Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti
San’at fakulteti mehnat ta’limi yo`nalishi 401 guruh talabasi
Hamraliyeva (Dehqonova) Sadoqat Hasanboy qizining
“Badiiy modellashtirishning mazmun va maqsadi” mavzusida yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Keyingi paytda mamlakatimizda yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishlarida yangi pedagogik texnologiyalardan, innovatsion usullardan foydalanishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Buning boisi shu paytgacha eski an’anaviy o‘qitishda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan. Bugungi kunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Chunki bunda o‘qituvchi o‘z fanidan ta’lim va tarbiya berish jarayonida o‘quvchini rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga qulay imkoniyat va muhit yaratadi. Shuningdek, o‘qituvchi rahbarlik va yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Shu sababli mehnat va kasb ta’limida qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot turlarini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mazkur mavzularni o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlovchi muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham Texnologiya fani mashg’ulotlarini takomillashtirish, xususan, bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir. Shu tomondan olib qaraganda Hamraliyeva Sadoqat Hasanboy qizining yuqorida nomlangan kurs ishi ishi diqqatga sazovordir. Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar va 26 betdan iborat. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi va mohiyati ochib berilgan, o‘tkazilgan tadqiqot ishining maqsad va vazifalari, predmeti, ob’yekti va shu kabi boshqa jihatlari ko‘rsatilgan.
Kurs ishining 1-bobda “Badiiy modellashtirishning mazmuni” bo‘yicha umumiy ma’lumotlar berilgan. “Loyihalash mazmuni va bosqichlari” deb nomlangan 2-bobda O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi, ko’rgazmali qurollar va ulardan foydalanishberilgan. Bu esa mazkur bitiruv (loyiha) ishining amaliy ahamiyatini oshirgan.
Xulosa va tavsiyalarda kurs ishi davomida to‘plagan tajribalari asosida mavzuning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatishga harakat qilgan, uni yana qanday holatlarda qo‘llash va davom ettirish mumkinligiga e’tibor qaratgan. Umuman olganda Hamraliyeva Sadoqat Hasanboy qizining “Badiiy modellashtirishning mazmun va maqsadi” mavzusida yozgan kurs ishi Nizom talablari asosida bajarilgan. Ishni himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |