Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Badiiy tahlilda epic ko’lam, tafsilot, voqelik masalasi.
2. Badiiy asarda obraz va obrazlar tahlili.
3. Dramatik asar tahlilida sahnaviylik va dramatic konflikt.
4. Epik asar tahlili jarayonida badiiy tilning o’rni.
5. Asar kompozitsion – suyujet elementlari tahlili.
XIV-MAVZU
BADIIY ASARNING BELGILAR (SEMIOTIKA) BO”YICHA TAHLILI
REJA:
1. Simvol haqida tushuncha,uning lug’aviy va istilohiy ma’nolari.
2.Badiiy adabiyotda simvol-ramz tushunchasining mazmun mohiyati
3.Ramziy obraz tushunchasi va uning badiiy funktsional tuzulishi,
4. Sharq mumtoz va hozirgi zamon o’zbek she’riyatida ramziy obrazlar.
5. Xalq og’zaki ijodida ramziy obrazlar dunyosi.
Tayanch tushunchalar:
Simvol, Ramz, Ramziylik, Semiotika, An’anaviy obraz, Poetik simvol, Belgi ma’nolari, Simvol-obraz, Simvollashtirish, Simvol - ifoda.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
Asqarali Sharopov. Olamlar ichra olamlar. – T. G’afur G’ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashrioti. 1978
2. O’z Sovet Ensiklopediyasi. 9 –jild, T- 1977. 184 bet.
3. N. Kostomarov. Обисторическомзначениирусскойнароднойпоэзии. Харков. 1860.
4. А. Потебня. Из истории по теории словесносте. Харков 1927
5. А. Потебня. О некоторых символах в славянской народной поэзии. Харков 1860.
6. M. Qo’shjonov. Suvon Meliev. Abdulla Oripov. – T. Ma’naviyat. 2000 106-118 betlar. “Lirik fojelik”, “Nayning nolasi, kimning nolasi”, “Tilla baliqcha fojeasi”.
Ramz – arabcha ishora qilmoq. Badiiy adabiyotda voqea , predmet va tushunchalarni boshqa buyum va hodisalar orqali shartli tasvirlash usuli. Masalan, sher – mardlik, jasorat, tulki – makkorlik ramzi. Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelayotgan ramziy obrazlar sistemasi mavjud: gul – go’zallik, mashuqa, bulbul – sadoqatli oshiq, boyqush – baxtsizlik, sariqrang – mahzunlik, qorarang – motam. Hotam – sahiylik, chumoli – xoksorlik, donolik ramzi va hokazo.
Ijodkorlar an’anaviy ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har xil hodisa va detaldan, masalan, bulut, buloq, chaqmoq, va boshqalardan ramziy maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy ma’noga ega bo’ladi. Poetik simvol badiiy vosita – voqelikni aks ettirish usuli sifatida qadimdan ifoda etiladi. Uning dastlabki namunalari xalq og’zaki ijodida ko’rinadi.
Simvolni o’rganish rus adabiyotshunosligida XX asr boshlaridan amalga oshirilgan. N. Kostomarov xalq og’zaki ijodi poetikasi bo’yicha shug’ullangan folklorshunoslar ichida birinchi simvol bilan aniq fanlardagi simvol tushunchasini, ular o’rtasidagi farqni to’g’ri hal qilib bergan bo’lsa, o’zbek adabiyotshunosligida bu masalaning to’la ravshanlashishiga erishishda tadqiqodchi Asqarali Sharopovning 1978 yilda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan “Olamlar ichra olamlar” nomli kitobi muhim qiymatga ega bo’ldi.
Badiiy ijod jarayonida qo’llanadigan simvollar o’zining xarakteri, imkoniyatlari va bajariladigan vazifalari jihatidan alohida qimmatga ega. Poetiksimvolningtuzilishi, uningo’zigaxosliginianiqlashuchunsimvoltushunchasiningnisbatankengma’nodaqo’llanishivasimvolobrazbilansimvolbelgio’rtasidagio’zaromunosabatmasalasigaoydinlikkiritishlozimbo’ladi. Simvollarning (belgi ma’nosida) qo’llanish chegarasi xilma-xil bo’lib, u turli sohalarda uchraydi. Simvol tushunchasi faqat san’atda emas, me’morchilik , matematika, fizika, kimyo, kibirnetika, tilshunoslik, falsafa kabi ijtimoiy aniq fanlarda ham keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda simvollarning turli sohalarda qo’llanishi imkoniyatlarini o’rganish ularning ba’zilaridagi bir-birlaridan farqlanuvchi tomonlarini aniqlash bilan bog’liq semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar masalasini o’rganishning muhimligi uni, ya’ni simvol belgini badiiy adabiyotdagi simvol obraz bilan aralashtirib yubormaslik lozimligini ko’rsatadi.
Simvol keng ma’noda (grekcha simvol so’zidan olingan bo’lib qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olish uchun qo’llanadigan tarixiy belgisidir) belgi tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi ko’rinish, belgi bo’lib, undagi aniqlik, ko’rgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik vositasida unga nisbatan kengroq abstract ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga taaluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga xos bo’lgan sifatlarni, xususiyatlarini o’zida to’liq mujassamlashtirmaydi. Gegelning fikricha, belgidagi mohiyat va ifoda o’rtasidagi bog’lanish, aloqa ularning tasodifiy birlashishiga asoslanadi, xolos. Simvol – belgidagi mohiyat va ifoda o’rtasida ichki bog’lashining bo’lmasligini matematik, fizik, ximik simvollarda uchratishimiz mumkin.
Simvol – obraz va simvol – belgining o’ziga xos xususiyati, farqlari N. Kostomarov tomonidan ham ancha to’gri hal qilingan. Kostomarov simvollashtirishning turli ko’rinishlarini bir-biridan farqlanishini inson psixologik xususiyatlari bilan bog’liq xolda olib qaraydi. “Simvollashitirsh nisbatan turli sohalarda uchraydi Farqi shundaki, ayrim xollarda (ya’ni nozik simvollarda) simvol insonning mavjud psixik xususiyatlariga suyangan xolda yuzaga keladi, boshqalarda esa, (simvol belgida) u sun’iy bo’ladi, shuning uchun ham o’ta shartli mohiyatga ega.
Misollarga murojaat etaylik:
O’z yurti, o’z uyida osoyishta, barkamol,
Halol mehnati bilan yashab kelgan g’arbu sharq.
Amerika sayyodi uchurgan burgutni,
Tinchlik kabutarining parvozidan qilur farq.
G’afur G’ulomning “Tinchlik minbaridan” she’ridagi bu bandda burgut, kabutar poetik simvol bo’lib, ularning ma’nosi umumiy mazmun bilan bir butunlikda anglashiladi. Ya’ni burgut urushqoqlik simvoli bo’lsa, kabutar tinchlik simvoli sifatida xizmat qiladi.
Poetik simvolda ma’no o’rtasidagi ichki, mantiqiy aloqaning, o’xshashlikning bo’lishi shart. Shuning uchun ham poetik simvol insonning ruhiy holati, kechinmasi tabiat predmetlari vositasida badiiy ifodalash vositasi hisoblanadi. Ruhiy holatni ifodalash jarayonida predmetlarga shu ruhiy hususiyat ancha singib, ularning predmetlik ma’nosidan o’zga, ko’chma ma’noda tasavvur etishga olib boradi. Aniq fanlardagi simvol-belgida biz bu xususiyatni ko’rmaymiz. Chunki ilmiy simvollarda mohiyat bilan belgi o’rtasida organik bog’lanish bo’lmaydi. Bunday simvollarda umumiy kelishuv orqali doimiy tarzda, shartli qabul qilinadi.
Olma, ko’pgina xalqlarda muhabbat ramzi sifatida taqdim etiladi. Buni yaxshi anglagan G’afur G’ulom “Kuz keldi” she’rida shunday eslab o’tadi:
Bizlarda olmaning yuz besh turi bor,
Bisfilyor, rozmarin, jonoqi, qandil.
Olma taqdim etmoq – muhabbat ramzi,
Olma bilan ochilar qancha to’la dil.
Olmaning ramziyligi haqidagi eng qadimgi motiv Gomerga borib ulanadi.
Olma otish manbalarda ko’rsatilishicha, Xorazm o’zbeklarida arab istilosiga qadar ham mavjud bo’lgan. Olma otish asosan, qizil gul bayrami vaqtida o’tkazilgan. Olmani gul bilan qo’shib, faqatgina sevishganlargina emas, balki unashtirib qo’yilgan qiz yigitlar ham bir-biriga otishgan. Keyinchalik ramazonning ikkinchi kuni olma otish marosimi o’tkazish urf bo’lgan. Bunda qiz o’z dugonalari va yangasi bilan qishloq yaqinidagi buloqqa borib arg’imchoq uchgan. Oldindan kelib daraxtlar ortiga yashirinib olgan. Yigitlar sevgan qizlariga olma, turli xil shirinliklar otishgan.
Xalq urf-odatlaridagi bu an’anaviy ramziylik ertak va dostonlarga, qo’shiqlarga o’tgan. “Toxir va Zuxra” ertagida tasvirlanishicha podshox va vazir farzandlari yo’qligidan juda ko’p iztirob chekishgan. Ular bu – “farzand dog’i”ga chidamay, ov bahona tog’larga bosh olib ketadilar. Yurib-yurib bir go’zal boqqa borib qolishadi. Bir nuroniy chol ularning xaftaliklarini sababini surishtiradi. Ular o’z dardlardini aytgach, chol qo’ynidan ikki qizil olma chiqarib beradi va deydi:
Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baxam ko’ringlar…Men olmani shu shart bilan berdimki, qaysi biringiz xotiningiz o’g’il tug’sa, otini Toxir qo’ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug’sa otini Zuhra qo’ying, ammo ularni bir-biridan ajratmang.
Juda ko’p ertak va dostonlardagi: “Podshoh qizini turmushga chiqarmoqchi. Bugun qiz kimga turmushga chiqmoqchi bo’lsa, olma otadi” singari gaplar ham olmaning ramziyligi haqidagi qadimgi rivoyatlar bilan bog’liqdir. Olma bilan bog’liq qadimiy motiv “Go’ro’g’lining tug’ilshi” dostonida saqlanib qolgan. Ertaklarda olma otish, taqdim etish, xolatlari ko’proq uchrasa, bu dostonda o’zgacharoq talqin mavjud. Go’ro’g’lining onasi ham qizlik vaqti bog’da aylanib yurib, ariqdagi oqib kelaytogan qizil olmani olib yeydi-da, yukli bo’lib qoladi. Uni gunohkor qilib cho’lga eltib tashlashadi. O’sha cho’lda Go’ro’g’li tug’iladi.
Olma bilan bog’liq ramziylik asta-sekin yozma adabiyotga ham kirib keladi.
Alisher Navoiyning:
Olmani sundi nigoirim: ol, dedi,
Olma birla bu ko’ngilni ol, dedi;
Surdim ersa, olmasining rangini,
Ne so’rarsen! Olma ragni ol! – dedi.
Mashhur tuyg’i ham ham xalq og’zaki ijodining ta’siri ifodasi hisoblanadi.
Olma va oshiqlar haqidagi ramziy motivlar xalq qo’shiqlarida juda ko’plab uchraydi:
Xovuzning labida
Pilla tortgim keladi
Qiz bolani ko’rganda
Olma otgim keladi.
Yoki:
Olma pishganda keeling,
Tagiga tushganda keeling,
Orqa sochim jamalak,
Belga tushganda keeling.
Bunda bir-biriga parallel qo’llangan, bir-birini to’ldiradiganhar ikki she’riy ishora (olma pishishi, sochning belga tushishi) mazmunidagi ramziy ma’noni anglab o’tishga yordam beradi.
Quyidagi misralarda esa olma bilan bog’liq majoziy vaziyat o’zgargani uchun u endi “qonga to’la dillarning” izhori emas, balk iota-ona izmiga qarab bir-biriga yeta olmagan oshiqlar ichki dunyosining ifodasi bo’lib qoladi:
Oq olma, qizil olma,
Olmaga nazar solma.
Otam senga bermaydi,
O’z bilganingdan qolma.
Olma xalq qo’shiqlarining o’ta siqiq, ta’sirchan chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qizil gulni bo’gladim, arg’amchiga,
Qaydan ham ko’ngil berdim yolg’onchiga.
Yolg’onchi, yoring bo’lay demabmiding,
Beyog’ochda besh olma yemabmiding.
Ko’rinib turibdiki, olmaning ramziyligi bilan bog’liq misralarning ma’no anglatish vazifasi boshqa misralarga nisbatan ancha keng, ular ma’lum bir vaqtda davom etgan voqealarni, xolat va ko’rinishlarni umumlashtirish imkoniyatiga ega. “Besh olma yemabmiding” birikmasining o’zida ochiq aytilmagan, biroq qachondir sodir bo’lgan voqea: axdu-paymon oshiqlik bilan hamohang bo’lgan motiv yashiringan. Shu o’rinda an’anaviy ramziylik qo’llanilmasa, bu birikma ifodalangan mazmunni butun bir hikoya tarzida tushuntirishga, izohlashga to’g’ri kelardi.
Suvon Melining “Tilla baliqcha fojiyasi”, “Lirik fojelik”, “Nayning nolasi, kimning nolasi” maqolalarida Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”, “Sog’inch” va “Nay” nomli she’rlarini alohida-alohida tahlil etar ekan, ulardagi simvolik ruhga alohida e’tibor qiladi. Tilla baliqcha – inson ramzi, tor hovuzcha - moddiy dunyo, “mudroq tollar” – shu xovuzchani to’sib, qo’riqlab turgan devor – ma’naviyatsiz, ruhoniyatsiz, mayda aqidalar majmui. Sariq burglar – boyagi bilimlarning chala-chulpi laxtaklari. Moddiyat kishanida bog’langan odam nazdida materialism – eng oliy haqiqat, ruh boqiyligi – quruq afsona, o’limdan so’ng mutloq yo’q bo’lish, cherish. Xullas, zerikarli va kulfatzada dunyo, ya’ni “ko’mak xovuz”.
Tilla baliqcha – faqat biqiq muhit, cheklangan jamiyatda emas, balki vujud qobig’ida qolib, vujud extiyotlarini hayotning birdan-bir ma’nosi deb bilgan odam fojiyasi. “Sog’inch” she’rida:
Parchagina bulut
Cheksiz osmon,
Adir orasifagi yolg’iz oyoq yo’l.
Parchagina bulut – vaqt oldida chorasiz odam. Osmon dunyo – cheksiz dunyo. “adir” o’tib ketgan vaqt ma’nosini, “yolg’iz oyoq yo’l” umrning yakka-yakka kechishni ramziy ifodalaydi.
Umuman, ramziylik hozirgi kunda ham ijodkorlarga fikrni obrazli ifodalashda qo’l kelmoqda.
“Olma tegdi, dardimga darmon dedim,
Olma bergan ul sanam armon dedim.
Boqdi kulib, dilda orzum angladi,
Ne tilasang tilagin borman, dedi.
Olma yedim, shirinu sharbat ekan,
Ul sanamning va’dasi abad ekan.
Nozi soz-u, nazokati o’zgacha,
Gar xiyonat, barchasi barbod ekan.
Olmadan o’zga meva xush ko’rmadim,
Olma yo’q, kun o’zni sarxush ko’rmadim.
Olma sabab, bir pariga mubtalo,
Ko’p sanamlar, o’zgani tush ko’rmadim.”
Bunda olma ramzi lirik qahramonning qalbidagi tuyg’ularning ifodlash vositasi sifatida xalqona ruhda o’z o’rniga ega…
Do'stlaringiz bilan baham: |