«badiiy nutqni tahlil qilish usullari»


Diplom ishi tarkibining qisqacha tavsifi



Download 308,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/60
Sana14.02.2022
Hajmi308,36 Kb.
#447588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
badiiy nutqni tahlil qilish usullari

Diplom ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
Ushbu diplom ishining umumiy 
tavsifi, kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
Ishning umumiy hajmi 69 sahifani tashkil qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I bob 
BADIIY NUTQ. UNING JANR VA SHAKLLARI 
1.1. Badiiy nutq va adabiyot so’z san’ati sifatida 
Badiiy nutq o’zi uchun turli xil nutqiy faoliyat shakllarini tanlaydi. Ko’plab 
asrlar mobaynida badiiy adabiyot tili notiqlik san’ati qonun-qoidalari orqali 
aniqlangan. Nutq (shu jumladan yozma nutq ham) aniq, puxta, taassurot 
uyg’otuvchi bo’lishi kerak bo’lgan; shundan xarakterli nutqiy usullar, ya’ni 
ko’psonli takrorlar, «bezaklar», hissiy bo’yoqdorlikka ega so’zlar, ritorik savollar 
va boshqalar kirib kelgan. Mualliflar gapga chechanlik borasida bellashganlar, 
stilistika esa qat’iy qoidalar asosida aniqlangan, badiiy asarlarning o’zi esa 
ko’pincha an’anaviy ma’nolar bilan to’ldirilgan (asosan O’rta asrlarda). Natijada 
XVII asrga kelib (klassitsizm davri) adabiyot ilmli kishilarning tor doirasi uchun 
yetarli darajada tushunarli bo’ladi. Shu sababli ham XVII asrdan boshlab Yevropa 
madaniyati murakkablikdan soddalikka qarab rivojlanadi. V.G.Belinskiy notiqlikni 
“hayotning soxta ideallashtirilishi” deb ataydi. Adabiyot tiliga so’zlashuv nutqi 
elementlari kirib kela boshlaydi. So’zlashuv nutqi, avvalombor, odamlarning 
shaxsiy hayotidagi muloqotlari bilan bog’liq, shu sababli u oddiy va aniq 
belgilashdan erkindir. XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va 
olimlar tomonidan o’ziga xos muallif bilan o’quvchining suhbati shakli sifatida 
tushuniladi. 
Filologlar til va nutqni ajratishadi. Til - bu davrlar mobaynida o’zgaruvchi 
so’z va grammatik prinsiplar asosida qurilgan birikmalar jamlanmasi. Nutq - 
ma’lum bir milliy tilda ifoda, fikr va hissiyot va harakatda tilning namayon 
bo’lishdir. Nutqning xususiyatlari uning maqsad va bildirgan mazmuniga bog’liq 
bo’ladi. Badiiy nutqning xususiyati shundan iboratki, u obrazli shaklning bir 
ko’rinishi sanaladi. Shu sababli unga san’atdagi barcha shakllarga xarakterli 
bo’lgan xususiyatlar xos: obrazlilik va ta’sirchanlik (hissiy bo’yoqdorlik). Alohida 
bir asarni tadbiq etishda adabiyotshunosning vazifasi - badiiy nutqning stilistik 
o’ziga xosligini o’rnatishdir.



Tilshunoslar badiiy nutq o’rganilishiga boshqa bir maqsad bilan qarashadi. 
Ular milliy badiiy til normalarining rivojlanishini aniqlashadi. Badiiy nutq 
o’rganilishiga bag’ishlangan ko’p sonli tadqiqot ishlariga diqqat qaratish uchun, 
o’quvchi, avvalombor, ana o’sha ikki umuman boshqa-boshqa qarashlarni ko’zda 
tutishi kerak bo’ladi. 
Asarda nutqning mazmuni ko’pincha badiiy shakllarning bevosita 
o’zlashtirilgan tomoni sifatida aniqlanadi, u estetik jihatdan tinglovchi va 
o’quvchiga ta’sir o’tkazadi. Adabiyotshunoslikda formalistik maktab mavjudki, 
ular badiiy nutqning aynan estetik o’ziga xosliklarini mutlaqlashtiradi va o’z 
diqqatini estetik taassurot uyg’otuvchi tovushli va konstruktiv xususiyatlariga 
qaratadi. Bunda o’sha xususiyatlarni izohlovchi ikki xatoli fikrlar to’qnashuviga 
duch kelamiz. Birinchidan, nutq xususiyatlari ular ifodalovchi mazmun chizig’ida 
qaraladi, o’shanda uning estetik xususiyatlari badiiy so’z ustasi ishida o’z-o’zini 
baholash va muhim ahamiyat kasb etib namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, badiiy nutq 
o’zining estetik yo’naltirishlari bilan umummilliy til normalariga qarshilantiriladi. 
Lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki, milliy tilning ichki qonun-qoidalariga 
tayanuvchi o’ziga xos she’riy til yaratishga bo’lgan barcha harakatlar 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki ma’nosizlikka olib keladi. Bunga misol qilib 
rus futuristlarining she’riy amaliyotini keltirishimiz mumkin. She’riyat tilining 
formalistik konsepsiyaga bo’lgan metodologik tanqidlarni G.N.Pospelov va 
L.I.Timofeyev darsliklarida uchratish mumkin. 
Bunda she’riy tilning formalistik konsepsiyasini chetlab o’tib, badiiy 
nutqning yuqori tashkillashtirilgani, estetik sifatini rad etishdan va qarama-qarshi 
yo’nalishdan qochish zarur bo’ladi. 
Badiiy nutq masalasi - adabiyot haqidagi muhim qirralaridan biridir, chunki 
unga badiiy ijod mahsulining o’ziga xos xususiyati, yozuvchining she’riy 
mahoratining xususiyatlari taaluqlidir. U anchadan beri tadqiqotchilar va 
yozuvchilarning ham diqqatini qaratib kelmoqda. Bu masalaga bag’ishlangan 
o’tgan asrning asosiy mehnatlari sifatida B.M.Tomashevskiyning “Til va adabiyot”, 
V.V.Vinogradovning “Badiiy adabiyot tili haqida”, L.I.Timofeyevning “Adabiyot 


10 
nazariyasi muammolari”, A.V.Chicherinning “G’oyalar va uslublar” asarlarini 
sanab o’tish mumkin.
Badiiy nutq - bu til vositalari yordamida badiiy asarda obrazli ma’no 
ifodalashdir. Tashqaridan qaraganda, badiiy nutq oddiy so’zlashuv nutqidan hech 
farq qilmaydi, lekin u birinchi navbatda estetik funksiya bajaradi. Badiiy nutq har 
bir ishlatilgan so’z va konstruksiyalar yordamida muallif maqsadini amalga 
oshiradi va asar ma’nosini ochib beradi. Til bir vaqtning o’zida ham tasvir vositasi, 
ham tasvir predmeti sifatida namayon bo’ladi. Chunki muallif, bir tomondan 
voqea-hodisalarni, odamlarni va predmetlarni tasvirlashda ulardan foydalansa, 
boshqa bir tomondan esa o’quvchilar bilan qahramonlar nutqining lisoniy o’ziga 
xosliklari ustida bosh qotiradi. 
Badiiy nutqning eng yorqin xususiyatlaridan biri - bu asar personajlarining 
o’ziga xosliklarini (nutqiy xarakteristikasini) til vositalari yordamida yetkazib 
berishdir. Masalan, N.V.Gogolning “O’lik jonlar” asarida, zamindor Manilov 
nutqining xarakterli xususiyatlari sifatida bo’rttirib yuborilgan xushmuomalaligi, 
kichraytirish suffukslaridan foydalanishi sanaladi. Uning qiyofasining ko’rinishi, 
harakatlari, u istiqomat qiluvchi joy, uning xaraketristikasining badiiy nutq orqali 
tasvirlanishi o’quvchiga obrazni tushunib yetishishiga yordam beradi. Badiiy nutq 
vositalari nafaqat personajlarga bo’lgan xarakteristika va muallifning fikrini, balki 
asarda ifodalangan har qanday predmet yoki voqealarni yetkazib berishi mumkin. 
Yana bir boshqa badiiy nutqning asosiy funksiyasi - bu muallif nutqidan qahramon 
nutqining ajratilishidir. Bunda muallif bir chetda turib, so’zni qandaydir bir 
personajga beradi. Odatda badiiy nutq hikoyada yorqin xususiyatlarga ega 
(umumxalq, sheva so’zlari va b.) va bamisoli muallif bir tomondan hikoyanavisga 
qarab turgan o’quvchini bir-biriga bog’laydi. Bunga yaqqol misol sifatida 
M.M.Zoshenkoning hikoyasini keltirishimiz mumkin. Unda asosiy hikoyachi – 
“Halol fuqaro” (militsiyaga xat) hikoyasidagi ma’lumoti kam, oddiy ishchi yoki 
kichik xizmatchi sanaladi. Badiiy nutq, shuningdek, ifoda tarzining o’zgarishini 
aks ettiradi - so’zni personajlardan biriga berib, ichki monolog yaratadi; masalan, 


11 
F.M.Dostoyevskiy asarlarida “polifoniya”, ya’ni qahramonlar va muallif ovozlari 
badiiy nutq vositalari yordamida yaratiladi 
Badiiy nutqda so’z (uning qahramon yoki muallifga taaluqligidan qat’iy 
nazar) alohida ma’no-mazmun kasb etadi va “ma’noning oshib ketishi” sodir 
bo’ladi (V.V.Vinogradov), ya’ni matnda oddiy ma’no qo’shimcha mazmun 
og’irligini qabul qiladi. Bunday mazmun turli xil faktorlarga bog’liq holda 
ta’kidlanadi - bular asar kompozitsiyasi va uning obrazli sistemasi. Masalan, 
A.P.Chexovning «Ionich» asarida har bir bobning so’nggisidagi jumlalar alohida 
og’irlik kasb etadi. (Shuncha harakatlar, va lekin! Eh, semirish kerakmas edi!)
Badiiy nutq turli xildagi badiiy vositalardan foydalanadi: metaforalar, kinoya, 
so’z o’yini (tajnis), inversiya, boshqa matnlarga allyuziya va boshqalar. Bu 
vositalarning har biri faqatgina butun matn fonida to’liq ochilishni qabul qiladi.
Badiiy asarlarning bu yo’nalishi ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar 
tomonidan tadqiq etiladi. Badiiy nutq tilshunoslari, avvalombor, maxsus vositalar 
va normalar xarakterli bo’lgan tilni qo’llash shakllaridan biri sifatida qiziqtiradi.
Bunda tayanch tushunchasi sifatida «badiiy adabiyot tili» (yoki tushunarliroq qilib 
aytganda “she’riyat tili”) turadi, tilning bu tartib-qoidalarini o’rganuvchi tushuncha 
esa “lingvistik she’riyat” deb nom oladi. [39; 89-bet] Adabiyotshunoslik katta 
darajada mazmundor shakllardan biri sifatida tushuniladigan “badiiy nutq” so’z 
birikmasiga tayanadi. 
Adabiyotshunoslik qonun-qoidasida, badiiy nutqdan tarkib topgan predmetni 
stilistika (bu atama avvalo tilshunoslikda ildiz otgan) deb atash qabul qilingan. 
Stilistika - boy va yetarli darajada qat’iy atamalariga ega bo’lgan adabiyotdagi
qayta ishlangan fan sohasi. Badiiy nutq nazariyasiga bo’lgan ilk qarashlar 
formalizm maktabiga qarashli (V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.M.Eyhenbaum, 
G.O.Vinokur, V.M.Jirmunskiy) bo’lib, uning ochilishi bilan keyingi 
adabiyotshunoslikda jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bu sohada V.V.Vinogradovning qilgan 
tadqiqot ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, u badiiy nutq, nafaqat uning 
adabiyot normalariga javob bo’ladigan til bilan, balki umumxalq tili bilan bo’lgan 
o’zaro munosabatini o’rganib chiqdi. [44; 4-bet] 


12 
Stilistika (Uslubshunoslik) tushunchalari va atamalari bir qator o’quv 
qo’llanmalari uchun predmet vazifasini o’taydi. Ular qatorasida birinchilikda 
haligacha o’zining ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan B.V.Tomashevskiyning 
kitoblarini kiritish mumkin. [43; 77-bet]
Badiiy nutq - kitobiy nutqning funksional turlaridan biridir. Bunda u 
ratsional bilimlar orqali emas, balki uning obrazlari va uning hissiy o’zi yaratgan 
adabiy qahramon kechinmalari bilan yashashi orqali dunyoni bilishga xizmat 
qiladi; bunda alohida o’rinni muallifning dunyoga qarashi muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Badiiy muloqotning asosiy maqsadi (nima uchun gapiryapmiz?) - bu estetik 
ma’no kasb etish; badiiy nutq kishining amaliy faoliyati bilan bevosita 
bog’lanmagan, ko’rsatmali xarakterga ega; badiiy muloqot jarayonida axborotning 
oddiy tarzda berilishi maqsad emas, ko’pincha vosita sifatida yuzaga keladi; badiiy 
matn bahosi shundan iboratki, u bizga tasavvurimizda o’ynash va umumiy 
xususiyatlarni gavdalantirgan personajlar taqdirini boshdan kechirish imkoniyatini 
beradi. 
Badiiy muloqotning ishtirokchilari (kim gapiryapti?) - bular, bir tomondan 
badiiy asarni yaratadigan muallif, aniq bir inson, va noaniq sondagi ko’plab 
o’quvchilar (noldan cheksizlikkacha) sanaladi. Axborot jo’natuvchi va qabul 
qiluvchi o’rtasidagi munosabat turli xil badiiy matnlarda o’zgaradi, farqlanadi (bir-
biri bilan munosabatga kirishishga intilishdan tortib, bir-birini to’liq rad 
etishgacha). “She’rlar - doim iqror bo’lish demakdir. Shoir avvalo yaratadi, so’ngra 
esa o’zi uchun o’zining o’y-fikr va hayajonlarini aniqlab oladi” (B.Ya.Bryusov). 
Hattoki, yozuvchi o’quvchiga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan paytda ham, bu ta’sir 
bevosita ko’rsatkichlar va chaqiriqlar bilan emas, balki o’quvchi qanday bo’lsa 
ham qahramon va muallif shaxsiyati bilan o’zini bog’laydigan, birgalikda 
qayg’uradigan shart-sharoit yaratish bilan amalga oshadi. 
Nutq predmeti (nima haqida gapiryapmiz?) tematik jihatdan cheksiz, lekin 
badiiy matnda qanday bo’lsa ham inson haqida gapiriladi (hattoki hayvonlar, jonsiz 
predmetlar, fantastik personajlar haqida hikoya qilinganda ham), asosiy tasvir 


13 
obyekti - inson, uning taqdiri, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabat, shu sababli 
ham aytish mumkinki, badiiy adabiyot insonni inson bo’lishga o’rgatadi, unga 
axloq, muomala darslarini beradi. 
Aytish mumkinki, badiiy nutq til vositalarini tanlash va ulardan 
foydalanishda to’liq erkinlikka ega. Birinchi galdagi ma’no ijodiy shaxsiyatning 
individual til ma’zasiga ega. Badiiy matnning alohida xususiyati – “ma’noli shakl”: 
oddiy tilning til vositalari badiiy butunlik, obrazli va emotsional voqelik yaratishda 
ishlatiladi. 
Badiiy nutqda aniq mazmunga ega bo’lgan so’zlar faol tarzda ishlatiladi; 
mavhum leksika konkretlashtiriladi. Ko’chma ma’noning turli xillari keng 
miqyosda ishlatiladi, lekin obrazli muhitda, nafaqat, ma’no ko’chishiga asoslangan 
leksik birliklar gavdalanadi, balki har qanday neytral so’zlar alohida kontekst 
tashkil etilishi yordamida yagona estetik butunlikga ergashadi va natijada obrazli 
ma’noga - yangi, badiiy jihatdan to’g’ri mazmunga erishadi. Obraz yaratishda, 
shuningdek u yoki bu grammatik shakllarning yoki konstruksiyalarning turli xil 
ma’noli bo’yoqlar (masalan, fe’lli ko’rinishda, ko’rinish va zamonda, bir tarkibli 
yoki tugallanmagan gaplar) ishtirok etadi.
Badiiy adabiyotning xususiyatlaridan biri - bu badiiy-obrazli, nutqiy 
konkretlashtirish. M.N.Kojinoy fikricha, bu badiiy nutqning eng umumiy uslubiy 
xossasi sanaladi. 
Badiiy asar tarkibida so’zlar hamda iboralar sehrli va maftunkor 
raqqosalarga o’xshaydi, degan edi mashhur rus yozuvchisi M.Prishvin. 
Badiiy adabiyotda so’z va gaplar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos 
libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi 
narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir. 
Badiiy nutq faqat ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn 
bo’lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir.
Badiiy nutq muallif nutqi, personajlar nutqi va hikoyachi bayonidan iborat 
matndir. Muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq 


14 
uslubiyatining markaziy muammolaridan biridir. Har qanday adabiy asarning 
badiiy yuksakligi, birinchi galda, nutq qurilishida namoyon bo’ladi.
Badiiy nutq masalasini tilshunoslikning muhim bir sohalaridan bir bo’lgan - 
stilistika o’rganadi. Tilshunoslar uchun badiiy nutq - bu badiiy tilning kitobiy-
yozma turning funksional turlaridan biri, shu xolos. Va, shu sababli ham ular 
yozuvchilarning birinchi galda badiiy nutqining estetik funksiyasini emas, balki til 
xususiyatlarini tadqiq etishadi. Adabiyotshunoslar badiiy nutqning estetik 
ma’nosini o’rganishadi. 
Badiiy nutqning holati shu kungacha noma’lum, ko’plab bahslarga sabab 
bo’lgan. Chunki shunday fikr borki, ya’ni bu badiiy nutq umuman olganda 
bevosita barcha milliy tillarga bog’lanadi va ularning funksional uslubi sanalmaydi. 
V.V. Vinogradov yozishicha, badiiy asar - bu so’zlar birlashuvining o’ziga xos turi 
sanalib, unda har xil nutq turlari - faqatgina badiiy nutq emas, balki so’zlashuv, 
publisistik va boshqa nutq turlarini ham ajratib olsa bo’ladi. 
Shuningdek, badiiy nutq faqatgina badiiy adabiyotning bir sohasi sanaladimi, 
yoki har bir qobiliyatli hikoyanavis va roman va dostonlar yaratmaydigan notiq 
ham egalik qiladimi - shu masalada tilshunoslar va adabiyotshunoslar 
bahslashishadi. 
Tilshunoslik atamalaridan foydalanib, shuni aytish mumkinki, nutqning 
maxsus, ommaviy, so’zlashuv turlari ularning, avvalo, axborot uzatish funksiyasini 
bajarganliklari va kishining amaliy vazifalarini bajarishi sababli amaliy deb 
nomlanishi mumkin. Nutqning badiiy-tasviriy turi va uning ko’rinishlaridan biri 
bo’lgan yozma badiiy nutq bunday funksional fonda informativ nuqtai nazardan 
emas, balki estetik sifati jihatidan farq qiladi. 
Badiiy nutq “axborot berish” bilan shug’ullanmaydi, balki “imo-ishoralar” 
ko’rinishlari izchilligini yaratadi. Uning o’zi harakatga, “borliq”ga aylanadi. 
Badiiy nutqni ba’zan she’riyat tili deb atashadi, ular tez-tez ma’naviy 
madaniyatning tili rolida paydo bo’lib turadi. Shunday badiiy asarlar borki, unda 
nutq hayot va doimiylik orqasida ruhlanadi. She’riyat, keltirib o’tganimizdek, - 
qadimiy xudolar tili. She’riyat tilida xabarni uzatishda qanchalik aniqligi emas, 


15 
balki qancha estetik va emotsional tasavvur uyg’onishi muhim sanaladi. Kishi 
so’zlar tanlashga va ularni joylashuviga alohida e’tibor qaratadi. 
Badiiy nutq - bu ifodaga qaratilgan nutq sanalib, bunda so’zlovchi uchun 
axborotni uzatishgina emas, balki uzatish usullariga diqqatni qaratish ham muhim. 
Ma’nogina emas, balki uning timsolidagi shakl - nutqning o’zi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Badiiy nutqda til faqatgina nolisoniy voqelikni ask ettirish 
vositasi sifatida emas, balki predmet tasviri sifatida ham yuzaga chiqadi. Badiiy 
asarlarda o’ziga xos madaniy ifodalar kuzatiladi, chunki muallif til vositalari bilan 
badiiy obraz yaratishga harakat qiladi. Shu sababli badiiy tildan farqli o’laroq 
badiiy nutqda alohida o’ziga xos ijodiy funksiya borki, u orqali yozuvchi o’zining 
fantaziyasini yaratadi va harakatga keltiradi. Qadim zamonlarda badiiy nutqqa 
madaniyat xodimlari murojaat qilishgani tasadduf ham emas. 
V.Kojinovaning fikricha, badiiy nutq uchun bir qator belgilar xarakterlidir: 
obrazlilik, hissiyotlilik, individuallik, hajmlilik va qayta ishlanganlik. 
Badiiy nutq nimadan iborat? Avvalambor, u ko’chma ma’nodagi so’zdan 
iborat. Lekin obrazli ma’noda faqatgina shu so’zlar emas, balki har qanday neytral 
so’zlar kontekst ma’noda obrazli va yangi ma’no kasb etishi mumkin. Obraz 
yaratishda, shuningdek, u yoki bu grammatik shakl va konstruksiyalarning turli xil 
ma’noli bo’yoqlari qatnashishi mumkin. Badiiy nutq - hajmli bir tushuncha bo’lib, 
unga she’r va she’riyat turkumlari, obrazli so’zlar (metafora, istiora va b.), stilistik 
figuralar, turli doirada qo’llanuvchi so’zlar va ko’plab boshqalar taaluqlidir. Unda 
normaga solingan tarkibiy qismlar bilan bir qatorda, leksika, morfologiya, 
grammatika normalarini buzadigan vositalar ham bor. 
Uni ko’pincha so’z san’ati, badiiy asarlar bilan bog’lab, she’riy til deb 
atashadi. Haqiqatan ham, badiiy obrazlar yaratish badiiy nutqning muhim vazifasi 
sanaladi, shu sababli ham unda ko’pincha ekspressiv va hissiy bo’yoqdorlikka ega 
nutq birliklari ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida badiiy nutq uchun oddiylik, tabiiylik, 
yaratuvchi eng oddiy, barcha foydalanadigan so’zlardan keng foydalanishi 
xaraketerlidir; va bu orqali esa eng jonli sur’atlarini chizadi. Lekin aynan 
yozuvchilarning aniq-ravshan obrazlilikka bo’lgan intilishi nutqiy trafaret (andoza) 


16 
lardan qochishga, fikrlarni yangi, tilning ifodali qiyofasini yaratishga, oddiy 
so’zlarni noodatiy tartibda ishlatishga undaydi. Eng tabiiy va oddiy badiiy nutq 
alohida so’zlar, nutq oborotlarining qat’iy izlanishining natijasi desak bo’ladi. 
Andrey Beliy aytganidek, badiiy nutqning “bosh maqsadi” shundan iboratki, 
unda tovushlar, bo’yoqlar, obraz, syujet, syujet g’oyalari, to’liq ichki sabablarga 
ko’ra bir-biriga jipslashib boradi. Natijada esa hech bir hodisada tasavvur qilib 
bo’lmaydigan hajmdagi axborotni o’z ichiga olgan mazmun yaratiladi. O’tgan 
asrning boshlarida O.E.Mandelshtam aytganidek, “san’at asarining oddiy 
ko’rinishi kamdan-kam holatlarda undagi o’ta katta siqishtirilgan reallikga nisbatan 
bizni aldaydi”. 
Badiiy nutq sharofati bilan, so’z san’ati obrazlari orqali dunyoni taniydi va 
ularni hissiy qabul qiladi. Badiiy nutq an’analar va novatorlikning o’zaro 
bog’lanishi va ta’siri sharoitida rivojlanadi. Asrlar mobaynida ular ko’plab stilistik 
figuralar va obrazli so’zlarni saqlab keladi. Biroq, folklor doimiy sifatlashlar va 
boshqa usullarni yaratgan bo’lsa, unda adabiyot tadrijiy rivojlanishi alohida 
an’anaviy badiiy nutq vositalari strukturasi va funksiyasida individual-yangi rolida 
ko’payishi bilan bog’lanadi. 
Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilishida rus va xorijiy olimlar, 
shu jumladan, A.A.Potebnya, A.N.Veselovskiy, B.M. Eyxenbaum, 
B.V.Tomashevskiy, Yu.N.Tinyanov, B.I.Yarxo, V.V.Vinogradov, V.M.Jirmunskiy, 
G.O.Vinokur, M.M.Baxtin, R.O.Yakobson kabilar o’z hissalarini qo’shishgan. 

Download 308,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish