“Badiiy o’qish” kursiga kirish



Download 223,5 Kb.
bet7/9
Sana27.04.2023
Hajmi223,5 Kb.
#932541
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BO`D 2-mavzu

KOMEDIYA (yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili koʻrsatilgan drama turi. Komediyada ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi bilan tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eskirib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kulgili ahvolga tushib qoladi. Boʻlarni qalamga olish orqali Komediya yara-tiladi.
K. Yunonistonda xudo Dionis sharafiga oʻtkazilgan xalq bayramlarida paydo boʻlgan. Yorqin siyosiy Komediyalar yaratgan Aristofan (mil. av. 5—4-a. lar) Komediyaning «otasi» hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. av. 3—2-a. lar) Plavt va Terensiy atokli Komediya chilar boʻlishgan. Uygʻonish davri Yevropa adabiyotida V. Shekspir va B. Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K. lari katta oʻrin tutadi. 17—18-a. larda Komediyada realistik mayllarning kuchayishida J. B. Molyer va P. Bomarshe (Fransiya), K. Goldoni (Italiya), G. Lessing (Germaniya), R. Sheridan (Angliya) ijodi qoʻl keldi. Komediyaning 19—20-a. lardagi rivoji B. Shou, B. Brext, Sh. OʻKeysi, B. Nushich, J. Anut, N. Gogol va b. ijodi bilan bogʻliq.
Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi Komediyalar 20-a. da paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga – Hamza («Maysaraning ishi»), Abdulla Qahhor («Tobutdan tovush»), Sayd Ahmad («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Erkin Voqidov («Oltin devor»), Hamid Gʻulom («Toshbolta oshiq»), Bahrom Rahmonov («Surmaxon»), Sharof Boshbekov («Temir xotin») va b. munosib hissa qoʻshdilar.
Komediyaning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning «Xatolar komediyasi»), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, «Maysaraning ishi»), kishilar xarakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, «Tartyuf»; A. Qaxlor, «Ayajonlarim»; E. Vohidov, «Oltin devor») K. lar mavjud. Shuningdek, Komediyalar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N. Gogol, «Revizor», A. Qahhor, «Tobutdan tovush»), yumoristik Komediya (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan Komediya — Gossi, «Malikai Turandot», Sayd Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni», Hamid Gʻulom, «Toshbolta oshiq») va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R. Muhammadjonov, «Suyunchi» filmi) turlariga boʻlinadi. 20-a. da Komediyaning tragikomediya (L. Pirandello, J. Anuy), tragifars (E. Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.
Ta‘lim muasasalarida teatrlashtirilgan faoliyatnin gbarcha yo‘nalishlariga katta e‘tibor berish lozim va shart, chunk iular,

  • Jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni;

  • Milliy va ma‘naviy qadriyatlarni singdirib brogan holda bolaning madaniyatini oshirishni;

  • Bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san‘at, o‘zini tutish odobi, milliy an‘analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu boradagi qiziqishini muntazam oshirib borishni;

  • to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o‘yinlar orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi.

Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki kechinmalari, munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya‘ni asar qahramonlariga munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan birga boladagi ijodiy faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali kengaytiradilar.
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog‘liq bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola nutqi bilan uyg‘unlashi buning so‘z boyligini ortiradi, nutqining tovush madaniyati mukammalashadi.
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘zichiga ertaklardan lavhalar qo‘yish, rasmga qarab rollisuhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo); qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan o‘yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal); bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani to‘g‘ri yo‘naltirishda tarbiyachi-pedagog katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi-pedagog nafaqat ifodali o‘qishi yoki aytib berishi, balki ko‘rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya‘ni akterlik va rejisserlik mahoratlariga ham ega bo‘lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan faoliyatga qiziqishi uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining akterlik faolligi bilan tortinchoq bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlashi, ularning xató qilish va sahnaga chiqishda «qo‘rqish», «artist» va «tomoshabin»ga bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Download 223,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish