Badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o’y-mulohazalar bizgacha qanday yetib kelgan?



Download 19,29 Kb.
Sana31.08.2021
Hajmi19,29 Kb.
#161185
Bog'liq
Adabiyot nazariyasi 2.


Savol va topshiriqlar:

  1. Badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o’y-mulohazalar bizgacha qanday yetib kelgan?

  2. Adabiyot haqidagi mustaqil, yaxlit ta’limotni dastlab boshlab bergan olim kim?

  3. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” (“Qalblarning sevgani”) asarida adabiyotshunoslikka oid qarashlar haqida nimalarni bilasiz?

  4. Nazariyotchi olimlardan Abu Abdulloh Xorazmiyning arab tilida yozilgan qomusiy xususiyatli “Mafotih ul-ulum” ( “Fanlarninng kalitlari”) asarida adabiyot ilmiga oid qarashlar.

  5. Aristotel va Forobiyning adayot haqidagi qarashlarining mushtarak jihatlari nimalarda ko’rinadi?

  6. Italiya va Fransiyada adabiy-nazariy qarashlar haqida gapiring.

  7. XIX asr rus revolyusion-demokratlari va materialistik adabiyotshunoslikning yuzaga kelishi.

zAdabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etishda, shoirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot berishda tazkiraning o’rni qanday?

9. Ibn Sinoning “Poetika”ga oid sharhi qanday deb nomlagan va unda aytilgan muhim fikrlardan qaysilarini bilasiz?

10. Sharq mumtoz adabiyotida she’riyat (adabiyot) qonun-qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar ham yaratilgan. Shular haqida gapiring.

Javoblar:

1. Adabiyotning o’zini anglash ehtiyoji uning o’ziga egiz tug’ilgan, desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o’y-mulohazalar bizgacha yetib kelgan eng ko`hna yozma manbalarda ham uchraydi. Shuni ham qayd etish lozimki, ko`hna yozma manbalar orasida ilmiy muomalada kengroq ommalashgani va chuqurroq o’rganilgani qadimgi yunon-rim yozma yodgorliklaridir. Shu bois ham qadimiyat haqida so’z ketganda ko’proq shu manbalarga tayaniladi. Holbuki, qadim Shumer yoki Misr, Xitoy yoki Hind madaniyati ahamiyati jihatidan aslo kam emas, biroq yuqoridagi sabablarga ko’ra ularni istifoda etish hozircha qiyinroq. Masalaning yana bir jihatini ham e’tiborda tutmoq zarur: aslida, agar folklorning yozma adabiyotdan qadimiyligini e’tiborga olsak, adabiyot haqidagi qarashlarning ildizlari xalq og’zaki ijodidan suv ichishi tayin. Biroq bu haqiqatni e’tirof etgan holda, xalq ogzaki ijodi namunalarining yozuvda muhrlanishi keyingi davrlarda amalga oshgani, bunga qadar ularning qadimiy matni saqlanmaganini hisobga olib, yana yozma manbalarga qaytishga majbur bo’lamiz.

2. Adabiyot haqidagi mustaqil, yaxlit ta’limotni dastlab boshlab bergan olim Aristotel hisoblanadi. 366-322-yillar orasida yozilgan “Poetika” yoki “Poeziya san’ati haqida” asarida va boshqa asarlarida adabiyotning real voqealarni aks ettirishni uning bosh materiali inson ekanligi, adabiyot tarbiya quroli ekanligini birinchi bo’lib ko’rsatdi. “Badiiy adabiyot” va oratorlik (notiqlik) san’ati haqida nazariy ta’lim yaratdi. Aristotelning bu asarida lirik janrning xususiyatlari, epos, tragediya, komediya kabi janrlar haqida o’z fikrini bildirgan. Uning bu haqdagi fikrlari hozirgi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. U o’z zamonida keng tarqalgan zararli va asossiz nuqtayi nazarlarni rad etib, adabiy ijodning kishilarga katta foydasi yetishi mumkinligini isbot qiladi; san’atkorning original asarlar yaratish huquqini yoqlaydi; san’at nazariyasi zamonasining konkret badiiy mahsuloti asosida maydonga keltirilishi lozimligini ko’rsatadi.

3. A.Navoiy o’z “Xamsa”siga kirgan dostonlarining deyarli har birida maxsus “So’z ta’rifida” bob ochib, adabiyotga juda katta baho beradi. Uning badiiy asarlarining turli joylarida, adabiyot, shoir va kotibning jamiyatning ma’naviy hayotida tutgan roli haqida yuqori baholar uchraydi. Navoiy “Mahbub ul-qulub” (“Qalblarning sevgani”) asarida shoirlarga maxsus bob bag’ishlab, Sharq poeziyasining bir qancha buyuk vakillari F.Attor, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Xofiz, Xoqoniy, Xoji Kamol, Jomiy kabilar ijodini ibrat namunasi tarzida e’zozlaydi. U adabiyotda mazmunsizlikka, fikriy sayozlikka, asosiz g’ururga qarshi chiqadi.

4. Nazariyotchi olimlardan yana biri Abu Abdulloh Xorazmiy edi. ( Xasr) . U arab tilida yozilgan qomusiy xususiyatli “Mafotih ul-ulum” ( “Fanlarninng kalitlari”) degan asarida adabiyot ilmiga ham alohida o’rin ajratgan. Bunda aruz, qofiya ilmi, ilmi badi’ (badiiy vositalar-she’r san’atlari) to’g’risida to’xtab o’tgan.Abu Abdulloh Xorazmiy yakka va birlashgan zihoflarni keltirgan. Uningcha, aruzning tavil, rajaz, mutaqorib bahrlari arab aruzida ko’p qo’llanilgan. Uning shohidligiga ko’ra, arab bahrlari (o’sha davrgacha) vazn jihatidan yaxshi rivojlana olmagan. Bu jihatdan eng ko’p o’sgani to’qqiz vaznlikdir.Abu Abdullohning bu asari o’zbek qofiyasi turlari va ularning unsurlari o’tmishda birinchi marta ko’rsatib berilgan yagona manbadir. Unda 44ta she’r san’atlari ham dalilllangan.

5. Aristotel miloddan avvalgi 384-322 –yillarda “Poetika” asarini yozadi. Bu jahonda ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISHga bag’ishlab yozilgan birinchi kitob edi. Aristotel hali adabiyot yoki badiiy adabiyot atamasi kelib chiqmagan bir davrda adabiyotni “poeziya” deb ataydi va u hayotning o’xshashini yaratadi, deb bilgan. Forobiy va Abu Ali ibn Sino Aristotelning “Poetika” asariga sharh yozdilar. Sharhda uch narsaga e’tibor qaratilgan, biri shuki, mazkur asar o’z sohasida kashfiyot, yangilik bo’la oladimi? Ikkinchisi shuki, bu asarning yutuqlari, yaxshi tomonlari nimalardan iborat? Uchinchisi, uning qanday kamchiliklari bor? Forobiy “Poetika” to’g’risida ikkita sharh yozgan, biri “She’r san’ati”, deb ataladi. Sharhda Forobiyning aytishicha, Aritotel poeziyaning so’z va timsol orqali ish ko’rishini to’g’ri tushungan. Chunki u qadimgi yunon adabiyotining Gomer, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi yirik shoir va dramaturglar asarlariga suyanadi. O’xshashini yaratish, timsolini hosil etish tashbeh orqali amalga oshiriladi. She’rda vazn va ritm bo’ladi, bu esa bo’laklarning bir-biriga teng bo’lishidan kelib chiqadi. Aristotel bu bilan shoirning hayotga munosabatini ko’rsatadi. Forobiyning “Poetika”ga doir bo’lgan ikkinchi sharhi “Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida” deb ataladi. Ulug’ olim bunda shoirlar, she’rlar, janrlar va ularning turlari haqida so’zlaydi. Shoirlarning haqiqiysi tug’ma bo’ladi, qobiliyatli shoirlar ham bo’lib, ular mehnat va harakat orqali ko’p narsalarga erishadi. Uchinchi xil shoirlar esa taqlidchidir. She’rlarning birinchisi yomon illatlardan saqlaydi, aqlni to’ldiradi. She’rlarning ikkinchi xili ruhiy sezgilarni o’stiradi, g’azablanishidan asraydi. Uchinchi xil she’r kishini zaiflikdan saqlaydi, nafsi va hirsini jilovlaydi. Aristotel difirambi, yombi, eyniy, diagramma, madhiya va satira kabi “she’r navlari”ni izohlagan. Forobiy shu munosabat bilan madhiya va lug’z ( topishmoq) ni eslagan, aruzni tilga olgan, sabab, vatad juzvlarini ta’kidlab o’tgan. U “Hikmatlarning ma’nolari” risolasida “obraz” atamasini ham keltirgan.

6. G’arbda Uyg’onish adabiyotshunosligiga Italiya gumanistlari Franchesko Petrarka, Jovani Bokkacho (XV) asos soldilar. Ular qatorida Aligyeri Dante, Erazm Rotterdamskiy kabi ijodkorlar badiiy adabiyotni real hayotni o’rganish bilan bog’liqlikda olib borishga intildilar. XVII asrga kelib klassisizm qoidalari ishlana boshlandi. Fransuz adibi Nikola Bualo “Poeziya san’ati” (1674) nomli asarida klassisizmning makon, zamon va harakat birligi nazariyasiga asos soldi; tabiat go’zalligidan ilhomlanib, aql-u idrok va yuksak ahloqqa mos keluvchi asarlar yaratish tamoyillarini ilgari surdi. Fransuz Deni Didro (“Dramatik poeziya haqida”), nemis Gotxold Lessing (“Loakoon yoki tasviriy san’at bilan poeziya chegaralari haqida”)lar realistik dramaturgiya tamoyillarini yaratadilar; voqealar mohiyatini chuqur yoritgan holda realistik tasvirlash qoidasini ilgari surdilar. XVIII asrda G’arbda ma’rifatchilik g’oyalari keng tarqaldi. Nemis yozuvchilari I.Gyote, F.Shiller, adabiyotshunos I.Gerderlar adabiyotga hayotni o’zgartiruvchi, tushuntiruvchi vositalardan biri deb qaradilar; adabiyotni xalq ruhining in’ikosi tarzida baholadilar. XIX asrning boshlarida nemis faylasufi G.F.Gegel “Estetikadan leksiyalar”ida Adabiyotshunoslik nazariyasining muhim masalarini chuqur yoritdi, “Adabiyot obrazlar orqali fikrlash” san’ati ekanligini ishonchli asosladi.

7. XIX asr rus revolyusion-demokratlari materialistik adabiyotshunoslikning yuzaga kelishiga katta hissa qo’shdilar. V.G.Belinskiy (1811-1848), A.G.Chernishevskiy (1828-1889), N.A.Dobrolyubov (1836-1861)larning adabiyotning yuksak g’oyaviyligi, xalqchilligi, obrazliligi, estetik xarakteri, yaxlitligi, badiiyligi, badiiy asar pafosi kabi ta’limotlarini asosladilar. Ayniqsa, bu sohada V.Belinskiyning “Aleksandr Pushkin asarlari”, “Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi”, “Gogolga xat”, N.Chernishevskiyning “San’atning voqyeylikka estetik munosabatlari”, N.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur”, “Haqiqiy kun qachon keladi” kabi asarlari materialistik estetikani anglashda, realizm va tanqidiy realizm metodlari qonuniyatlarini ilmiy tushunishda bebahodir. V.Belinskiy “G’oyasiz san’at-murdaning o’zidir” desa, N.Chernishevskiy “Adabiyot – hayot darsligidir” deb tasdiqladi.

8. Adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etuvchi, shoirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi maxsus tazkira (ar. “zikr” so’zidan, “esdalik daftari” ma’nosini beradi)lar ham ko’plab yaratilgan. Aruziy Samarqandiyning “Chahor maqola” (XII), Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob al-albob” (XIII), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (XV), Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” (XV), Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (XVII), Masiho Samarqandiyning “Muzokir ul-as’hob”i (XVII) kabilar tazkiraning go’zal namunalaridir. “Majolis un-nafois” 8 majlis-bobdan iborat. Unda XV asrning 39-90 yillari orasida (51 yil davomida) faoliyat ko’rsatgan 459 shoir haqida ma’lumot beradi, ularning poetik mukammal asarlaridan namunalar keltiradi. Masalan, Iste’dodli shoir Mirzobek (u yoshligida vafot etgan) haqida A. Navoiy yozadi: “Bu matla aningdurkim:

Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur,

Kim jong’a qaro balo bo’lubdur.

Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardiakskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur (qiyindir, mushkuldir. Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot ko’p o’tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matlain faqir tugatib, aning yodgori devonda bitibman”.

9. Ibn Sino “Poetika”ga oid sharhini “She’r san’ati” deb nomlagan. Uningcha, obrazli qilib aytilgan so’z kishi ruhini o’ziga boysundiruvchan bo’ladi. Ibn Sinoning aytishicha, insonning tarbiyasi ikki xil bo’ladi: biri jismoniy, biri ruhiy tarbiya musiqa orqali amalgam oshiriladi. Obraz mukammal va kam-ko’stli bo’lishi mumkin. She’r kishiga ta’sir etadi, odamlarni taajjubga solish xususiyatiga ega bo’ladi, bu hol she’r musiqiyligi bilan bog’liq. Ibn Sino ta’kidiga ko’ra, “she’r ijtimoiy burch” maqsadlarini nazarda tutib yoziladi. She’r ta’sir qilishining sabablari uchta, ular obrazli so’z, tashbehli ifoda va garmoniya (uyg’unlik). Ibn Sino” musiqiylik” atamasinigina emas, “badiiylik” atamasini ham ishlatgan. Tahsinga ijodiylik va badiiylik loyiq, deydi.Ibn Sino, asosan, “Poetika”ni sharhlasa ham, arab, fors-tojik va turkiy xalqlar poeziyasi masalalariga ham tegib ketadi.Ibn Sino “Poetika”ga ko’ra sahna va ijro to’g’risida ham to’xtaydi. Tragediyada “axloq emas, balki xarakterlarni o’z ichiga qamrab olgan harakatlar ham eslatilgan”. Ibn Sino tinglovchi-somi’, ayni holda teatr tomoshabini to’g’rsida ham gapirgan, dekoratsiyani esa manfaatli, deydi. U badiiy to’qima haqida “she’rda aytilganlarning yolg’ondan iboratligi ochiq-oydin sezilib turadi”, degan. Ibn Sino ta’kidicha, “narsa yo hodisa aytilganiga muvofiq kelguday bo’lsa, uni rost, deb qabul qilinadi”.Forobiy va Ibn Sino sharhlarida “she’r” atamasi bor, “lirika” atamasi yo’q, ammo “Poetika”da lirika haqida tushuncha bor, biroq, “lirika” atamasi milodgacha III-II asrlarda yuzaga kelgan.



10. Sharq mumtoz adabiyotida she’riyat (adabiyot) qonun-qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar ham yaratilgan. Ularda “ilmi qofiya”, “ilmi aruz”, “ilmi muammo” va so’z san’atlari ilmi kabi maxsus sohalar tekshirilgan va poetika masalalari o’rganilgan. Jumladan, Abulhasan Saraxsiyning “Kanz ul-qofiya”, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar”, Rashidi Vatvotning “Hadoyiq us-sehr fi da qoyiq ush-she’r” asarlarini ko’rsatish mumkin. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, Muhammad Boburning “Muxtasar” asarlarida aruz qonun-qoidalari mufassal tekshirilgan. Alisher Navoiyda 19 bahr o’rganilgan bo’lsa, Bobur tavil bahri (mutalifa) doirasida hosil bo’luvchi ariz va amiq bahrlarini ham qo’shadi va aruzning 21 bahrini, 537 vaznini tavsif qiladi.
Download 19,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish