Mundarija
1
|
Kirish
|
4
|
2
|
Mahalliy xom ashyolar haqida umumiy ma`lumotlar
|
5
|
3
|
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan bolalar sport kiyim turlari.
|
6
|
4
|
Marketing tadqiqotlari tahlili asosida bolalar sport kiyimi zamonaviy model na’munalarini ishlab chiqish
|
8
|
5
|
Trikotaj matolaridan sport kiyimlari loyihalashda matolarning tarkibini va fizik – mexanik xususiyatlarini o‘rganish
|
14
|
6
|
Bolalar sport kiyimlarini badiiy loyihalashda kompyuter texnologiyalarining o’rni va ahamiyati.
|
18
|
7
|
Zamonaviy bolalar sport kiyimlarining konstruktsiya va texnologik hujjatlarini ishlab chiqish.
|
24
|
8
|
Xulosa
|
32
|
9
|
Qo’llangan adabiyotlar va manbaalar
|
33
|
KIRISH
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017 yil 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o‘tkazildi. Shuningdek mamlakatimiz prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori asosida mamlakatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda bolalar sportini rivojlantirishda zamonaviy sport kiyimlarini loyihalashtirish, mahalliy hom ashyolardan bolalar sport kiyimlarini sanoat korxonalarida ishlab chiqishni yo’lga qo’yish, bolalar sport kiyimlarini har tomonlama qulay, bejirim qilib tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
|
|
|
|
|
Bolalar sport kiyimini badiiy loyihalash.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’zg
|
Varoq
|
Хujjat №
|
Imzo
|
Sana
|
KIRISH
|
Adab.
|
Og’irligi
|
Маssh
|
Bajardi:
|
Soliev.D.A
|
|
|
|
|
|
|
|
Ilmiy rahbar:
|
Salohiddinova.M.N
|
|
|
Кaf . mudiri:
|
Erkinov.Z.E
|
|
|
|
|
|
|
Varoq
|
Varoqlar
|
|
|
|
|
“Dizayn” kefedrasi
|
NamMTI 2M-20 guruhi
|
Mahalliy xom ashyolar haqida umumiy ma`lumotlar.
Trikotajdan tayyorlangan kiyimlar salmog’i muntazam ravishda kundan kunga ortib bormoqda. Trikotaj buyumlarining xizmat vazifasining yuqoriligi va iqtisodiy tejamkorligi bilan uzviy bog’liq. Kimyoviy tolalar, ayniqsa, sintetik iplar ishlab chiqarishning muntazam o‘sib borishi, trikotaj ishlab chiqarish texnikasining tez rivojlanishi trikotaj sanoatining taraqqiyotiga katta yordam beradi.
Trikotaj ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari polotno, tayyor buyum va paypoq ishlab chiqarish uchun avtomatlashtirilgan uzluksiz liniyalar yaratishdan, uskunalarni yanada unumliroqlari bilan almashtirish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirishdan, organik eritgichlar qo‘llab polotnolarga uzluksiz ishlov berish, turli xildagi buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarni ixtisoslashtirib borishdan iborat.
Trikotaj sanoati O’zbekistonda 1930-1940-yillarda shakllandi. 1939-yilda O‘rta Osiyoda eng yirik hisoblangan Qo‘qon paypoq fabrikasi (1943-yildan kambinat) ishga tushirildi. 1945-yilda Toshkent tikuvchilik fabrikasi negizida trikotaj fabrikasi tashkil etildi. Unda 1960-yilda 4572 ming dona ichki va 1597 ming dona ustki trikotaj kiyimlari ishlab chiqarildi. Tarmoqdagi eng yirik korxona Toshkentda 1941-yilda ishga tushirilgan “Malika” trikotaj ishlab chiqarish birlashmasida erkaklar, ayollar va bolalarning 200 xildan ortiq ustki va ichki trikotaj kiyimlari ishlab chiqarildi. Trikotaj to‘qima matolari juda keng ko‘lamda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan: supreme, kashkorse, ribana, interlok, ikki iplik, uch iplik, chift pike, tek pike, petek pike, amerikan pike, full laycra va boshqalar. Mamlakatimizda yengil sanoat uchun xomashyo bazasi yaxshi rivojlangan. Bu korxonalarning jun, zig'ir, sun'iy iplar va tolalar, charm va mo'ynaga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondiradi. Bu iste'molchilarning turli toifalari uchun mos bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkon beradi.
Maxalliy xom-ashyo bazasini paxtachilik sanoati alohida axamiyatga ega. Paxta qayta ishlab chiqaruvchi korxonalarda paxtdan kalava ip, mato va tayyor mahsulotlar olinadi. Ipakchilik sanoati 3/4 fabrikalaridan iborat. Ular pilla o'rash, to'qish, yigirish, tugatish ishlariga ixtisoslashgan. Mato va iplar tabiiy, sun'iy tolalardan, shuningdek har xil turdagi iplarning aralashmalaridan tayyorlanishi mumkin. Yengil sanoatning tikuvchilik sanoati eng ko'p material talab qiladigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu erda xomashyo xarajatlari 80% gacha bo'lishi mumkin.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan bolalar sport kiyim turlari.
Sport kiyimi sportchi tanasini turli xil shikaslardan himoya qilishi hamda yuqori natijalarga erishishni ta’minlashi asosiy vazida hisoblanadi.
Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab chiqarish ta’sirlaridan muhofaza qilishi zarur. Har bir sinfga oid kiyimlar vazifasiga ko‘ra kichik sinflarga, xillarga va guruhlarga bo‘linadi. Sport uchun mo‘ljallangan kiyimlar sport turlari bo‘yicha turkumlanadi: futbol, voleybol, tennis, chang’i, xokkey, gimnastika va hokazo.
Sport kiyimlari assortimenti
1.1-jadval
Sport kiyimlari
|
Ustki kiyimlar
|
Yelka kiyimlari gurpasi
|
Ot sporti uchun pidjak(frag), jilet, figurali uchish uchun
|
Bel kiyimlari gurpasi
|
Suv sporti uchun shim, chang’i sporti uchun shuim, golf sporti uchun shim, ot sporti uchun bridja shim
|
Маxsus kiyimlar guruhi
|
Figurali uchish uchun kombenozn, suv osti suzish uchun gidrokastyum
|
Yengil kiyimlar
|
Yelka kiyimlari guruhi
|
Bulyuzka, sarafan xalatlar, tennis uchun ko‘ylak, banminton
|
Bel kiyimlari guruhi
|
Tennis uchun yubka, badminton, теннис учун, shortik
|
Маxsus kiyimlar guruhi
|
Figurali uchish uchun ko‘ylak, kurash uchun kimono
|
Ichki kiyimlar
|
Маtodan
|
Yelka kiyimlari guruhi
|
Tennis uchun ko‘ylak, sarochka, futbol uchun futbolkalar
|
Bel kiyimlari guruhi
|
Sport turlari uchun shortiklar
|
Trikotajdan
|
Yelka kiyimlari guruhi
|
Maykalar, ko‘ylakalar, fudbolchilar uchun,fudbolkalar
|
Bel kiyimlari guruhi
|
Sport trikosi, shortiklar
|
Sport kiyimlari assortimentlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |