29
deb tan olsak hamki, baribir nima sababdan shunday “chiroyli”
ekanligi noaniq
bo’lib turadi.
Ikkinchi muammo
shundan iboratki, tabiiy nutqning
ifoda vositalarini
haqiqiy badiiy nutqnikidan ajratib qo’yish qiyin masala. Badiiy nutq muammolari
bo’yicha ancha obro’li mutaxassis V.P.Grigoryev, ensiklopedik
maqolasida bu
haqida to’xtalib o’tgan: “U yoki bu bosqichdagi ijodiy xarakter har qanday “tirik”
nutqni ajratib ko’rsatadi, uning badiiy nutq bilan zid qo’yilishi badiiy asarlarda
faqatgina tilning mazmundor qo’llanishi, chuqur funksiyasi planida yuzaga keladi.
Badiiy nutq uchun uzluksiz ravishda qo’llanuvchi tilning estetik (poetik) funksiyasi
xosdir. U muallif fikrining timsoli vazifalariga qaram va boshqa nutq
ko’rinishlarida u to’satdan kamdan-kam holatlarda paydo bo’ladi. Bu
shunday
minimal matnlarda, masalan, badiiy nutqni farqlaydi, va ularga maqollar, tez
aytishlar, topishmoq kabilar kiradi. Oddiy aloqada ularning tasvirlanadigan
hodisalari, shunungdek, alohida aforizmlar obrazliligi, ba’zi-bir “qanotli so’zlar”,
“bonmo” (o’tkir iboralar) va boshqa so’z o’yinlarini farqlaydi. Lekin, aniq qilib
badiiy nutqni chegaralaydi va, masalan, gapga chechanlik notiqlik san’atida
mavjud bo’lishi dargumon.” [26; 322-323-betlar]
Qisqacha qilib aytganda, muammo shundan iboratki, oddiy tilimizda
badiiylik elementlari ko’proq yoki kamroq tasadduf bilan yuzaga keladi va
yo’naltirilgan xarakterni tashib yurmaydi. She’riy nutqda esa oddiy til
yo’naltirilgan va doimiy shakliga o’zgaradi. Shunday bo’lsa ham deformatsiya
usuli bir-biriga mos bo’lishi mumkin.
Uchinchi muammo
- adabiyot foydalanadigan ko’plab usullarning ishlash
mexanizmi unchalik tushunarli emas. Masalan, nima uchun
bir necha bor
takrorlangan so’z yoki ibora bir marta aytgandagidan ko’ra kuchliroq ta’sir qiladi?
Nima uchun omadli metafora mantiqiy benuqson tezisdan ko’ra o’quvchining aql
va yuragiga yetib boradi? Bundan tashqari, benuqson mantiqiy qurilishlar
metafora
ichki qonuniyatlari bilan bahslasha olmaydi. Metaforalar nazariyasi bo’yicha
mashhur mutaxassis N.D.Arutyunova, shu munosabat bilan “Ivan Ivanovich
Perepenko (N.V.Gogolning mashhur qissasi) ni “erkak g’oz” deb atashganda uning
30
dvoryanligini ko’rsatish uchun behudaga metrikaga asoslangan, bundan tashqari
erkak g’ozni “metrik kitobda yozib bo’lmaydi, chunki erkak g’oz odam emas, balki
qush” ekanligini zukkolik bilan payqaydi. [21; 8-bet] Nima uchun aniq metaforaga
nisbatan bunday yordamga muhtoj xulosalar qilingan? Shu
masalada katta
hajmdagi adabiyot mavjud, lekin bu muammoning yechilishigacha hali ko’p vaqt
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: