Dizain tushunchasi
Dizain-ingizcha tilidan olingan bo’lib, chiroyli, shinam, yangi chiroyli loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizainer esa kuchli rassom konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog’liq. Baho berish funktsional, estetik, sotsial-nufuzli bo’lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug’ullanadigan kishi o’zining pirovard maqsadida chiroyli buyum yaratishga xarakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim.
Badiiy modellashtirishning mazmuni.
Buyumning tashqi formasi geometrik shakllar paralelepiped, prizma, tsilind, konussimon.
Nisbatlar-bu tushuncha kontrasli va farqi nisbatlar bir biri bilan mustahkam bog’liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarini, ranglarini) Hajmi fazoviy tuzilish(frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o’lchovga ega bo’lib, bu o’lchovlar nisbatini biz hamisha xis qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristikalarni uning asosiy o’lchovlariga bog’liq bo’ladi.
Material obekt qanday materildan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik forma go’zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yahlit qismlari proportsional va ritmik bo’lib, u odamga va atrofdagi bo’limlarga mos plastik bo’ladi., rangi ko’zni quvontiradi. Dizainda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi. Dizain nazariyasi xozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o’z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. Yaratilayotgan har qanday obekt ma’lum vazifani (funktsiyani) bajarishga qaratilgan. Obektning shakli, o’lchami uning funktsiyasiga shakl mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak.
Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo’lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo’lsa, u holda bunday tuzilishni faoviy tuzilish deyiladi.
Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi.
Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.
Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.
Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo‘ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma’naviy faoliyatining o‘zagi bo‘lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.
Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo‘lib, unga yordamchi omil vazifasini o‘taydi. Juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan.
Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo‘yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.
Eng yaxshi san’at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg‘usini uyg‘unlashtiradi, tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.
Estetik ong oddiy his-tuyg‘u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir.
Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o‘zini anglash darajasi bilan bog‘liq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o‘z-o‘zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.
Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya’ni san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning ixtisoslashgan ko‘rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san’atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san’at o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo‘lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko‘rinadi.
Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko‘proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko‘proq ortib boradi.
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi navbatda, obyektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin ko‘pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar.
Texnik estetika o‘zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo‘lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san’atning o‘zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko‘p samaralar berishi mumkin.
Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi. Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o‘rtasida umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. San’at, avvalo, ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.
San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda» xususiyati bo‘rtib turadi.
Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi.
San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’iy nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak.
Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo‘lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan narsalar «tizimi»ga anchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan mashina emas, balki o‘zining barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart.
Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo‘lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.
Dizayn – jismlar muhitini shakllantiruvchi loyihalash bo‘yicha badiiy-texnik sohalarda faoliyat yurituvchi fanlararo sohadir. Dizaynning asl mohiyati insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-to‘kisroq qondirishga qaratilgan jismlar dunyosini garmonik ravishda yaratishdir. Dizaynning eng muhim ikki komponentlari bu – funksionallik va estetiklik sifatidir.
Dizaynning klassik turlari:
Grafikaviy dizayn: Uning loyihalash obyekti quyidagicha: Shriftlar, piktogrammalar, firma stili, turli nishonlar va hokazolar. (Bular qog‘oz va boshqa tekislik yuzalarida ishlanadigan tur)
Ishlab chiqarish dizayni loyihalash obyekti: turli mashinalar, priborlar, jihozlar, mebel, idish buyumlari, kiyim. Umuman olganda obyemlar ustida ishlaydigan soha.
Arxitekturaviy dizayn. Uning loyihalash obyekti: Bino va inshootlar va ularning komplekslari. Interyer loyihasi. Arxitekturaviy dizayn asosan fazoviylik bilan bog‘lik soha.
Me’moriy muhit dizayni. Loyihalash obyekti quyidagicha: Inson istiqomat qiladigan muhitdagi murakkab dinamik tizim bo‘lib, jismiy – fazoviylikni optimal tashkillashtiradigan va turli muhitlarni obrazli yechimi ustida ishlaydigan soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |