Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o'sha borliqning oddiygina aksi emas, u borliqning san'atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir



Download 20,5 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi20,5 Kb.
#385650
Bog'liq
Badiiy obraz bo-WPS Office


Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o'sha borliqning oddiygina aksi emas, u borliqning san'atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko'plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o'zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik – badiiy borliqdir.

Badiiy obrazning xususiyatlari haqida so'z ketganda, birinchi navbatda, uning induviduallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo'lishi xususida to'xtalish zarur. Ma'lumki, voqelikdagi har bir narsa-hodisada turga xos umumiy xususiyatlar bilan birga uning o'zigagina xos xususiyatlar mujassamdir. San'atkor umumlashmaga obrazning individual xususiyatlarini bo'rttirish orqali erishadi. Masalan, Abdulla Qahhorning «O'g'ri» hikoyasida Qobil boboning amin huzuriga kelishini eslaylik. Yozuvchi amin haqida: «og'zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin baqbaqasini osiltirib kuldi», «chinchalog'ini ikkinchi bo'g'inigacha burniga tiqib kuldi» qabilidagi individual belgilarni bo'rttiradi. Ayni shu individual belgilarning bo'rttirilishi hisobiga adib katta badiiy umumlashmaga erishadi: zamona amaldorlariga xos bo'lgan qo'l ostidagi fuqaroning taqdiriga befarqlikni ko'rsatadi. Ya'ni, amin obrazi ko'z o'ngimizda individual xususiyatlariga ega bo'lgan konkret inson qiyofasida gavdalandi, ayni shu individuallashtirish hisobiga obraz umumlashmalik kasb etadi. Ko'rinadiki, shu tarzda badiiy obrazga bir paytning o'zida bir-biriga zid ikki jihat (individuallik va umumiylik) uyg'unligini topadi.

Badiiy obraz o'zida aql va hisni birlashtiradiki, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o'zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, Muhammad Ochilni jamiyatdagi poraxo'rlik, tovlamachilik, mehrsizlik, loqaydlik kabi illatlar qiynaydi, qalbini o'rtaydi. O'zini qiynagan muammolarni «O'rindiqli odam», «Shapaloq», «Toshqul tirriq» kabi hikoyalaridagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi, Xarakter — adabiyot va sanʼat asarlarida xususiy belgilari mukammal tasvirlangan va oʻzida feʼlatvor (xattiharakat, kechinma, fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan, shuningdek, muallifning maʼnaviyestetik konsepsiyasini ifodalagan inson obrazi. Badiiy X. umumiy (takrorlanuvchi) va xususiy (takrorlanmaydigan); obʼyektiv (badiiy X.ga proobraz boʻlib xizmat qilgan kishi hayotining ijtimoiypsixologik asoslari) va subʼyektiv (proobrazning muallif tomonidan idrok va talkin etilgan) belgilarning oʻzaro uyushgan hosilasidir. Adabiyot va sanʼat asarlaridagi X. tushunchasi falsafa, sotsiologiya va psixologiyadagi ayni tushunchadan inson obrazining konsepsiyaviyligi bilan ajralib turadi.

X. tushunchasi ilk marta Yunonistonda, badiiy ijod ruhiy madaniyatdan ajralib chiqqan bir davrda paydo boʻlgan. X.ning antik davrda ifodalagan mazmuni uning hozirgi talqinidan keskin farq qilgan. "...Shoirlar ishtirokchilarning xarakterlarini tasvirlash uchun ularni asarga olib kirishmaydi, — deb yozgan edi Aristotel "Sheʼriyat sanʼati toʻgʻrisida"gi risolasida, — balki ularning xattiharakatlari orqali xarakterlarini ham (asar doirasiga) jalb etishadi". Antik davr tragediyasida ham inson obrazi (X.) emas, balki voqea asar gʻoyasini ifodalab kelgan va muhim badiiy obraz xisoblangan; personajlar asardagi muayyan badiiy vaziyatda oʻynagan roli bilan bir-biridan farklangan.



Personaj X.ining mustaqil gʻoyaviybadiiy ahamiyatga ega ekanligi antik davrdayoq anglashila boshladi. Chunonchi, Plutarx "Parallel hayotnomalar" asarida qahramonlarni ular "takdir"i va X.iga koʻra oʻzaro qiyoslagan. "X." atamasining bunday 2 xil maʼnoda qoʻllanishi 18-asrgacha davom etib keldi. Adabiyot va sanʼatning keyingi rivojlanishi natijasida X. fabuladyan, asar syujetidan tamomila ajralib chikdi.

Uzoq davom etgan tarixiyadabiy jarayonda Uygʻonish va klassitsizm davrlari alohida ajralib turadi. Uygʻonish davrida X. xulqatvorning muayyan belgilaridan forigʻ boʻlib, umuminsoniy hodisa sifatida namoyon boʻla boshladi. U nafaqat antik davr va oʻrta asr uchun muhim boʻlgan madaniylik va yovvoyilik, diniy eʼtiqod va eʼtiqodsizlik singari oʻzaro qaramaqarshi belgilardan, balki turli ruhoniy sifatlardan ham xoli boʻlib bordi. Uygʻonish davri qahramonlarining X.ida harakatchanlik, oʻzgaruvchanlik koʻzga yaqqol tashlandi. Klassitsizm X.ning yana avvalgi statik holatiga qaytdi va ayni paytda diqqateʼtiborini shaxsning ongiga — "burch" bilan "koʻngil"ning ikkisidan birini tanlash masalasiga qaratdi. Romantizm esa X.ni shaxsning ichki olami bilan mushtarak boʻlgan hodisa sifatida talqin etdi. 19-asrda tansidiy realizmttt maydonga kelishi bilan X. shaxs bilan jamiyat urtasidagi oʻzaro munosabatning uzviy birligi sifatida uzilkesil shakllandi.
Download 20,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish