Ilmiy rahbar: o’qituvchi _______________________
MUNDARIJA
MAVZU: BADIIY MODELLASHTIRISHNING MAZMUN VA MAQSADI
KIRISH…………………………………………………………………2
I BOB. BADIIY MODELLASHTIRISHNING MAZMUNI
Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati…………………………………………5
Dizayn va kompozitsiya uyg‘unligi tushunchalari………………..9
II BOB. LOYIHALASH MAZMUNI VA BOSQICHLARI.
2.1. Badiiy loyixalash jarayoni…………………………………….…..14
2.2. Loyihalash Bosqichlari……………………………………………18
XULOSA………………………………………………………………27
ADABIYOTLAR……………………………………………………..29
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamiz ta’lim tizimida xususan Oliy ta’lim tizimida izchillik bilan amalga oshirilaѐtgan islohotlar ta’limga bo’lgan munosabatlarni tubdan o’zgartirilishini taqozo etmoqda.O’zbekiston ta’lim tizimining jahon ta’lim tizimiga kirib borishi va integrasiyalashuvi, yangicha va ilg’or fikrlovchi mutaxassislarni tayѐrlashni talab qilmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasasida tahsil olgan bitiruvchilarning ta’lim jaraѐnida egallagan bilim, ko’nikma va malakalari zamon talablaridan ortda qolaѐtganligi ko’zga tashlanib qolmoqda. Hozirgi zamon mehnat bozori axborot asrida katta hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilib, tahlil qila olish, muammoli vaziyatlarda dadillik va ishonch bilan qarorlar qabul qila olish, o’zining hatti-harakatlariga mas’ullik bilan ѐndoshish kabi fazilatlarga ega bo’lgan mutaxassislarga ehtiѐj sezmoqda. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va haѐtiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiѐt yo’lidan boraѐtgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siѐsati darajasiga ko’tarildi. YOsh avlodning har tomonlama etuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo’lib etishishini ta’minlash yo’lida amalga oshirilaѐtgan ulkan bunѐdkorlik ishlarining eng asosiy bo’g’ini sifatida pedagog hodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo’yicha yuksak mahoratga ega bo’lishlarini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi. Hozirda o’qituvchilarning yuqori kasbiy tayѐrgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo’lishi, ta’limtarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jaraѐni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiѐtimizning asosi ekanligi ma’lum. 2017 yilning 22 dekabrь kuni Oliy majlis palatalari deputatlari va faollar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziѐev ―O’zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yaksak texnologiyalar borasida dunѐ miqѐsida raqobatbardosh bo’lishi kerak‖ deb ta’kidladi. Bo’lajak pedagog kadrlarni mazkur tizimga moslab tayѐrlash, ularni 4 yuksak g’oyaviylik, milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, zamonaviy o’quv jihozlarida ishlay olish malakalarini hosil qilish juda muhimdir. Ma’lumki, uzluksizlik va uzviylik ta’lim tizimda ortiqcha takroriylikka chek qo’yib, avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy - texnik taraqqiѐtini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jaraѐniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jaraѐnida har bir inson o’z kasbiy tayѐrgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Uzluksiz ta’lim chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayѐrlashning turli shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uzluksiz ta’lim sifatini turli komponentalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, muayyan usullar va uslublarning ta’lim jaraѐniga oqilona tatbiq etilishi ta’minlaydi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (ѐki o’quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o’quv faniga qiziq ishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarining talaba (ѐki o’quvchi)larni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Ta’limning bugungi vazifasi talaba (ѐki o’quvchi)larni kun sayin oshib boraѐtgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |