Badiiy tahlil asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 283,12 Kb.
bet10/19
Sana12.03.2022
Hajmi283,12 Kb.
#491601
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Badiiy tahlil asoslari

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Badiiy tahlil printsplari va ularning mohiyati.
2. Asarda hayotiylik, badiiy mantiq, estetik joziba.
3. Tahlilda sistemalilik, yaxlitlik,tarixiylik, zamonaviylik.
4. Badiiy tahlil:nafosat, hissiylik, axloqiylik.
5. Tahlil tamoillarining asarni tushuntirishdagi ahamiyati.


X – MAVZU
BADIIY TAHLILDA SHAKL VA MAZMUN KATEGORIYASI
REJA:
1. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati.
2. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati.
3. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati.
4. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida.
Tayanch tushunchalar:
Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati, Badiiy tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va mazmunning falsafa hamda estetikadagi o’rni.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil
2. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy.
3. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil
4. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil
5. A. Gafurov. Badiiylik - bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil
Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobgaolinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sababadabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech kimnikiga o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da, ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik goyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadiganestetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunnitashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifodaetilishi bilan falsafiy ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki,mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san'atni mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiyasarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha goya emas.Mazmunda xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, goyada tendensiozlik, tarafkashlik, sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal hiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunlishakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kamemas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga ko’proq ahamiyat berish kerak: shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiyasardagi shakldan mazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga goyagaaylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo’lmaganda va har qanday asarga, avvalo, qandaygoyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala qo’yib utirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, goya qidiradigan va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana bunday demoqchi..." qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina. Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf etishimkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan badiiy mazmun terinlashib, xilmaxillashib boraveradi. Asar tahlili goya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to’xtagan joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu'jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning "Binafsha", "Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki
tong", "gazal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob", Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yogar", "Xato qildim", Omon Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy asarlarni o’rganishda mazmunni anglashgatutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi. Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, RaufParfining "Yomgir yogar" she'ri tahlili xarakterlidir:
Yomgir yogar, shigalab yogar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomgir yogar, shigalab yogar,
Ham qaygumga, ham quvonchimga...
Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va uning teng yarmi -olti misrasi "Yomgir yogar, shigalab yogar" satrlari takroridan iboratdir. Filolog – tahlilchimushtariylarning e'tiborini misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shigalab yogayotgan ezgin yomgir, yomgir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yogayotgan yomgirning lirik qahramon
qaygusiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomgir tagida turgan nozikta'b lirik qahramon holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yogayotgan yomgir singari moddiy narsa tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomgir yogayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomgirni she'rxon ko’z o’ngida "yogdiradi". O’quvchi misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomgirning behudud shitirini,chakkilab tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomgir yogar, shigalab yogar, Tomchilar tomchilarsochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she'rxon tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikkima'no tashishini kashf qiladi. Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub bo’lib, urgu"i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub bo’lib, urgu "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki so’zning yonma-yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa bilish kishining fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo’l ochadi. Shigalab yogayotgan yomgir sehriga berilibyomgirni unutgan, uning sirli musiqasiga asir bo’lgan shoirning ko’ngli ham yomgirga aylanadi va she'r so’ngida shunday misralar quyilib keladi: "Yomgir yogar, shigalab yogar, Yoga boshlar qogozga ko’ngil". Matn tahliliga to’gri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlikbilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi shubhasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunini yo’qqa chiqarmaydi, balkiuning ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.Shaklga e'tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba'zan uning butun go’zalligini yo’qqa chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqayerga kuchirish izsiz utmaganidek, chin badiiy asarga vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri bor. She'rdagi to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik qoidalarga mos tarzda o’zgaritirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi:
Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib,
Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros.
Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib,
Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos.
Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzdajoylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda to’gri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va shaklga tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib chiqadigan badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklningmazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror" asarida go’zal yo’sinda tasvir etilgan:
So’z aro yolgon kibi yo’q nopisand,
Aylar aning nazmini dono pisand.
O’rnida tishlar duri manzum erur,
Chun sochilar qiymati ma'lum erur.
Vardu shajar shohid erur bog aro,
Lek o’tin silkidadur tog aro.
Munda parishonligi noxush qilib,
Anda murattabligi dilkash qilib...
Daftari nazmida chu sherozadur,
Gul varagi gulshan aro tozadur.
Uzdi chu sherozani daftari,
El uchurur har varagin bir sari.
Nazm anga gulshanda ochilmogligi,
Nasr qaro yerga sochilmogligi.
Bo’lmasa e'joz maqomida nazm,
Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma'ni durur,
Bulsin aning surati har ne durur.
Nazmki ma'ni anga margub emas.
Ahli maoniy qoshida xo’b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma'ni dogi dilkash anga.
Yorab, ani xalq dilafruzi et,
Xasta Navoiyga dagi ruzi et.
Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik me'yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish mumkin.



Download 283,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish