Og`zidin g`uncha aytmay so`z hech” misra kim haqida? Sunbul, pech so`zlarining ma`nosi?
Go`zalning yuzi jahonni yoritguvchi ma`shala bo`lsa undan taralayotgan nur nima edi?
U yerda bir shirin chashma bo`lib, u go`yo nimadek ko`rinar edi?
Qayerdagi shoh saxiy-u donishmand edi?
“Ta`bi ham har nodir ishga qodir” deb ta`riflangan shoh kim?
Kimning bir qizi bormishki, go`yo odamizod bunday go`zalni hargiz ko`rmagan emish?
Navdarshoh qayerga hukmdor edi?
U qizning sochi nima bo`lishni odat qilgan edi?
Kimning yuziga quyosh banda bo`lgan edi?
Nuqtalar o`rnini to`ldiring:
Go`yo dengiz …… misol-u, Mehr ……. shaklidagi kema ichida ……….dek edi?
Jobir har safar kimni ko`rganda hushini yo`qotar edi?
Kim Zuhra yulduzidek oy deb ta`riflangan?
Mehrning Jobir orolida qolishi nimaga o`xshatilgan?
Qaysi misralarda Jobirning botir va qaytmasligi tasvir etilgan?
Kim to`y taraddudida dengizdan yo`lga chiqqan edi?
Dunyo Mehrni ayriliq asiri etganda, kim to`y taraddudini ko`rardi?
Kim kema haqida Jobirni habardor qilardi?
Ikkisi bir biridan chaqqon deb ta`riflangan obrazlar?
“Ikkisi chunki erdilar cholok,
Bir-biridin alarg`a yo`q edi bok” misra kimlar haqida?
Jobir uchun nima ko`ngilsizlik edi?
Dengizdagi kemalar go`yo nimaga o`xshardi?
Kim hiyla ishlatdi va nima qildi?
Kim Suhaylning oldiga go`yo baliqni yutishga shay nahangdek keldi?
Jobir Suhaylning qatl qilish uchun boshiga kelishi nimaga o`xshardi?
Jobir Suhaylni nima uchun o`ldirmadi?
Jobir Suhaylni qayerga bandi qilib qo`ydi?
Kimki shu choh ichiga tashlangan bo`lsa unga nimalar berilardi?
“Ikki muhlik ajab g`am o`ldi anga, Motam ustiga motam o`ldi anga. Bilmadikim ne ish ekin hodis. Kim bu ishga bo`lub ekin bois” misralari kimning holati haqida?
Mehr kimning qizi edi?
Qizining boshiga tushgan tashvishni eshitib Navdarshoh kimga maktub yo`lladi?
Ikki shoh birga kimga qo`shin tortadi?
Jobirning oldiga kim quruqlikdan, kim suvdan borishni aytadi?
“Yuqori dilbar-u, quyi bedil, Bir biridan vale ikov g`ofil” deb kimlar ta`riflanadi?
Navdarshohning bo`lajak qudasi kim?
“ No`lsa ul dushman ilgida mahbus, manga nomus erur, sanga nomus” deb kim kimga xat yozadi?
Notavon-u asirman sendek” deb kim kimga qarata aytadi?
Kim Jobirni yengib Jobirni chohga tashlaydi?
“Sayd etgach ko`zini asrar edi, ko`rmayin deb o`zini asrar edi” misra kim to`g`risida?
“Bo`ldi bir-biriga jism ila jondek
Yo magar sarv-u ishqpechondek” deb kimlar ta`riflangan?
Suhayl nimaning pahlavonlik emasligini aytadi?
“Sen agar zohir etding itlikni
Men senga ko`rguzay yigitlikni” deb kim kimga qarata aytadi?
“Har kishikim birovg`a qazigay choh
Tushkay ul choh aro o`zi nogoh” misra kim haqida va quyidagi misrada qaysi badiiy san`at qo`llanilgan?
Kim Jobir bandi qilgan insonlarni ozod qiladi?
Adabiyotda keng qo`llanadigan san`at qaysi?
Tashbihning yuzaga kelishida nechta unsur ishtirok etadi va ular qaysilar?
“Yuzing go`zallikda gul kabidir” ushbu gapta o`xshamish, o`xshatilmish, vosita, asoslar qaysilar?
O`xshatilish belgisi nima?
Vosita ishtirok etgan o`xshatishlarda qanday qo`shimcha, so`zlar ishtirok etadi?
“Qoshi hilol” gapda unsurlardan qaysi biri ishtirok etmagan?
Ermas alar tufrog`-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg`au sanga- tiyra xok,- misrada tashbexga asos bo`lgan so`zlar qaysi?
Mutlaq tashbih deb nimaga aytiladi?
“Hilol”, “sarv”, “oy” ushbu so`zlar qanday tashbihga asos bo`ladi?
“Bo`rini dag`I galadin dur qil,
Suv beribbon bog`ni ma`mur qil-, misrada nechta tashbih bor va qaysilar?
Tanosub deb qanday san`at turiga aytiladi?
“Bulbul” so`zi qaysi so`zlar bilan tanosub san`atini hosil qiladi?
“Anda bir shoh hokim-u voliy
Mulki ma`mur himmati oliy” ushbu misradagi she`riy san`at qaysi va qaysi so`zlarda yuzaga kelgan?
Misralarda xalq maqollarini keltirish qaysi san`atni yuzaga keltiradi?