Ravshan dostoni 1.Yovmit elida,Chambilning belida kim davrini surardi?
2.Yunus pari va Misqol parini qayerdan olib kelgandi?
3.Kimlarni qayerdan olib kelib ulim deb parvarish qilardi?
4.Avazxonni kim tarbiya qilardi?
5.Misqol pari kimni tarbiya qilardi?
6.Hasanxonni kim bilan to’yi bo’ldi?
7.Hasanxon Xon Dallini qayerdan olib qochib kelib to’y qildi?
8.Avazxon kimga uylanadi?
9.Hasanxonning o’gli?
10.Avazxonning qizi kim?
11.Yaxshi suratli,shirin so’zli ,quralay ko’zli serfahm qiz?
12.Go’ro’g’li kim uchun qayerga sovchi bo’lib bordi?
13.Avazxonni necha yoshligida asrab olgandi?
14.Asarda “Qizi borning nozi bor” deb kimning tilidan aytiladi?
15.Og’a Yunus pari Ravshanga ovunib o’tirsin deb nimasini beradi?
16.Uzukda kimning surati bor edi?
17.Jiyronqush kimning oti?
18.Hasanxon kim bilan do’st edi va do’sti bilan gaplashib o’tirganida kim kelib qoladi?
19.Zulxumorning yurti qayer?
20.Shirvon eliga necha oyda boriladi?
21.Zulxumor nima tikib bozorga olib chiqadi?
22.Yigitlar ko’rmanasiga nima berishadi?
23.Zulxumorni nechta kokili bor edi?
24.Qalpoq bozorigacha bo’lgan bozorlar ketma-ketligi?
25.Ravshan qizlarning orqasidan poylab borib qayerga yashirindi?
26.Zulxumor yigitning kimligini bilib ko’rmanasini olib kelishga kimni jo’natadi?
27.Ravshan ko’rmanasiga nima beradi?
28.Zulxumor Ravshan bilan yashayotganligini Qoraxonga kim aytadi?
29.Ravshanni necha kun zindonda ushlab nimaga ko’ndirishmoqchi bo’lishadi?
30.Zulxumor va kanizlariga necha sarboz qorovul qo’yiladi?
31.Ravshan qamoqdaligini nechanchi kuni Zulxumor kimga xat yozadi?
32.Xatni qaysi qushdan berib yuboradi?
33.G’irko’k kimning oti?
34.Ravshanga o’g’il tutingan kampirning nechta o’g’li bor edi?
35.Asarda kimlar sher haybatli yo’lbars kelbatli qoplon yurakli arslon bilakli yigitlar bo’ldi deb ta’riflanadi?
36.Ravshanning ismini kim qo’yadi?
37. Aka-ukalarning ismlari?
38.Aynoq va Jaynoq kalga xos xususiyatlar?
39.Ersak va Tersak kal nimaga usta edi?
40.Ishrat devonaning otidan ham yomon ot qaysi?
41.Kallar Hasanxonni nimalar bilan mehmon qilishadi?
42.Qoraxonni kim o’ldirdi?
43.Shirvon eliga kim podshoh bo’ldi?
44.Ravshanbek necha yoshligida Go’ro’g’li unga Gulanorni olib bermoqchi edi?
45.Jamoli chillaning qoriday tingjirab yaltirab o’tirgan deb kim ta’riflanadi?
46.Asarda asalday shirin ma’nosini bildiruvchi laqab kimga ishlatiladi?
47.Polvonning qahri kelib ajdahoday to’lg’anib ko’zlari olovday yondi ushbu ta’riflar kimga tegishli?
48.Avazxon o’zini qaysi qushga tenglashtiradi?
49.Avazxon Hasanxonni qaysi qushga tenglashtiradi?
50.Ta’rif qaysi otga tegishli:To’rt oyog’I teng tushgan biqini yoziq keng tushgan qarchig’ayning havosi tekkan?
51.Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot
Yaxshilik qil bolam yomonlikni ot
Nasihatim yod qilib ol yolg’izim
Yolg’iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.Misradagi she’riy san’atlarni toping va bu kimning so’zlari?
52.Ravshan qalpoq bozorini qidirib yurganida kim unga qalpoq bozoriga borish yo’lini ko’rsatadi?
53.Zulxumor kanizlari bilan necha zinali ko’shkda o’tirib qalpoq sotadi?
54.Zulxumor qalpoq sotib ko’shkda o’tirar ekan uning jamoliga chidayolmay uchib kelgan qushlar?
55.Mayna uchib borib kimning qo’liga qo’nadi?
56.Qarsoq va Jiziq so’zlarining ma’nosi?
57.Qaysi qahramon G’amning loyiga botibman deydi?
58.Salloh va Tovun so’zlarining ma’nosi?
59. Ravshanning e’tiborini qozona olmagan hasadgo’y deb ta’riflangan obraz?
60.Xalq dostonlarini kuylovchi san’atkorlar nima deyiladi?
61.Qayerda dostonlar tor jo’rligida aytiladi?
62.Xorazmda doston aytuvchilar nima deb yuritiladi?
63.Go’ro’g’li turkumi dostonlarining qancha turi bor?
64.Go’ro’g’li turkumi dostoni qaysi xalqlarda ham mashhur?
65.Ravshan dostoni kim tomonidan birinchi marta yozib olingan?
66.Ravshan dostoni kimdan qachon yozib olingan?
67.Ilk bor qachon nashr etilgan?
68.Jumanbulbul shoirdan kim bu dostonni yozib olgan?
69.Jumanbulbul shoir kimdan yozib olgan?
70.Hasanxon 3 oylik yo’lni qanchada bosib o’tadi?
71.Ravshan dostonida Shirvon bozori necha misrali tasvirda beriladi?
72.Obraz necha turga bo’linadi?
73.Ravshan dostonida epizodik obrazlar qaysilar?
74.Mubolag’a qanday san’at?
75.Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag’a nima deyiladi?
76.Mumtoz adabiyotda g’ulu nima degani?
77. Urush va jangovarlik holati necha bo’g’inli vaznda yoziladi?
78.Voqea va harakat tezlashgan holatda necha bo’g’inli vaznda yoziladi?
79.Tonglar otib boradi
Kunlar botib boradi
Suvsiz cho’lda mard Hasan
Yakka yetib boradi. Misradagi badiiy san’atni toping
80.Dostonda nima uchun Ravshan zindonga tushib qoladi?