Badiiy dekorativ materiallar



Download 111,9 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2020
Hajmi111,9 Kb.
#45190
  1   2   3   4
Bog'liq
BAD.DEK.MATERIALLAR test lotin

BADIIY DEKORATIV MATERIALLAR“

FANI BO‘YICHA TEST SAVOLLARI

  1. O‘zbekiston Birinchi Prezidentining №PF-3589-sonli “Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va qurilish materiallari sanoati rivojlanishini jadallashtirish” haqidagi farmoni qachon qabul qilindi?

A) 2005 yil 24 martda;

B) 2015 yil 24 martda;

V) 2000 yil 21 martda;

G) 2005 yil 24 aprelda;



  1. Ushbu farmon asosida 2005-2010 yillar davomida qurilish matriallari hajmini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va b.maqsadlar bo‘yicha jami nechta loyiha amalga oshirildi?

A) 120 ta loyiha;

B) 220 ta loyiha;

V) 1120 ta loyiha;

G) 150 ta loyiha;



  1. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish ga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?

A) 2009 yil 3 avgustda;

B) 2000 yil 13 avgustda;

V) 2009 yil 30 avgustda;

G) 2019 yil 3 avgustda;



  1. 2013 yilda mamlakatimiz bo‘yicha namunali loyihalar asosida qancha uy qurib, foydalanishga topshirilgan?

A) 2500 dan ortiq;

B) 25000 dan ortiq;

V) 1500 dan ortiq;

G) 250 dan ortiq;



  1. 2013 yilga kelib qurilish xomashyo va materiallari tayyorlashga ixtisoslashgan nechta korxona ish boshlagan?

A) 155 ta yangi korxona;

B) 105 ta yangi korxona;

V) 55 ta yangi korxona;

G) 1155 ta yangi korxona;



  1. Hozirgi vaqtga kelib Respublikamiz bo‘yicha qurilish materiallari sanoatini xomashyo bilan ta’minlovchi yangi nechta kon aniqlangan?

A) 500 dan ortiq;

B) 50 dan ortiq;

V) 5000 dan ortiq;

G) 100 dan ortiq;



  1. Toshkent viloyatida ish boshlagan “PentUz” korxonasi qanday materiallar ishlab chiqaradi?

A) YUmshoq tomyopqich materiallari;

B) Qattiq qurilish materiallari;

V) Dag‘al sport materiallari;

G) YUmshoq sport materiallari;



  1. Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan Germaniyaning “Knauf” firmasi qanday ishlarni amalga oshiradi?

A) Badiiy qoplama va pardozlash materiallari ishlab chiqaradi va ularni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar beradi;

B) Badiiy asarlar va peyzajlar ishlab chiqaradi va ularni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar beradi;

V) Badiiy qoplama va pardozlash asarlari ishlab chiqaradi va ularni sotish bo‘yicha maslahatlar beradi;

G) Badiiy o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqaradi va ularni tayyorlash bo‘yicha maslahatlar beradi;



  1. Navoiy viloyatida tashkil qilingan oyna ishlab chiqaradigan korxona yiliga qancha material ishlab chiqaradi?

A) 12 mln. m2;

B) 12 mln. m3;

V) 2 mln. m2;

G) 112 mln. m2;



  1. Toshkent shahrida ish boshlagan “Itaceramica” kompaniyasi qanday material ishlab chiqaradi?

A) Keramogranit va b.;

B) Keramzit, ametit va b.;

V) Granit va yog‘och;

G) Magmatit va b.;



  1. Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari qanday turlarga bo‘linadi?

A) Magmatik (otqindi), cho‘kindi va metamorfik guruxga bo‘linadi;

B) Vulqon (otqindi), cho‘kindi va granimorfik guruxga bo‘linadi;

V) Magmatik (otqindi), olqindi va metamorfik guruxga bo‘linadi;

G) Magmatik (kul) va metafizik guruxga bo‘linadi;



  1. Magmatik tog‘ jinslarining asosiy turlarini sanab bering?

A) Sovigan (intruziv), otilib chiqib sovigan (effuziv) va chaqiq vulqonli jinslarga bo‘linadi;

B) Ko‘pchigan (intruziv), otilib chiqib sovigan (effuziv) va chaqiq vulqonli jinslarga bo‘linadi;

V) Sovigan (inkruziv), osilib chiqib sovigan (deffuziv) va chaqiq vulqonli jinslarga bo‘linadi;

G) Qotgan (intruziv), otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo‘linadi;



  1. Otqindi tog‘ jinslarining asosiy qanday turlari bor?

A) Bazaltlar, andezitlar, diabaz va boshqalar;

B) Magmatitlar, angezitlar, diabaz va boshqalar;

V) Balzamitlar, andezitlar, diabet va boshqalar;

G) Mazutlar, andezitlar, diabaz va boshqalar;



  1. CHaqiq cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy turlarini ko‘rsating?

A) CHaqiq, gilli, xemogen va organogen jinslarga bo‘linadi;

B) CHaqiq, gilli, xemogen va organogen jinslarga bo‘linadi;

V) CHaqmoq, kulli, xemogen va origanogen jinslarga bo‘linadi;

G) CHiqiq, gilli, osmogen va organen jinslarga bo‘linadi;



  1. Xemogen tog‘ jinslarining asosiy turlaridan misollar ko‘rsating?

A) Dolomit, magnezit va boshqalar;

B) Magmatit, magnezit va boshqalar;

V) Dolomit, andezit va boshqalar;

G) Dolomit, balzamit va boshqalar;



  1. Orgonogen tog‘ jinslarining qanday asosiy turlari mavjud?

A) Ohaktosh, bo‘r va boshqalar;

B) Ohak, bo‘ra va boshqalar;

V) CHaqmoqtosh, bo‘r va boshqalar;

G) Oqtosh, qoratosh va boshqalar;



  1. Metomorfik tog‘ jinslari quyidagilardan qay biri asosiy hisoblanadi?

A) Slanets tuzilishiga ega bo‘lganlari;

B) Slanezit strukturasiga ega bo‘lganlari;

V) Magnezit tuzilishiga ega bo‘lganlari;

G) Dolomit tuzilishiga ega bo‘lganlari;



  1. Qurilish va arxitekturada eng ko‘p ishlatiladigan dekorativ tabiiy tosh turlarini sanab o‘ting?

A) Granit, diorit, gabboro, labradorit;

B) Orgalit, duorit, gabboro, labradit;

V) Granit, dermatit, gabboro, labdorit;

G) Marmatit, diorit, gabborit, labradorit;



  1. Dolomitning fizik xususiyatlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Fizik – mexanik xossalari bo‘yicha dolomit zich ohaktoshga o‘xshaydi;

B) Fizik – mexanik xossalari bo‘yicha dolomit zich ohaktoshga o‘xshaydi;

V) Fizik xossalari bo‘yicha orgalit zich ohakga o‘xshaydi;

G) Fizik – mexanik xossalari bo‘yicha magmatit zich toshga o‘xshaydi;



  1. Dolomitdan qanday qurilish xomashyolari tayyorlanadi?

A) Qoplama plitalar, beton uchun mayda tosh, o‘tga chidamli materiallar va mineral bog‘lovchi moddalar tayyorlanadi;

B) Qoplama substratlar, o‘tga chidamli mineral bog‘lovchi moddalar tayyorlanadi;

V) Qoplamalar, beton uchun yirik tosh bog‘lovchi moddalar tayyorlanadi;

G) Qoplama matolar, beton uchun mayda tosh, o‘tga chidamli materiallar va mineral bog‘lovchi moddalar tayyorlanadi;



  1. Marmarning fizik xususiyatlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Ohaktoshlar va dolomitlarning qayta kristallanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin;

B) Ohaklar va somotitlarning qayta kristallanishi natijasida hosil bo‘ladi;

V) Ohaktoshlar va dolomitlarning qayta maydalanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin;

G) Ohaktoshlar va magnezitlarning qayta tiklanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin;



  1. Marmarning asosiy ranglari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) U yashil, qizil, kulrang va hatto qora bo‘lishi mumkin;

B) U qirmizi, kulrang va ko‘k bo‘lishi mumkin;

V) U bo‘zrang va hatto ola bo‘lishi mumkin;

G) U rangsiz bo‘lishi mumkin;



  1. Marmardan qanday qurilish ashyolari tayyorlanadi?

A) Undan qoplama, to‘shamalar, turli qurilma va jihozlar elementlari tayyorlanadi;

B) Undan devorlar, mashinalar elementlari tayyorlanadi;

V) Undan kursi va soyabonlar tayyorlanadi;

G) Undan haykal va jihoz qopqoqlari tayyorlanadi;



  1. Granitning fizik xususiyatlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Asosi kvars, dala shpati (ortoklaz) va slyudadan tashkil topgan;

B) Asosi shisha va dala toshidan tashkil topgan;

V) Asosi ortoklaz va ohaktoshdan tashkil topgan bo‘ladi;

G) Asosi gil, dala shpati (ortoklaz) va slyudadan tashkil topgan;



  1. Granitning asosiy ranglari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Och kulrang, pushti va qoramtir-qizil ranglarda bo‘ladi;

B) Och qoramtir-yashil ranglarda bo‘ladi;

V) Qoramtir-pistoqi ranglarda bo‘ladi;

G) Asosan och, gilamnusxa va qizil ranglarda bo‘ladi;



  1. Granitdan qanday qurilish ashyolari tayyorlanadi?

A) Bino va inshootlar uchun devor qoplamalari, zinapoyalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi;

B) Binolar uchun tom qoplamalari, devor buyumlari tayyorlanadi;

V) Bino va inshootlar uchun devor toshlari, idish buyumlar tayyorlanadi;

G) Bino va inshootlar uchun yopmalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi;



  1. Qaysi turdagi tog‘ jinslari o‘ta darajada zich va mustahkam bo‘ladi?

A) Granit (2700 kg/m3), diorit (2700-2900 kg/m3), gabbro (2800-3100 kg/m3), marmar (2800 kg/m3), diabaz (2800-3000 kg/m3) va bazalt (3300 kg/m3 gacha) jinslari;

B) Magmatit (2700 kg/m3), diotit (2700-2900 kg/m3), gabbro (2800-3100 kg/m3), marmar (2800 kg/m3), diabaz (2800-3000 kg/m3) jinslari;

V) Granit (2700 kg/m3), dermatit (2700-2900 kg/m3), gabbro (2800-3100 kg/m3), marmar (2800 kg/m3) va bazalt (3300 kg/m3 gacha) jinslari;

G) Granit (2700 kg/m3), diorit (2700-2900 kg/m3), gabbro (2800-3100 kg/m3), marmar (2800 kg/m3), keramzit (2800-3000 kg/m3) jinslari;



  1. Qaysi turdagi tog‘ jinslari nisbatan mo‘rt va g‘ovak bo‘ladi?

A) Pemza, vulqon tufi, bo‘r va b.lar;

B) Temza, vulqon tufi, bo‘r va b.lar;

V) Pemza, vulqon kuli va b.lar;

G) Pemza, vulqon tufi, tosh va b.lar;



  1. Katta o‘lchamdagi tosh materiallari qanday usullarda qazib olinadi?

A) Alohida bloklar tosh tarashlash va qo‘porish mashinalari, yoki maxsus asboblar yordamida arralab yoki sindirib olinadi;

B) Alohida bloklar maxsus asboblar yordamida arralab olinadi;

V) Alohida bloklar qo‘porish mashinalari yordamida portlatib olinadi;

G) Tosh tarashlash va maxsus asboblar yordamida silliqlab olinadi;



  1. Kichik o‘lchamdagi tosh materiallari qanday usullarda qazib olinadi?

A) Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo‘ljallangan zich tog‘ jinslari portlatish usulida qazib olinadi;

B) Mayda tosh jinslari portlatish usulida olinadi;

V) Xarsang toshlar portlatish usulida qazib olinadi;

G) Zich tog‘ jinslari arralash usulida qazib olinadi;



  1. Tabiiy tosh materiallari imoratlar va er usti qurilmalarining qay erlarida ishlatiladi?

A) Imoratlar va er usti qurilmalarining sokol qismi devorlari va to‘shamalar uchun ishlatiladi;

B) Imoratlar er osti qurilmalari uchun ishlatiladi;

V) Er usti qurilmalari konstruksiyalari uchun ishlatiladi;

G) Imoratlar va konstruktiv to‘shamalar uchun ishlatiladi;



  1. Tabiiy tosh materiallariga qanday usullarda ishlov beriladi?

A) Toshga, odatda, maxsus korxonalarda mexanizatsiyalashgan usulda ishlov beriladi;

B) Odatda, qo‘lda ishlov beriladi;

V) Toshga, maxsus korxonalarda usulda ishlov beriladi;

G) Maxsus mexanizatsiyalarda ishlov beriladi;



  1. Tabiiy tosh materiallari chiqindi(mayda bo‘lak)laridan qurilishning qaysi jabhalarida foydalaniladi?

A) Devorlar, pollar, tomlar, yo‘laklar suvog‘i (styajkasi) va h.k.larda;

B) Devorlar konstruksiyasi va h.k.larda;

V) Pollar, yo‘laklar konstruksiyasi va h.k.larda;

G) Tomlar, yo‘laklar konstruksiyasi va h.k.larda;



  1. Asosiy yog‘och materiali hisoblanadigan daraxt qanday qismlardan iborat bo‘ladi?

A) Tana, shox, barg, gul va meva(g‘o‘dda)lardan;

B) Krona, tana va meva(g‘o‘dda)lardan;

V) Barg va mevalardan;

G) Tana, shoxlardan;



  1. YOg‘och materiallarining asosiy ijobiy sifatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating?

A) Oson ishlov beriladi, engil, teksturasi chiroyli va h.k.;

B) Oson ishlov berilmaydi, fakturasi chiroyli va h.k.;

V) Qiyin ishlov beriladi, teksturasi chiroyli va h.k.;

G) Ishlov berishga qulaymas, engil va h.k.;



  1. YOg‘och materiallarining asosiy kamchiliklari to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating?

A) Tez chiriydi, yonuvchan, murt va h.k.;

B) Suvda tez cho‘kadi, yonuvchan, murt va h.k.;

V) Tez chirimaydi, murt va h.k.;

G) Osonlikcha chirimaydi, yonuvchan va h.k.;



  1. Daraxt tanasining asosiy qirqimlari qanday ataladi?

A) Bo‘ylama va ko‘ndalang;

B) Bo‘ylama va gorizontal;

V) Vertikal va ko‘ndalang;

G) Bo‘ylama va tik;



  1. Daraxt tanasining ko‘ndalang qirqimida uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

A) Po‘stloq, kambiy, po‘stloq osti qatlami, yadro va o‘zakdan;

B) Po‘stloq, yadro va o‘zakdan;

V) Kambiy, po‘stloq osti qatlami va o‘zakdan;

G) Po‘stloq, kambiy, yadrodan;



  1. Qurilishda ishlatiladigan ignabargli daraxtlarning asosiy turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating?

A) Qarag‘ay, tilog‘och, archa, oqqarag‘ay va h.k.;

B) Qayrag‘och, tilog‘och, archa, oqqarag‘ay va h.k.;

V) Qarag‘ay, tilog‘och, archa, oqquray va h.k.;

G) Qayin, tilog‘och, archa, oqqarag‘ay va h.k.;



  1. Qurilishda ishlatiladigan yapaloqbargli daraxtlarning asosiy turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating?

A) Eman, qayrag‘och, terak, qayin va h.k.;

B) Eman, qarag‘ay, terak, qayin va h.k.;

V) Eman, qoraqarag‘ay, terak, qayin va h.k.;

G) Eman, qayrag‘och, archa, qayin va h.k.;



  1. Qarag‘ay (sosna) daraxti yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi?

A) Qurilishning deyarli barcha jabhasida (yog‘och konstruksiyalari, duradgorlik buyumlari va h.k.tayyorlashda) ishlatiladi;

B) Qurilishning yog‘och konstruksiyalari va h.k.tayyorlashda ishlatiladi;

V) Qishloq xo‘jaligining deyarli barcha jabhasida ishlatiladi;

G) Xalq xo‘jaligining deyarli barcha jabhasida (duradgorlik buyumlari va h.k.tayyorlashda) ishlatiladi.



  1. Qarag‘ay daraxti yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi va u qancha umr ko‘radi?

A) Qarag‘ay 350-500 yil yashaydi;

B) Qarag‘ay 350-10000 yil yashaydi;

V) Qarag‘ay 50 yil umr ko‘radi;

G) Qarag‘ay 800-1000 yil yashaydi.



  1. Tilog‘och (listvennitsa) daraxti yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi?

A) Suv va er osti inshootlarida, shuningdek, simyog‘ochlar, shpallar tayyorlashda ishlatiladi;

B) Suv va er osti inshootlarida, shpallar tayyorlashda ishlatiladi;

V) Suv va er usti inshootlarida, shkaflar tayyorlashda ishlatiladi;

G) Er osti inshootlarida, mebellar tayyorlashda ishlatiladi.



  1. Tilog‘och daraxti qancha yil yashaydi?

A) Tilog‘och 600-700 yil yashaydi;

B) U 6000-7000 yil yashaydi;

V) U 60-70 yil yashaydi;

G) U 100-200 yil yashaydi;



  1. Archa (mojjevelnik) daraxti yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi?

A) Archadan quruq sharoitda foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari va duradgorlik buyumlari tayyorlanadi;

B) Archadan suv sharoitida foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari tayyorlanadi;

V) Archadan quruq sharoitda foydalaniladigan duradgorlik anjomlari tayyorlanadi;

G) Archadan havo sharoitida foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari tayyorlanadi;



  1. Archa daraxti qancha umr ko‘radi?

A) Archa 300-350 yil yashaydi;

B) Archa 3000-3500 yil yashaydi;

V) U 30-35 yil yashaydi;

G) U 100-150 yil yashaydi;



  1. Oqqarag‘ay (pixta) daraxti yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi?

A) Quruq sharoitda foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari, duradgorlik buyumlari tayyorlashda, mebelsozlik sanoatida qo‘llaniladi;

B) Suv sharoitida foydalaniladigan qurilish konstruksiyalari, duradgorlik buyumlari tayyorlashda qo‘llaniladi;

V) Quruq sharoitda foydalaniladigan kemasozlik sanoatida qo‘llaniladi;

G) Suv sharoitida foydalaniladigan duradgorlik buyumlari tayyorlashda, sandiqsozlik sanoatida qo‘llaniladi.



  1. Bolut, eman (dub) daraxtining mustahkamligi qanday?

A) YOg‘ochi zich, qattiq va juda mustahkam;

B) YOg‘ochi bo‘sh, murt va mustahkam emas;

V) YOg‘ochi qattiq va o‘ta maftunkor;

G) YOg‘ochi murt, bo‘sh va tez chiruvchan.



  1. Bolut, eman (dub) daraxtining yog‘ochi qurilishning qaerlarida ishlatiladi?

A) YOg‘ochi zich, qattiq va juda mustahkam, ko‘priklar, suv inshootlari konstruksiyalarida, parket, faner, mebel tayyorlashda keng qo‘llaniladi;

B) Eman yog‘ochi kemalar, suv inshootlari qurilishida keng qo‘llaniladi;

V) Eman yog‘ochi zinalar, lift tayyorlashda keng qo‘llaniladi;

G) Eman yog‘ochi pardozlash ishlarida keng qo‘llaniladi;



  1. Qayrag‘och (vyaz, karagach) daraxti yog‘ochi qanday buyumlar yasashda ishlatiladi?

A) Qayrag‘och og‘ir, pishiq biroz egiluvchan, qattiqligi o‘rtacha, duradgorlik buyumlari va mebel yasashda ko‘plab ishlatiladi;

B) Og‘ir, qattiqligi past, mebel yasashda ko‘plab ishlatiladi;

V) Og‘ir, pishiq biroz egiluvchan, qattiqligi o‘rtacha, duradgorlik buyumlari yasashda kamroq ishlatiladi;

G) Engil, pishiq biroz egiluvchan, buyumlar va cho‘pkori yasashda ishlatiladi;



  1. Qayin (beryoza) daraxti yog‘ochidan nimalar yasaladi?

A) Qayin yog‘ochi qattiq, mustahkam va egiluvchan, undan elimlangan fanera, duradgorlik buyumlari va mebel tayyorlanadi;

B) Qayin yog‘ochi qattiq, mustahkam va egiluvchan, undan uy karkasi tayyorlanadi;

V) Qayin yog‘ochi yumshoq, egiluvchan, fanera, duradgorlik buyumlari va mebel tayyorlanadi;

G) Qayin yog‘ochi o‘ta qattiq, undan mebel tayyorlanmaydi.



  1. Terak (topol) daraxti yog‘ochi binoning qaysi qismlarida ishlatiladi?

A) Terak yog‘ochidan tomlarni yopishda, pol taxtalari, turli konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi;

B) Terak yog‘ochidan ko‘prik konstruksiyalari tayyorlashda ishlatiladi;

V) Terak yog‘ochidan inshootlar konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi;

G) Terak faqat pol taxtalari tayyorlashda ishlatiladi;



  1. Daraxtlarning yana qaysi turlari qurilish va buyumlar yasashda qo‘llaniladi?

A) CHinor, tol, shumtol, arg‘uvon, tut, o‘rik va h.k.turlari;

B) Majnuntol, arg‘uvon, tut, nok va h.k.turlari;

V) CHinor, tol, shumtol, arg‘uvon, tut, shaftoli va h.k.turlari;

G) CHinor, tol, shamshod, arg‘uvon, tut, o‘rik va h.k.turlari;



  1. Mebelsozlik, ustun-to‘sinli konstruksiyalar va pol qoplamalarida yog‘ochning qaysi xususiyatlari yuqori baholanadi?

A) Teksturasi chiroyli, tolalari zich, qattiq bo‘lgan yog‘ochlar;

B) Fakturasi chiroyli, tolalari zich, yumshoq bo‘lgan yog‘ochlar;

V) Teksturasi zich, fakturasi qattiq bo‘lgan yog‘ochlar;

G) Teksturasi chiroyli, fakturasi zich, bo‘lgan yog‘ochlar;



  1. YOg‘och materiallari chiqindi(mayda bo‘lak)laridan qanday xomashyolar tayyorlanadi?

A) Kartonlar, pol, shift va devor qoplamalari uchun taxtalar (DVP, DSP va h.k.);

B) Qog‘ozlar, mebel qoplamalari uchun elimlar va h.k.;

V) Kartonlar, devor qoplamalari uchun reykalar va h.k.;

G) Qog‘ozlar, mebel qoplamalari uchun reykalar va h.k.



  1. YOg‘och o‘ymakorligida daraxtlarning asosan qaysi turlari ishlatiladi?

A) CHinor, tut, yong‘oq, o‘rik va h.k.;

B) Nok, tut, yong‘oq, anor va h.k.;

V) Olma, tut, shamshod, o‘rik va h.k.;

G) Gilos, shaftoli, yong‘oq, o‘rik va h.k.;



  1. Sopol (keramika) buyumlari qanday xomashyodan va qanday tayyorlanadi?

A) Sopol (keramika) buyumlari gil tuproqdan pishirib tayyorlanadi;

B) Keramika buyumlari soz tuproqdan quritib tayyorlanadi;

V) Sopol buyumlari qumli tuproqdan pishirib tayyorlanadi;

G) Sopol buyumlari xohlagan loydan pishirib tayyorlanadi;



  1. Sopol materiali ishlatiladigan imoratning asosiy konstruktiv qismlarini sanab o‘ting?

A) Sopol materiallari imoratlarning devorlari, poli, tomiga pishirilgan g‘isht, plita, cherepitsalar tarzida ishlatiladi;

B) Sopol materiallari imoratlarning devorlariga plita, cherepitsalar tarzida ishlatiladi;

V) Sopol materiallari imoratlarning poliga pishirilgan g‘isht, cherepitsalar tarzida ishlatiladi;

G) Sopol materiallari binolarning tomiga pishirilgan g‘isht, plita, tarzida ishlatiladi;



  1. Sopol materiali ishlatiladigan boshqa asosiy sohalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating?

A) Sopol materiallari xo‘jalikda idishlar, g‘aladonlar, suv quvurlari, santexnik, pardoz buyumlar va b.larni tayyorlashda ishlatiladi;

B) Sopol materiallari sanoatda idishlar, g‘aladonlar va b.larni tayyorlashda ishlatiladi;

V) Sopol materiallari xo‘jalikda suv quvurlari va b.larni tayyorlashda ishlatiladi;

G) Sopol materiallari dehqonchilikda suv quvurlari, santexnik buyumlar va b.larni tayyorlashda ishlatiladi;



  1. Sopol materiallarining asosiy ijobiy sifatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating?

A) O‘tga chidamli, tabiiy, chiroyli, ishlov berishga qulay, uzoq vaqt o‘z xoossalarini saqlaydi va h.k.;

B) O‘tga chidamsiz, tabiiy, chiroyli, ishlov berishga qulay, uzoq vaqt o‘z xoossalarini saqlamaydi va h.k.;

V) O‘tga chidamli, ishlov berishga qulay emas va h.k.;

G) Ishlov berishga qulay emas, uzoq vaqt o‘z xoossalarini saqlamaydi va h.k.;



  1. Sopol materiallarining asosiy kamchiliklari to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating?

A) Murt, egilishlarga chidamsiz va b.lar;

B) Murt, egilishlarga chidamli va b.lar;

V) Elastik, egilishlarga chidamli va b.lar;

G) Murt, sinuvchan va b.lar;



  1. Sopol materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblangan gil tuproqning tarkibi nimalardan iborat?

A) Gil tuproq, kaolin, suv va b.minerallardan;

B) Qum tuproq, kaolin, suv va b.minerallardan;

V) Qora tuproq, kaolin, suv va b.minerallardan;

G) Gil tuproq, shaolin, suv va b.minerallardan;



  1. Download 111,9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish