Badiiy asarlar



Download 238,83 Kb.
bet65/82
Sana06.07.2022
Hajmi238,83 Kb.
#748489
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
Badiiy asarlar

III Bo’lim


  1. Navoiy aytibdurki: “Baxtli ul kishidurkim, u dunyoni tark qiladi, dunyo uni tark qilmasdan”. O’zimni o’ldiraymi, yo’q qilaymi? Yo’q hali yoshman, menga atalganining qaymog’I buzilgani yo’q. Sa’diy aytibdurki: “Bir mamlakatda g’arib bo’lang, hurmatsizlansang, safarni ixtiyor qil”, deb. Ko’kterakday shahri azimda boshimga tekkan toshlarning soni ko’zimdan oqqan yoshlardan ko’proq. (Shum bola)

  2. Shahar tomondan bozorga qarab 7ta qalandar jo’sh, xurush, sochlari patila-patila girdi kamariga tushgan, egnilarida jandai Muhammadiy, boshlarida kulohi Ahmadiy, yelkalarida ridoyi Mustafo, mast bo’lgan tuyadek o’g’izlaridan ko’piklar sochib, jazavai tom bilan talqin aytib kelar edilar.

  3. Eng oldinda bir nuroniy qalandar, yelkasida kattakon qora qo’ng’izni eslatadigan kachkil,beliga anvoyi rang-barang lattalar bog’lagan, qo’ida boshi qaynab bitgan bujg’un tayoq (Nazar otaning ta’rifiga qaraganda, bu tayoq hazrati Muso asosining amakivachchasi bo’lar ekan). Ixlos qilgan kishilar ko’z-yoshlari bilan bu tayoqni o’padilar, ixlos bilan latta bog’lab ketadilar. Tayoq ko’targan qalandari barhaq nuroniy, ketmon soqol kishiga pul, non (Bahovaddinniki bo’lsa 7ta, G’avsul A’zamniki bo’lsa 11ta), echki, tovuq, qo’y, htto tuyagacha nazar-niyoz qilar edilar.

  4. Qalandarlar mendan “Nima muroding bor, Xudodan so’rab beray?” deganida, meni ham qalandarbachchalikka qabul qilishlarini so’radim. Qalandar boshiga 2qo’lini ko’tarib meni duo qildi. Demak, men shu soatdan boshlab er kishisi emas, “Xudo” mahkamasining mas’ul o’rinlaridan bittasiga qorovullik vazifasiga tayinlandim. Bu kasb menga juda yoqib tushdi. “Yo Ollo do’st, Yo Ollo”ni yaxshi yodlab olsang, “Ashulangga non-osh beradi”, degan maqol shu yerda to’g’ri keldi.

  5. Ichkari tomondan uzun malla to’n, oq salla, sag’ri kovush kiygan, qo’llarida ming donalik tasbeh, ko’zlariga surma tortgan, uzuzn mosh-guruch soqolli, xushmo’ylov, mosh yegan xo’roday qizil yuzlaridan “nur yog’ilib” turgan, Muhammad alayhissalomning to’qqizinchi xotinlari Bibi Oyishai Kubroning tomdan itargan nabiralari xast eshon tamannolik bilan yerni “minnatdor bo’lsang bosaman”, deb chiqib keldilar.

  6. -Hay-hay, men pul ushlamagayman, dunyo harom, “addunyo jiyfatun va tolibuho kilob” (dunyo axlat, uni qidiruvchilar itlardur)’-deb pulning qog’ozini, so’lkavoylarni malla to’nning yengidan ichkari qilib, qolgan mayda tanga-chaqalarni qalandarning oldiga itarib qo’ydilar. (Eshon)

  7. Bir choynak choy ichguncha olami fanodan olami baqoga o’tib ketgan, behud Mashrabi devona, dili jazavam ilohi bilan to’la qalandarbachcha ekanimni tushuntirdilar. (Qalandarboshi Eshonga)

  8. Hast eshonning kichik xotinlari 17ga yetar-yetmas, juda ham quling o’rgilsin, xuddi “no’g’oy qoshiq”day.

  9. Oyoq-qo’ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarabturmassan, boshqacharoq yo’l bilan bo’lsa ham tirikchilikning payidabo’lsang edi, o’g’lim. (Eshon)

  10. Eshonning o’g’li Miyonqudrat bultur tutqanoqdan hovuzga cho’kib o’lgan.

  11. Ikki yashar chamaliq bir ola tanacha beboshboq o’tlab yurara edi. Shuni uyga olib keldim(o’g’irladim) Shunda eshon bir gapni ana shunday ziyraklik bilan ilg’ab olsang, xor bo’lmaysan, har ikki dunyoying obod bo’lar.

  12. Axir, kissa-karmon degan gaplar bor. Naqdina pul-ham yengil,ham qimmat, ham yashirishga oson bo’ladi. Naqdina bo’lsin bolam, naqdina bo’lsin. (Eshon)

  13. O’rtancha eshonoyim odmi xotinlar orasida Bibi Fotimai Zahroning nabiralari deb ta’riflanadigan eshonoyim eshakning quloq qimirlashiga boshqorong’I bo’lganlari uchun bir kishining eshagini bir soatga ikkita oyimqovoqqa ijaraga olib keldim.

  14. Eshonoyimning qilliqlarini mo’ralab tomosha qilganim uchun, bir-ikki tepki bilan u yerdan ham xaydaldim. Osmon uzoq, yer qattiq. Qayerga borishimni o’zim ham bilmas edim.

  15. Sariboy bo’lis ming tanoblab hisoblangan olmazorlarning egasi.

  16. Boyning qari-qartang aralash 20 choq xizmatkorlari bor.

  17. Uzumchi menga yo’lboshlovchi bo’ldi.

  18. Xizmatimga yarasha oyiga xom-pishiq aralash, ona sutidan halol 2 pud 17qadoqdan olma beradigan bo’ldi.

  19. Ba’zida, xo’jayinga pul kerak bo’lib qolsa xom-xatala olmalarni aravaga ortib, Darvoza, Sarig’och atroflaridagi bug’doykor qishloqlarga olib borib sotaman. Molga to’g’rab bersa mol yemaydigan olmalarni cho’lga, bug’doy o’rib turgan dehqonlarga 1 qadog’ini 2 qadoqdan bug’doyga alishaman.

  20. Sariboy Chuvalachidagi Yusuf kontor bilan qimor o’ynab, uning mevazorlari, ichki-tashqi qo’rg’onchasi, butun dov-dastgohining hammasini yutib oldi. Bitta do’ndiqqina qirg’iz xotinni olib, bir borganda 10-15 kunlab Kalasga qaytmaydigan bo’lib qoladi.

  21. Chek menga chiqdi. Ertasiga bir otga minib boyning oldiga bordim. Boy shiyponda kalla go’shti bilan nonushta qilib o’tirar edi.

  22. Yo’g’on ketma-ketligi: 1. Dandon sopli pichoq sindi. 2. Tozi itingiz o’ldi. 3. To’riq qashqa suv tashishda ,harom o’ldi. 4. Qo’rg’on yondi, ombor yondi, og’ilxona yondi... (o’t tushganini eshitgandan keyin yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmadi, og’zidan olib qo’ydi) 5. Bo’riboyvachcha o’ldi (choy ichib turgan piyolasini boshiga urib, chakkasini yordi-yu, soqolini yulib, dodlab yig’lamoqqa boshladi) 6. Adol opam o’g’il tug’di, bola Badal aravakashingizning xuddi o’zi (boy ortiq chidab turolmadi, hushidan ketib yiqildi)

  23. Mendan biror soatdan keyin tulpor saman otda barlari osilib ketgan, alpang-talpang, bir ko’zi yerda, bir ko’zi osmonda, egar qoshiga qamchi dastani tirab, yig’lab Sariboy kelib qoldi.

  24. Yolg’on fosh bo’lgach, avval qurtakkina qilib 20 qmchini bosh-ko’z aralash yedik, boyning uyida 1 oy-u 19 kun ishlagan ekanman. Haligacha bergan 22 tiyin choychaqani bosib qolib, qayoqdagi sasigan, qurt yegan olmalardan 2 pud olmani 1 ta chipta qopga solib berdi.

  25. Qimron-tuya suti

  26. Olmalarni bozorda peshingacha arang sotdim. G’alladonni hisoblab ko’rsam 6 tanga 1 miri bo’pti.

  27. Chang bosgan kipriklar tagidagi qo’y ko’zlar menga juda tanish. Lekin egnidagi qozoqi chakmon bilan boshidagi teskari ag’darilgan telpak, qo’lidagi boshi cho’qmor kaltgi menga tanish emas edi. (Omon)

  28. Bizni o’likning qarindoshlari quvgandan so’ng Omon qishloqma-qishloq gadoylik qilib yurib, adashib-uloqib 17 kun deganda Chimkentga yetib boribdi.

  29. Poyezd o’tib ketgandan so’ng, tarqab ketgan qo’ylarni qidirish xuddi qorong’I kechada qora palos ustidan qora chumolining qora ko’zini qidirishday qiyin ko’chgan edi. 3 soatga yaqin qo’y qidirib 8ta qo’yni topdik.

  30. Qolgan 5 qo’yni qidirish quduqqa tushgan nozik munchoqni qidirish bilan barobar edi.

  31. Mashhur Azim puchuq degan boy-saman ot mingan, moshkichiri soqolli, burni xuddi paxtali to’nga qadalgan tugmaday ichiga botib ketgan puchuq bir kishi, qamchi o’ynarib siyosat qilar edi (qo’ylar ochilb turgan paxtalarni o’ralab ketgan yer shu boyniki edi)

  32. Omon bilan men qarab yurgan qo’ylarning egasi, ya’ni , Omonning xo’jayini beshyog’ochlik Qoraxo’jaboy edi.

  33. Omon uyqudan chap yonboshi bilan turgan. Qovog’ining peshayvoni tushib ketgan, to’g’ri gapga ham tersayib javob berar, mechkay kasalga uchragan bolalarday injiq edi.

  34. Egasi yo’q mol afandiniki, degan ma’qul gapga ko’nikib ketganman. (Sum bola)




Download 238,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish