Mavzu yuzasidan savollar:
1. Tahlilda uzviylik, qism va butunning ahamyati.
2. O’quv, didaktik va filologik tahlilning o’ziga xosliklari.
3. Badiiy tahlilda asar muallifining dunyoqarashi.
4. Tahlil turlariaro o’zaro mutanosiblik.
5. O’quv tahlilining samaradrligi.
IX – MAVZU
BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI
REJA:
1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati.
2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari.
3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati.
4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni.
Tayanch tushunchalar:
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har qanday tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya ifodalash vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik asoslarga tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil
2. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil
3. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil
4. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil
5. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil
6. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil
Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochish muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi to’liq namoyon bo’lishi, o’rganilayotgan asarning goyasigina emas, balki aks ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslikmumkin emas. Tamoyil tushunchasi biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq kategoriyalariva tafakkur tushunchalari qolipiga tuliq, tugal va beshikast agdarish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga tuliq agdarish, barcha jihatlarini beistisno tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni mantiqiy tushunchalarga sigmagan joydanboshlanadi. Binobarin, eng zur tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan tarzdayaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini gayri estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal", "Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomgir tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish gazal", Abdulla Oripovning "O’ylarim", "Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi. Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishimumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. Demak, badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin emasligidir. Tahlilchi qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, sub'ektiv qarash maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning hamma tomonidan birday qabul etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga solishga urinish edi.Kommunistik partiyaning oliy organlari tomonidan "Zvezda", "Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, A.Axmatovalarning ijodi to’grisidagi qatagonga chorlovchi qarorlarning yuzaga kelishi sababi hamda bu jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil o’ylashga, aniqrogi o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. Ular xar xil qabul qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop etgandilar. Adabiy asarning tahlili nechoglik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu xildagi talqinni qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib baho berishi mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan uning qabul etilishi ham goyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiyyondashish ustuvor mavqeda turganligi hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish birmuncha uzoq davom etadigan jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir goyani o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda bo’lishiningmumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati bilan aytib o’tgan.Badiiy adabiyot insonning ichki tuygularini, nozik sezimlarini, so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda tutilgandagina tahlil soglom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantigiga muvofiq kelavermaydi. Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq, salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga keladi. Bu haqda norvegiyalikmodernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm: "Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham, ta'sir kuchini hammutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlilyuzaga kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi bo’lishimumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetikbutunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlarmajmuiga ega yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi.Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha bilish vauning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning muvaffaqiyatini ta'minlaydiganomildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilikprinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgankomponentlarning muayyan tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bogliq bo’lmagan biror badiiy unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolaga, kichraytirish singari qatortasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yigilib qolmaydi. Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi joiz.Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy aloqadorlik silsilasi ko’zdatutadi. "O’gri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shuberilmaganligi, balki ayni shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchiasosiy omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy asargatarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'kosi deb qarash to’gri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha tarixiy davrning tamgasi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki bo’lganasosiy sababni bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga kelishning imkoni yo’q. O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan sabablarni ham tushunmaslik mumkin. Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib, faqat estetik mezonlar bilan yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib kelmasligi mumkin. Chunki agarmumtoz adabiyotning asl namunalari yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida dunyoga kelgan vasan'atkor ajdodlarimiz uchun badiiy shakl ustuvor maqomda turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum darajada buzib global tasvir you’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi namoyandalaritomonidan yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’gri tushunish hamda tushuntirish imkonsiz. Chunonchi, Gafur Gulomning "Sen yetim emassan", E.Vohidovning "Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur Burxon", "Qaysi yil ko’klamda Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari asarlarini tahlillashda tarixiyliktamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib bo’lmaydi.Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning maqsadi nimaligi hamisha ham to’gribelgilab olinavermaganligi uchun estetik asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, engta'sirchan tuygular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga oshno etiladilar. Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda kitobxonlar o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, kishining tuygulari o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar ustuvor bo’lsagina,o’qkuvchilarning qalb ko’zi ochiladi va ular tuygusizlikdan, hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida yurakdagi bepavorlik illati solgan zanglar, kutirlardan tozalanish inson ma'naviyati uchun zo’r saodatdir.Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar sirtginasida manaman deb turmaydi.Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun uning badiiy qatlamlarini kashf etish zarur. Buninguchun muayyan adabiy bilimlar majmuidan tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham shakllangan bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan bo’lsa, go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan "shifrlangan" badiiyma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini payqagan mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik asoslar ustuvorligida o’tkazish nozik sezimlarni ilgashga kalit topish demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda yondashish asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning "Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o’t" matla'si bilan boshlanadigan gazali faqat mantiqiy tushunchalar asosida tahlil qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur falsafiy ma'no ham topa olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat ifodasi tarzidayondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -qizil bo’lib ochilgan cheksizchegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka tashna lirik qahramon ma'shuqasiga yetolmayshunchalar kuyadiki, ichi olovga to’lib ketgan. Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik lolazor emas, balki ma'shuqa firogidan kuygan gamboda oshiqning ohidan dunyoni tutib ketgan olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri emas, balki oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan tutashgan joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib kelmoqda. Shu xildagi izohginaasarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga estetik tamoyil asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik reallikka kirish, badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har qanday ijodkor aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi. Buning uchun adibni ommadarajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor darajasiga ko’tarish talab qilinadi. Badiiyat bagridagi yashirin go’zallikni sezmaslik kishining nafaqat nafosat va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy taraqqiyot jihatidan ham kamolot bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning o’zi hissiyotga asoslangan hodisa. Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlilshunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va hayotiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir kishining tuygulari olamiga daxl qilsin, ularda muayyan hissiyotlaruygotsin. Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif holatiga tushirish, ularning qaygu va quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski, tahlil tajribasida emotsionallik tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda emotsionallik tamoyiliga amal qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzagakeladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |