Badiiy gimnastikaning tarixi


XALQARO MAYDONDALARDA O`ZBEKISTON BADIIY GIMNASTIKACHI QIZLARIMIZNING O`RNI



Download 91,19 Kb.
bet5/7
Sana25.06.2021
Hajmi91,19 Kb.
#101488
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Badiiy gimnastikaning tarixi

XALQARO MAYDONDALARDA O`ZBEKISTON BADIIY GIMNASTIKACHI QIZLARIMIZNING O`RNI


O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‗mitasi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida Xalqaro gimnastika federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan turnirlarda ishtirok etish uchun O‗zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Belarus, Bolgariya, Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng kuchli gimnastikachilar kelgan.

O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti L.Karimova-Tillayeva xalqaro musobaqalarni ochiq deb e‘lon qildi.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e‘tibor yuksak samaralar berayotgani alohida ta‘kidlandi. Bu jarayonda sportning qizlarga xos turlari, ayniqsa, badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiylar tayyorlash, ularning faoliyatini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‗lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan g‗amxo‗rlik tufayli mamlakatimizda yangi iste‘dodlar, mahoratli sportchilar yetishib chiqmoqda, ular xalqaro maydonlarda O‗zbekiston shon-shavkatini yanada yuksaltirmoqda.

Gimnastika bilan shug‗ullanish insonning jismoniy go‗zalligini shakllantirish bilan birga, uning fe‘l-atvori, fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini chiniqtiradi. O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sportning barcha asosiy turlari – sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz ko‗magida iqtidorli sportchilarni aniqlashga yordam berayotgan mintaqaviy va respublika musobaqalari muntazam o‗tkazilayotir.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida gimnastika bilan shug‗ullanish uchun xalqaro talablarga to‗liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har kuni minglab o‗g‗il-qizlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‗ullanmoqda. Ularning eng iqtidorlilari gimnastika bo‗yicha o‗smirlar va milliy terma jamoalar safiga jalb etilmoqda. Nafaqat sport komplekslari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, balki umumta‘lim maktablarining sport zallari ham zamonaviy gimnastika inventarlari bilan jihozlangan.

2011-yilda Badiiy gimnastika bo‗yicha bolalar-o‗smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi tashkil qilindi. Olimpiadaga tayyorlash markazi hisoblangan ushbu maktab O‗zbekiston terma jamoalari sportchilari uchun turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‗rish va yirik turnirlarni tashkil etish imkonini bermoqda.

Jahon tajribasi hisobga olingan holda, murabbiylar malakasini oshirishga katta e‘tibor berilmoqda. Bu borada istiqbolli ilmiy va tibbiy yangiliklarni o‗rganish, sportchilarni tayyorlash, sport uskunalarini ishlab chiqarish – bularning barchasi sportni yanada ommalashtirish, salomatlik omiliga aylantirishga xizmat qilayotir. O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi shu maqsadda Xalqaro gimnastika federatsiyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi tomonidan o‗tkazilayotgan xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilg‗or tajribani ommalashtirish uchun poytaxtimiz va viloyatlarda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.

– O‗zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilishga katta e‘tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor, – deydi yaponiyalik murabbiya Oka Kurumi. – Barcha shahar va tumanlarda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida qizlar sportning bir necha turi bilan shug‗ullanib, sog‗lom bo‗lib ulg‗aymoqda, katta sportga qadam qo‗ymoqda. Mamlakatingizda badiiy gimnastika tez rivojlanmoqda. O‗zbekiston gimnastikachilari xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonayotgani, yurtingizda nufuzli turnirlar muntazam tashkil etilayotgani buning yorqin ifodasidir.



Maqomiga ko‗ra Olimpiya o‗yinlari va jahon chempionatiga yaqin turadigan bunday yuksak saviyadagi badiiy gimnastika musobaqalari O‗zbekistonda birinchi marta o‗tkazilayotgani yo‗q. Toshkent shahri badiiy gimnastika bo‗yicha jahon kubogi bosqichlari, 2010 va 2013-yillarda Osiyo chempionati, 2014-yilning aprel oyida sport gimnastikasi bo‗yicha qit‘a chempionatiga mezbonlik qilgani mamlakatimizda sport, xususan, gimnastikani rivojlantirishga qaratilayotgan e‘tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi "O‗zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‗lib o‗tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‗yinlariga tayyorlash to‗g‗risida‖gi qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik dasturiga ko‗ra, gimnastika ham mamlakatimizda yetakchi sport turlari qatoridan joy oldi. Gimnastikaning Olimpiya o‗yinlari dasturiga kiritilgan turlari – badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin bo‗yicha o‗tkaziladigan musobaqalarda qatnashayotgan sportchilarimiz ko‗rsatkichlarini tobora yaxshilash, olimpiya yo‗llanmalarini qo‗lga kiritish hamda Braziliyada bo‗ladigan Olimpiada sovrindorlari qatoridan o‗rin olish uchun astoydil bel bog‗lashgan.

Joriy yilgi sport mavsumida O‗zbekiston badiiy gimnastikachilari nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Gretsiyaning Afina shahrida o‗tkazilgan "Aphrodite Cup–2015‖ xalqaro turnirida O‗zbekiston gimnastikachilari uchtadan oltin va kumush hamda bitta bronza medalni qo‗lga kiritdi.

Yaqinda Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‗yicha jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor bo‗ldi. Badiiy gimnastika bo‗yicha Fransiyada o‗tkazilgan Gran-pri turnirining jamoaviy bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a‘zolari bronza medalni qo‗lga kiritdi.

Toshkent shahrida boshlangan badiiy gimnastika bo‗yicha jahon kubogi va "Happy Caravan‖ xalqaro turnirida dunyoning eng kuchli yuzga yaqin gimnastikachisi o‗z iste‘dod va mahoratini namoyish etmoqda.

– Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etilgan, – deydi italiyalik gimnastikachi Lititsiya Chikkonelli. – O‗zbekistonda badiiy gimnastikani rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‗ldik. Mamlakatingiz sportchilari juda mahoratli, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‗rgani ham sezilib turibdi. Ushbu jahon kubogi bosqichi g‗oyat ahamiyatli. Men ham unda bor mahoratimni namoyish etib, g‗alaba qozonish niyatidaman. Bu musobaqa har bir ishtirokchi hayotida yorqin va o‗chmas sahifa bo‗lib qolishiga ishonchim komil.



Mazkur xalqaro turnirning yakkaliklar o‗rtasidagi bahslarida Anora Davlatova, Nilufar Shomurodova, Jasmin Yusupova, Yelizaveta Nazarenkova, Anastasiya Serdyukova va Ravilya Farxutdinova singari gimnastikachilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida Luiza G‗aniyeva, Marta Rostoburova, Zarina Qurbonova, Valeriya Davidova va Samira Amirovadan iborat jamoamiz qatnashmoqda.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‗yicha o‗tkazilayotgan litsenzion musobaqada o‗zbekistonlik sportchilar jamoaviy bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, XXXI yozgi Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanmani qo‗lga kiritdi. Bu haqda O‗zbekiston Milliy olimpiya qo‗mitasi

Jamoaviy bahslarda O‗zbekiston sharafini himoya qilgan Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza Ganiyeva, Zarina Qurbonova hamda Marta Rastoburova final bellashuvlarida umumiy hisobda 32,832 ochko jamg‗arib, Germaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‗rinni band etdi va Rio–2016 Olimpiada o‗yinlari yo‗llanmasiga ega bo‗ldi.

Jamoaviy bahslarda 1–3-o‗rinlarni band etgan jamoalar Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanma oldi. O‗zbekistonlik badiiy gimnastikachilar final bahslarida Gretsiya, Finlyandiya, Braziliya, Ozarbayjon va Janubiy Koreya terma jamoalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‗ldi. Ta‘kidlash joizki, badiiy gimnastika bo‗yicha jamoaviy bahslarda shu paytga qadar o‗zbekistonlik sportchilar Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanma olmagan edi. Avvalroq Rio–2016 Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanmalarni Anton Fokin (sport gimnastikasi), Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Yekaterina Xilko (trampolin) va Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika) qo‗lga kiritgan edi.

Shu tariqa, o‗zbekistonlik sportchilar tomonidan Rio–2016 o‗yinlariga qo‗lga kiritilgan yo‗llanmalar soni 70 taga yetdi. Shulardan 25 tasi paralimpiyachilarga tegishli.




Download 91,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish