Til- badiiy obraz yaratish vositasi.
Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor va Pirimqul Qodirovlarning badiiy til to ‘g ‘risidagi fikrlari bilan tanishamiz. So‘ng “0 ‘tgan kunlar” romanining tili haqidagi qarashlarni qayd etamiz. Undan keyin, shu asosda badiiy til nazariyasiga oid mulohazalarni umumlashtiramiz va xulosalaymiz. Abdulla Qodiriy “O 'rtoq Elbekning til haqidagi tushunchalari” (1924) degan m aqolasida bu shoirning asarda so‘zni qo‘llash, tilga m unosabat, bu sohadagi n o ‘noqligi ham beparvoligini hajvqildi. U “Yozishg‘uvchilarimizga” (1926) degan maqolasida yozuvchi va til aloqasiga doir masala yuzasidan shunday deydi: “So‘z so'ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Yozuvchining o‘zigina tushunib. boshqalarning tushunm asligi katta ayb. Asli, yozuvchi aytm o q ch i b o ‘lgan fikrni ham m aga barobar anglata bilishda, oraga anglashm ovchilik solmaslikdir. B undan boshqa fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan so‘z va jumlalarga yozuvda aslo o‘rin bcrilmasligi lozim. Shundagina iboraning tuzatib bosishiga yo‘l q o ‘ymagan va mustaqil uslub va ifodaga ega bo‘lib, o ‘zingizning istiqbolingizni ta ’rnin qilgan bo'larsiz” .Oybek “0 ‘zbek poeziyasida til” degan maqolasida poeziya tiliga xos bo‘lgan oltita xususiyatni alohida qayd qilgan edi, ular ohangdorlik, bo‘yoqlilik, ixchamlik, chiroylilikdir. U deydiki: “ Qofiya uchun m a’noni qurbon qilish yaram aydi ... h ar bir so‘z uzukka qo ‘yilgan qim matli tosh kabi porlasin” . Oybek yetishm ovchiliklar yosh shoirlarda, hatto G ‘afur G ‘ulom , Uyg‘un, Hamid O lim jon, Maqsud Shayxzoda kabi taniqli shoirlaming she’rlatida ham y o ‘q em a slig in i dalillagan. T ildagi kam chiliklar chigallik, siniqlik, balandparvozlik, sun’iylik, qashshoqlik va quruqlikdan iborat. Uningcha, so‘zlar poeziyaga chertib, tanlab olinishi lozim. She’rda ishlatilgan so‘z kuchli, ifodali, ravshan, sodda, toza, xalqqa yaqin boMishi kerak. S h e'rtili “texnika Iug‘ati” emas. O ybek she’r tili oldiga vazifalar qo‘yib deydiki, til hayotni to ‘g‘ri ko‘rsatishga xizm at qilsin, u yaxshi ishlanishi kerak, asar om m a ichiga til orqali kirib boradi, u keng aholiga qaratiladi, shu sababli u barchaga tushunarli bo‘lsin.Oybek proza tili to ‘g‘risida so 'zlar ekan, Abdulla Qodiriyning “ Uloqda” hikoyasi tili haqida to ‘xtab, bu jan r tili to ‘g‘risida shunday deydi: “ Bu asarda jonli bo‘yoqli obrazlar uchraydi. Kishilaming portreti aniq, bo‘rttirib beriladi. Til “Juvonboz” ning quruq, rangsiz tilidan juda katta farq qiladi. Hikoya tirik, obrazli bir tilda yozilgan. Xalq so‘zlari va ifodalari hikoyaning badiiy to‘qimasiga uzviy kirib ketadi, singadi. Shaxslar ham o ‘zlariga xos til bilan so‘ylaydilar. “ U loqda” hikoyasida tashviqotchining, voizning o‘m ini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilm aydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi” (18-bet). Oybekning badiiy til to'g‘risidagi qarashlari va munosabatlari uning “Qutlug‘ qon” , “Navoiy” romanlarida o ‘z amaliy tasdig‘ini topdi.Badiiy tilga ahamiyat bcrishda Abdulla Qahhor ijodi bundan ham kuchliroq, u haqli suratda badiiy til ustasidir. 0 ‘zbek adabiyotida bu jihatdan unga barobar keluvchi yozuvchi yo‘qdir.Abdulla Q ahhor “ Rus tilini ona tilimiz deyish uchun a w a l o ‘z tilimizni bilishimiz kerak!” degan maqolasida rus tili va o‘zbek tili munosabati sohasidagina emas, balki, um um an, chet tili va o ‘zbektili aloqasijabhasida ham masalaga aniqlik kiritdi. U chet tillar pedagogika instituti talabalariga xitoban shunday deydi: “ Mening sizlarga aytadigan eng zarur gapim shuki, sizlar joylargachet tillar bilan birga, balki birinchi navbatda o‘z ona tilimizga-o‘zbek tiliga cheksiz muhabbat tuyg‘usini olib boringlar! 0 ‘zbek tili g‘oyat boy, nihoyatda chiroyli, har qanday fikr-u tuyg‘uni ifoda qilishga qodir ekanini am alda ko‘rsatinglar”, “Men bu gapni tilimizning boyligiga daxl qiladigan, husn-latofatinibuzadigan, tilim izni tahqir qilishga qaratilgan qiliqlarga barham berish maqsadida aytayotganim yo‘q. Bu gapning faqat tilimizgagina em as, davlatimizga, tuzumimizga ham aloqasi bor”.Abdulla Qahhor quyidagilami sobiq sho‘ro davridagi “hayotimizda” mavjud deb bildi:1. Ko‘pgina oilalarda bola o ‘z ona tilisini mutlaqo bilmaydi! Bu ota-onani zarracha ham tashvishga solmaydi.2. Ba’zi bir oilalarda bola o‘z ona tilida gapiigani nomus qiladi!Yozuvchi alohida ta’kidlaydiki, “ Rus tilini ikkinchi o n a tilim iz deyishuchun o ‘z tilimizni bilishimiz kerak” .Abdulla Q ahhom ing o‘zi qisqa, siqiq yozadi. Shuning uchun ham , u adabiy laqmalikni qattiq qoralaydi. U “ Kitob shavq bilan o ‘qilishi kerak” degan maqolasida bu haqda shunday degan: “ Hamma laqmaliklar orasida eng yom on laqmalik, shubhasiz, adabiy Iaqmalikdir... m inglarcha odam larning ko‘nglini ozdiradigan adabiy laqm alikdan qutulishning iloji borm i” (254- bet).Abdulla Q ahhor poeziya, ashula, proza, bolalar adabiyoti va satira tili to ‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirgan. U ningcha, “she’r oz gap bilan ko‘p narsani anglatishdir” (“Qanday yozish yaramaydi?” maqolasi, 1929). Abdulla Q ahhor Lev Tolstoyning “ Pushkinda vazn va qofiya bo'lishiga qaram asdan, shu fikrni boshqacha ifoda qilish m um kin emasligini sezib tu ra sa n ” degan fikrini keltirgan. Shu sababli L.Tolstoy Chexovni “Prozada P ushkin” , deb atagan. Abdulla Qahhorning anglashicha, “she’r — fikr ek strati” , “ she’r — oshiqning ohi”, “she’r - ko‘ngilning oynasi”, “she’r - m a’sum go‘d ak”, “she’r — bir m o'jiza”. Uningcha, C hustiy talantli shoir, lekin “jo n m urg‘i” deydi, hech bo'lm asa “jon qushi” em as. Yozuvchi bu shoir tilini “shablon” deb atadi (261-bet). “Oddiy so‘z, — deydi Abdulla Q ahhor. — ashula ijodkorlarining q o ‘lida qudratli kuchga aylanishi lozim” (400-bet).Abdulla Q ah h o r yozuvchiga ilhom , jasorat, mahorat kerak deb biladi. U Gogolni “birinchi dom lam ” deb bilar ekan, prozada til xarakter yaratishi lozimligini aytadi: “ Bizda hissiz y o zilg an ,... kitobxonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq kitoblar oz em as” (265-bet). “ Ko‘p so‘z yolg‘onning yuzini pardozlash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz lining husnini buzadi” (“ U sto z” degan maqola, I960). U: “bolalar uchun kitob yozadigan kishi tilning zarshunosi bo‘lm og‘i kerak” , - deb yozdi (357-bet).Abdulla Q ah h o r hajviya tilida kinoya, masxara qilish, b o ‘rttirish muhim vositaga aylanadi deb tushunadi. U bunday deydi: “Jek London ikki kishini sizga mislsiz jallod deb taqdim qiladi-yu, uning jallodligi to ‘g‘risida biron og‘iz so‘z aytm aydi. G ogol ham shunday qiladi. Uning sizga Ivan Ivanovichning “yaxshi” tom onlari deb taqdim qilganlari Ivan Ivanovichning naqadar ahmoq, yaram as kishi ekanini anglatadi” (218-bet).Yozuvchi “Tagor bengal adabiy tilini jonli tilga...yaqinlashtirdi” , deb yozadi (312-bet). Hamza xalq dilining taijimoni. “Shu sabab uning tilini xalqqa nihoyatda yaqin qildi. Hamzagacha va Hamza davrida ham hech bir yozuvchining tili H am za tilidek jonli va rang-barang xalq tiliga yaqin b o ‘lgan em as” (289- bet).Til bilan Pirimqul Qodirov maxsus shug‘ullangan. U “ Xalq tili va realistik proza” (1973) degan m onografiya yozdi. Uning “Til va dil” (1972) degan ilm iy -o m m ab o p kitobcha (b ro sh u ra)si ham bosilib chiqdi. Bu asar monografiyani boyitadi va to ‘ldiradi.P.Q odirovning aytishicha, A lisher Navoiy “ Muhokam at ul-lug‘atayn” asarida hech bir xalq tilini kam sitm aydi, balki o ‘z ona tili kamsitilishini istam aydi. 0 ‘z tilining fors tilidan qolishmasligini ta ’kidlaydi. M a’lumki, Firdavsiy fors tilini arab tili tazyiqidan himoya qilish uchun kurashgan edi. Firdavsiy qilgan ishni Dante italyan tilida, Navoiy o‘zbek tilida amalga oshirdi. Fransuzlarda italyancha, ruslarda fransuzcha so‘z!ash u rfb o ‘lgan edi. 0 ‘ona tili zarariga bunday qilish gunohdir. Navoiy badiiy so‘zni durga o ‘xshatdi, demak, u og‘zaki va yozma aloqa vositasigina emas, balki bezak hamdir. P.Qodirovning e ’tibori monografiyada umumxaiq tiliga qaratilgan, yozuvchi shu tildan najot topadi. Ammo Xojaning “Miftoh ul-adl”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi xalq tiliga murojaati keyin yaxshi davom etmadi. M uqim iy, Furqat, Zavqiylar realist edilar, biroq ular tilida eski o ‘zbek tili ta ’siri bor. 0 ‘rta Osiyodagi dastlabki sTyosiy tarqoqlik, monarxiyachilik va m ustam lakachilik, kapitalistik taraqqiyotning kechikishi millat va milliy tillarning shakllanishiga salbiy ta ’sir qildi. Realistik adabiyotning ba’zi janrlari yuksak rivojlanmadi, bu ham realistik til rivojini susaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |