Har bir so‘zning o‘z uslubi borki, albatta imlo lug‘atidan so‘zlarga qarab, ularning uslub xususiyatlarini aniqlayman deyish behuda urinish bo‘lar edi. So‘zlarning uslub xususiyatlari badiiy matn ichida, so‘zlarning birikishida ochiladi. Masalan: «o‘lmoq» so‘zi «dunyodan o‘tmoq, oyoq cho‘zmoq, ko‘z yumdi, abadiy uyquga ketdi, joni uzildi, kuni bitdi, bandalikni bajo keltirdi, asfalasofilinga jo‘nadi» kabi birikmalarning har birida o‘ziga xos stilistik ma’noga ega. Bu stilistik variantlarning har birini o‘z o‘rnida ishlatishning katta amaliy ahamiyati bor, basharti ular noo‘rin qo‘llansa qo‘pol xato kelib chiqishi mumkin. Masalan «dunyodan o‘tdi» o‘rniga «joni chiqdi» deb bo‘lmaydi.

Badiiy asarni tarjima qilish uchun tilning lug‘at boyligi, chunonchi sinonim va omonimlar, kasb-hunar terminlari, dialektal, eskirgan va vulgar so‘zlar, erkalash va kichraytirish, qochiriq, matal va idiomalarni hamda so‘zlarning musiqiyligiyu, ohangdorligini, ko‘p ma’noliligini, tilning talaffuz normalarini, mubolag‘a va kichraytirish xususiyatlari, yumor-hazil-mutoyiba formalarini bilish zarur.

Tarjimashunos olim G‘aybulla Salomov, badiiy asarni qayta yaratish jarayonida amalga oshadigan uch bosqich to‘g‘risida to‘xtalib, shunday fikrni keltiradi:

1. Asl nusxani tarjimon qanday qabul qilishi (tushunishi).

2. Asarni real, avtorning maqsad-muddaosi va uning o‘ziga xos uslubini qanday talqin qilishi.

3. So‘z san’ati namunasini o‘z ona tilida qayta tiklashda muqobil vosita topa olishi.

Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, adabiyotga qiziqadigan, ko‘p o‘qiydigan talabalarda badiiy tarjimaga ham qiziqish katta bo‘ladi. Ular murakkab matnlarni ham bemalol tarjima qilishadi, uslubiy xatolari ham kam bo‘ladi, ma’nodosh so‘zlardan keng foydalanishadi, so‘zlarni o‘z o‘rnida, matn mazmuniga mos holda qo‘llashga urinishadi. Ular bilan ishlash ham oson, ham maroqli.

Matn mazmunini to‘g‘ri ilg‘ab etish va tahlil qilish uchun talaba, avvalo, o‘zi o‘rganayotgan tilning leksikologiya va stilistikasidan yaxshi xabardor bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, qiyosiy stilistikaga e’tibor bergan holda qilingan matn tarjimasi o‘zgacha chiqadi. Matn tahlilida talabaning so‘zlar ma’nosini yaxshi o‘zlashtirganligi ham katta ahamiyatga ega. So‘zlarning mavhumlik darajasi, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarda berilishi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalariga amal qilib matnga yondashish kerak. Matnda uchraydigan o‘xshatish, istiora, metonimiya, kinoya, frazeologik birikmalar, jumladan, maqol, matal, idiomalar va shu kabi leksik, stilistik usullar ancha mulohazali tarjimani talab qiladi. Polisemantik, ya’ni ko‘p ma’noli so‘zlar matn mohiyatini to‘g‘ri ilg‘ab olish uchun qator muammolar keltirib chiqaradi. Bunday so‘zlarni kontekst mazmunidan kelib chiqib tarjima qilish lozim, aks holda kulgili holatlar yuzaga kelib qoladi. Masalan, “Father” so‘zining birinchi bosh ma’nosi “Ota” bo‘lsa, qolganlari “`yoshi ulug‘ a’zo”, “qabila boshlig‘i”, “ruhoniy” va hokazo ma’nolarida ishlatiladi. Yoki bo‘lmasa: 1) It is a fox. – Bu tulki. (hayvon ma’nosida); 2) He is a fox – U ayyor. (shaxs ma’nosida). 3) She will fox him – U uni aldadi. (laqillatdi).

Mana shunga o‘xshash hollarda tarjimon so‘zning dastlabki ma’nosi bilan bir qatorda uning turli ma’no qirralarini ham bilsa, shularni hisobga olib tarjima qilsa, matn mazmuni, tarjima o‘quvchiga ham to‘g‘ri etib boradi.

Albatta, bunda ustozning zarur joyda bergan maslahati talabaning chet tilidagi tushunishi qiyin bo‘lgan uslubiy hodisalarni ilg‘ab olishga va asliga mos tarjima qilishga yordam beradi.

Odatda, tarjima darslarida badiiy matn ustida ishlaganda, mukammal tarjimani ro‘yobga chiqarish uchun turli-tuman usullardan foydalanish mumkin. Chunonchi, badiiy-tasviriy vositalarga boy matn parchalarining eng yaxshi tarjimasi uchun tanlov o‘tkazish va eng mukammal tarjimani yuqori reyting bali bilan rag‘batlantirish “Mohir tarjimon” to‘garaklari tashkil etib, unda qilingan tarjimalarni muhokama qilish, yaxshi deb topilgan tarjimalarni gazeta-jurnallarda bosib chiqarishga tavsiya etish, qalami o‘tkir, el orasida tanilgan tarjimonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish, ularning ijodiy laboratoriyasi, so‘z va matn ustida ishlash usullari bilan tanishtirish va hokazo.

Masalan, quyidagi parchani olaylik. U xilma-xil badiiy vositalarni; o‘xshatish, mubolag‘a, jonlantirish va boshqalarni o‘z ichiga olgan. Bunday matnlarni bir pasda maromiga yetkazib o‘girish, albatta, oson emas. Biroq chinakamiga mehnat va talant evaziga amalga oshmaydigan ish yo‘q. Ushbu parchada kollej talabalarining imtihon natijalarini kutish daqiqalaridagi ular qalbidagi his-hayajon, “o‘tamanmi-yo‘qmi” degan qo‘rquv aks etgan:

One minute to twelve. The room had suddenly come to a brightening, unexpected silence and stillness like an unexploded bomb. A clock tingled twelve in the distance. My palms were as wet as sponges. Someone coughed and I expected the windows to rattle. Tarjimasi: “Bir daqiqa kam o‘n ikki. Xona portlamay qolgan bomba singari favqulodda sukunat, muayyan qo‘rquv bilan to‘la edi. Birozdan so‘ng uzoqda soat 12 ga bong urdi. Kaftlarim terga botgan edi. Kimningdir yo‘talidan oynalar zirillagandek tuyuldi. (Tarjima maqola muallifiniki.)

Birinchidan parchada ulkan, beqiyos sukunat timsoliga e’tiborni qaratish lozim. Talabalar yuragidagi qo‘rquv, tahlika shu qadar kuchliki, nimadir sodir bo‘ladigandek tuyuladi kishi nazarida. Har bir daqiqaning o‘tishini hisoblab borilishi, kimningdir yo‘talidan go‘yo derazaning zirillagandek bo‘lishi, xonadagi jimjitlikning portlamay qolgan bombaga qiyoslanishi butun tasvir maromi sukunatni yanayam kuchaytirishga hizmat qiladi. Bunday hollarda tarjimonga ancha-muncha ter to‘kish lozim bo‘ladi.

Quyidagi satrlarda esa, imtihon natijasini e’lon qilish uchun bosh yordamchi (kotib) tomonidan talabaning tartib raqami aytilganida uning qay holatga tushgani o‘ta mubolag‘ali, obrazli qilib tasvirlangan, parcha o‘xshatishlarga behad boy: My pulse shot in my ears. My face was burning hot and I felt my stomach had been suddenly plucked from my body. “Number three oh six?”. R. Gordon “Yes, I croaked.” The world stood still. The trattic stopped, the plants ceased growing, men were paralysed, the clouds hung in the air, the winds dropped, the tides disappeared, the sun halted in the sky. “Pass”, he muttered.

Tarjimasi: “Yurak urishim qulog‘imga aks-sado berardi. Yuzim qizib, oshqozonim tanamni to‘satdan tark etgandek bo‘ldi. “306-raqam?” so‘radi Gordon. “Men” dedim zo‘rg‘a. Dunyo harakatdan to‘xtadi. Harakatdan hamma tingandek, go‘yo daraxtlar o‘sishni unutgandek, odamlar misli falajdek, bulutlar osmonda ilinib qolgandek, shamol pastga tushib ketgandek, quyosh xira tortgandek bo‘ldi men uchun. “O‘tding”, - dedi pichirlab”.

Keltirilgan parchada talabaning ichki kechinmalaridagi oddiy tahlika emas, so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydigan juda dahshatli tahlika, qo‘rqinch bir holat aks etganki, barcha-barcha tasviriy vositalar muallifning butun diqqat-e’tibori shu tahlikani yanada bo‘rttirib, o‘quvchi ko‘zi o‘ngida behad hayajonli bir holatni gavdalantirishga qaratilgan. Bunday matnlar o‘ta mulohazakorlik bilan tarjima qilishni talab etadi.

Biz yuqoridagi matn parchalarini yuksak badiiylikka boy bo‘lgani uchun misol tariqasida, shunday usluban qiziqarli matnlar ustida ishlash talabalarda badiiy tarjimaga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish mumkinligini ta’kidlash maqsadida keltirdik. Eng yaxshi tarjima uchun tanlovlar mana shunday mazmundor matnlar asosida o‘tkazilsa, bo‘lg‘usi tarjimonlarning qalami yanada o‘tkirlashadi.

Maxsus tarjima darslarida badiiy matnni leksik-grammatik jihatdan aynan tarjima qilish mumkin emasligi, xar bir til o‘ziga xos xususiyatga, o‘ziga xos ichki qonuniyatlarga ega bo‘lganligidan badiiy asarni tarjima qilinayotgan tilning qonun-qoidalariga rioya qilgan holda o‘girish kerakligini, bunda nafaqat to‘g‘ri jumla tuzilishi, so‘z va iboralarning to‘g‘ri tarjimasi, balki xar bir tinish belgisi katta rol o‘ynashi ta’kidlanadi. YAxshi tarjima yaratish uchun faqat ikki tilni bilishning o‘zi kifoya qilmaydi.Tarjimon, avvalo, badiiylikni his etishi, adabiyotni sevishi, ko‘p o‘qib o‘rganishi, so‘zga boy bo‘lishi kerak.



Sinonimik vositalar va tarjima. Asliyatda mantiqiy-erkin ma’nodagi so’zlar yordamida bayon etilgan fikr tarjima tilida har xil lug’aviy ma’noga ega lisoniy vositalar asliyatdagi vositaga moddiy jihatdan yaqin xam-da undan leksik tarkibi farq qiladigan til birliklari yordamida ifoda etiladi. Kontekstual sinonimik qator tashkil etadigan bunday variantlarning moddiy jihatdan asliyatdagi birlikka yaqini ko’proq o’zga tillar ta’sirida hosil qilingan bo’ladi. Uning nutqda, aniqrog’i, tarjimada uchrashi, so’zlarning o’zaro mantiqiy asosda birikuvi, fikrning me’yor doirasida ifoda etilishi nuqtai nazaridan, xech qanday e’tirozga sabab bo’lmaydi. Undan leksik tarkib jixatidan farq qiladigan birikma esa asosan tarjima tilining azaldan «o’ziniki» hisoblanadi. Tar­jimada aynan shu variantga murojaat qilish tarjima tilining tabiiyligi yuzaga keltiradi. Chunki bu yo’l nafaqat fikrning to’g’ri talqin etilishini, balki ifodaning sof o‘zbekona jarangdorligini xam ta’min etadi. Masalan, rus kishisi farzand ko‘rmagan odamga nisbatan «он был без детей» birikmasini ishlatsa, o‘zbek bu o‘rinda jo‘ngina qilib «u befarzand edi» deyishi mumkin. Ifoda xech qanday e’tirozga sabab bo’lmaydi. Ammo ona tilini barcha nozikliklari bilan his qilgan o’zbek bunday noqulay vaziyatda «U tirnoqqa zor edi» birikmasidan foydalanishni afzal ko’radi.

Piter Abraxamsning «Qabrdagi gulchambar» romani perso­naji shikoyatomuz oxangda «I didn't sleep last night» degan ekan, uning so’zma-so’z talqini bo’lmish ruscha «Proshluyu noch sovsem ne spal» ifodasini uzbek tiliga moddiy jixatdan anik «Kecha mutlaqo uxlamagan edim» tarzida o’girish xam tabiiy jaranglagan bo’lar edi. Ammo san’atkorning o’z mas’uliyatiga ijodiy yondashib. mazkur fikrning sof uzbekcha ma’nosi hakida uylashi jumlaning og’zaki nutqqa xos «Kecha mijja qoqmagan edim» shaklidagi namunali talqinini yuzaga keltirgan:

It gave me chance to sleep, I didn't sleep last night WU, 131 //



Zato ya uspel vыspatsya. Proshluyu noch sovsem ne spal -VMU, 122 '/

Xechqisi yuk, qaytanga uxlab oldim, kecha mijja qoqmagan edim - KG, 136.

SHunday qilib, barcha unsurlari to’g’ri ma’noda qo’llanilgan so’z birikmalari, xatto jumlalarni tarjima qilishda xam moddiy-aniqlik yo’lidan borish xamma vaqt xam zaruriy ta’sirchanlikka olib kelavermaydi. Pragmatik adekvatlikka erishish asliyat matnini tashkil etuvchi barcha til xodisalari tarjimasiga ijodiy yondashgan xolda, tarjima tilida mavjud sinonimik variantlarning qaysi biri ushbu matniy xolatga ko’proq mos kelishini muayyan qilish zarurati to’g’iladi. Zero, muayyan fikr as­liyat tilida bir ifoda vositasi yordamida bayon etilsa, tarjima tilida moddiy jixatdan o’zgacha ifoda vositasi orqali maqbulroq aks ettiriladi.



Ona tili boyligi bilan yaxshi qurollangan tarjimonlar odatda lug’aviy ekvivalentlikdan ko’ra vazifaviy uyg’unlikka ko’proq e’tibor berganlari xolda, badiiy matnning estetik xususiyatini qayta yaratadilar. Shunday xol ayniqsa dialogik nutq tarjimasi misolida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Bu xususan madaniyat darajasi va bilim saviyasi bilan bir-birlaridan ajralib turadigan personajlar nutqi tarjimasida ko’proq namoyon bo’ladi.

Shunday qilib, tarjimon nafaqat muayyan uslubiy vazifa ifodasi uchun qo’llanilgan obrazli yoki xissiy-ta’sirchan lisoniy vositani, balki odatda amaliy jixatdan kiyinchilik to’g’dirmaydi, deb tasavvur kilinadigan u yoki bu erkin ma’nodagi so’z yoki so’z birikmasini utirishda ham xar doim o’sha vosita mazmunini tarjima tilida qanday so’z yoki so’z birikmasi aniqroq va to’laroq ifoda etishi mumkinligi xaqida bosh qotirishi, mavjud variantlardan qaysi birining asliyat ruxiga ko’proq mos kelishi xaqida o’ylashi, o’ziga doim nazarda tutilgan fikrni qay tarzda yanada ravonroq bayon etish mumkin, degan savolni berishi zarur.

Mexmonni taomga taklif etayotgan rus kishisi «Proshu, k stolu!» desa va bu murojaatning o’zbek tiliga «Stolga marxamat qiling!» tarzida moddiy jixatdan aniq o’girilishi quloqqa gay-ritabiiy eshitilmasada, o’z tili boyligi va an’anasidan unumli foydalana oladigan o’zbek, taomning stol ustiga, xatto klenkaga tortilgan bo’lishiga qaramasdan, mexmonga «Marxamat, das-turxonga!» deb murojaat qiladi.

O’zbek tilida «Bunisi xolva» frazeologik birligi mavjud bulib, u asosan biror tashvishning, azob-uqubatning kelajakda muqarrar sodir bo’ladigan tashvish va uqubatlar oldida zarracha xam emasligini obrazli ifoda etadi. Shu fikr ingliz va rus tillarida erkin ma’nodagi so’zlar yordamida basn etilgan ekan, o’zbek tilida xam uni shu tariqa ifoda etish imkoniyati mavjud, matn mazmuniga putur yetmaydi. Ammo muqobil nutqiy vaziyatlarda o’zbek tilida odatda, quyidagi misol tarjimasidagidek, eslatilgan frazeologizmdan foydalanish tabiiy o’zbekona jarangdorlik yuzaga keltiradi:

Does that sting? Good, that's nothing to how it will feel later. The pain hasn't started yet - FA, 45 //

CHto jjyot? Nu. eto pustyaki v sravnenii s tem, chto budet posle. Bol eщyo ne nachalas - PO, 319 //

Nima, kuydiryatimi ? Bunisi xolva. Xamma xunarini keyin ko‘rsatadi - AK, 69.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, birinchidan har bir badiiy yodgorlik va uni tashkil etadigan har bir element shakl va mazmunning dialektik birligini tashkil etar ekan, uning tarjimasida ham ayni shu holat to’la to’kis saqlanishi lozim. Bu aslo asliyat tili vositalarining tarjima tiliga ko’r-ko’rona, so’zma-so’z ko’chirilishi lozimligini anglatmaydi, balki tarjima tilida asliyat vositalarga funksional mos shakl va mazmun birligini tanlash zaruratini bildiradi. Ikkinchidan, asliyat vositalarining shakli hech qachon tarjimonni asir qilmasligi, u asliyat shaklini o’z ona tili hususiyat va imkoniyatlari yo’l qo’ygan darajadagina moddiy aks ettirishi zarur. Uchinchidan, yozuvchi tomonidan personajlarning ataylab individuallashtirilgan nutqi ta’sirining ham, asar badiiy-ekspressiv asosini tashkil etadigan stilistik va badiiy-tasviriy vositalar funksiyalarining ham tarjimada muvofiq shaklda muqobil til va nutq vositalarida aks ettirilishi shakl va mazmun uyg‘unligini yuzaga keltiradi. To’rtinchidan, har bir birlikning muayyan shaklda, ma’lum ma’no va stilistik funksiya ifodasi uchun qo’llanilishi sababli tarjimada birlik shaklining deformatsiya qilinishi (islovatxona-xarobatxona) mazmun to’laqonligini ham, muallif ko’zda tutgan stilistik effektning ham qayta yaratilmay qolishiga olib keladi.

Beshinchidan, stilistik maqsadlarda, ya’ni badiiylikni obrazlililik va emotsionallikni oshirish maqsadida ataylab adabiiy til normalaridan chekinish, asliyatda yangicha til birliklarini vujudga keltiradi. Tarjima jarayonida asliyatning bu hususiyatlarini e’tiborga olmaslik, an’anaviy shakllardan foydalanish muallif ko’zlagan stilistik maqsadlarni yo’qqa chiqarib, shakl va mazmun birligiga putur yetkazadi.


Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish