NAVOIY"
1)"...qatorasiga yetti marta ot ustidan sakrab otganligi bilan dong taratgan, chittakday yengil, qarchig'ayday olg'ir..." deb qaysi obraz ta'riflanadi? J: Amir Badriddin
2)" ... ancha tahsil ko'rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin yigit edi" deb kimga ta'rif beriladi? J: Shayx Bahlul
3)Husayn Boyqaro "Pahlavoni olam" deb laqab qo'ygan obraz qaysi? J:Muhammad Sayid
4)"...turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so'z bermas, musiqiyni chiroyli chalar , yangi kuylar to'qirdi" deb kimga ta'rif berilgan ? J:Muhammad Sayid (Pahlavoni olam)
5)Xuroson olimlari ichida ilmdan eng benasibi, lekin eng mutakabbiri kim? J: Mavlono Shahobiddin
6)"...Chorsu orqasidagi bizning chapdast temirchilar ko'chasidan o'tgansizlar, ularning "taraq-turug'i" quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur. O'zbek g'azallarini tinglaganda ham ayni shu azobni his eturmen!" deb kim aytadi? J:Binoiy
7)" Belidan yuqorisi kengayib borgan, qabariq ko'krakli, miqti gavdali " deya kim ta'riflanadi? J: Husayn Boyqaro
8) Past bo'yli, tiyrak ko'zli, xushmuomala, hisob-kitobga mohir kishi kim edi? J:Xo'ja Afzal
9) Sulton Mahmud kim edi? J : Abu Said mirzoning o'g'li
10) "Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin " qaysi asardan olingan? J: Navoig romanidan
11) Qaysi temuriy hukmdor " qilichdan ko'ra mayga, jang maydonlaridan ko'ra chaman bog'larda tuzilgan sho'x bazmlarga moyil ? J:Husayn Boyqaro
12) "Yirik, qiyiq, o'tkir qarovchi ko'zlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va sho'x tabiatni ham ifodalar edi " deya kimga ta'rif berilgan? J:Husayn Boyqaro
13) Podsho qoshida bo'lib, farmonlarni yozib turadigan, ishlar haqida podshoga husob beradigan mansab qaysi? J: Parvonachi
14) "O'tka yoqqil sarvni, ul qaddi ra'no bolmasa, Elga bergil gulni, ruxsori zebo bo'lmasa" misralari muallifi kim? J:Husayn Boyqaro
15) "Muqarrib " sozining ma'nosi nima? J:Yaqin turuvchi, hamsuhbat
16) Beklar begi deya ta'riflangan ,Husayn Boyqaroga yaqin joyda o"tiradigan shaxs? J:Muzaffar barlos
17) Qadim beklar naslidan bo'lib, g'oyat bilimli, ulug'vor odam, qushga o'chligidan biror qushi o'lib qolsa, u uchun motam tutadigan shaxs? J:Muhammad burunduq barlos
18) Telbaroq, lekin ajoyib qilichboz, bahodir, yovqur bek, har vaqt ikki qo'li bilan shatranj o'ynaydi " deya kim ta'riflangan? J:Zulnun Arg'un
19 ) "Ajoyib qonun chaladigan, she'r aytadigan, xatni chiroyli bitadigan, she'rni favqulodda zavq va ingichkalik bilan tanlasa-da, ashaddiy fisq va fujurchi " deya kim ta'riflangan? J:Xo"ja Abdulla Marvoriy
20) " Butun harakati nafis va nozik ajoyib raqs etadi, o'zi ixtiro qilgan raqslari bor " deya kim ta'riflangan? J:Saydbadriddin
21) " Qari, Sodda, so'zi va harakatu telbaroq bahodir " deya kim ta'riflangan? J:Zulnun Arg'un
22) Husayn Boyqaro vazirlik lavozimiga kimni tavsiya etadi? J:Nizomulmulk Havofiyni
23) Olimlar orasida johilligi bilan tanilgan, do'sti Majdiddin tomonidan " zamonasining Aflotuni " deya kim ta'riflangan? J: Mavlono Shahobiddin
24)"Bir vaqtlar Abu Said mirzo davrida o'ng ming dinorlik vaqf mulkini yeb qo'y
ib sharmanda bo'lgan eski qallob" deya kim ta'riflangan? J:Mavlono Shahobiddinga
25) Navoiy Mirak Naqqosh bilan qaysi imoratning naqdhi haqida so'zlashadi? J:"Binafsha bog'"
26)"Inson uchun toj kiymoq shart emas, balki nomus va vijdon sohibi bo'lmoq, jamiyat oldida o'z mas'uliyatini sezmoq shart!" Navoiy ushbu fikrni kimga aytgan? J:Badiuzzamonga
27) Badiuzzamonning hamsuhbati va shoiri kim edi? J:Mavlono Zamoniy
28)"Dovot" so'zining ma'nosi nima? J: Siyohdon
29) "Fusaholar" kimlar? J:So'zga chechan odamlar, go'zal so'zlovchilar
30)"Sadr " kim? J: Vaqf va diniy ishlarni boshqaruvchi ma'mur
31)"... chuvak yuzini dag'al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har vaqt yarim yumuq xira ko'zli, past bo'yli, chamasi qirq yoshdagi kishi edi"deya kim ta'riflangan? J:Aloiddin Mashhadiy
32) O'z zamonasining eng peshqadam mudarrislarida o'n yillab dars olgan bo'lsa ham, biron ilmda o'zini yorqin ko'rsata olmagan shaxs kim? J:Aloiddin Mashhadiy
33) Savodsiz bekni "Jomi ul-ulum" , "Xazinai maoniy","Fuzalo va shuaro homiysi" deb yuksaltirgan shax kim? J: Aloiddin Mashhadiy
34)"... asabiy, jizzaki, sezgir shaxs; arzimagan narsaga kishidan ko'ngli qoladi.U kimdan ranjisa o'sha soatda bir hajv ila o'z dushmanini so'z balchig'iga shunday bulg'aydiki, o'qir ekan, eng chirkin hid burqib turadi..." deya kim ta'riflanadi? J:Aloiddin Mashhadiy
35)"... hirotlik o'rta hol oilaga mansub, qaddi-qomati nozik, xushmuomala, xushsuhbat, havoyi tabiatli yigirma-yigirma bir yashar yigit" deya kim ta'riflangan? J:Zayniddin
36) Madrasa ahli orasida o'zining husnixati bilan mashhur shaxs kim? J:Zayniddin
37)"...ikki yil burun Shahrisabzdan tahsil uchun kelgan, do'ng peshonali, miqti gavdali, o'tkir, yirik ko'zli o'n sakkiz yashar..."deb kimga ta'rif berilgan? J:Sultonmurod
38) Aloiddin Mashhadiyning Samarqandlik mehmoni kim edi? J:To'g'onbek
39)"...yo'g'on, chorpaxil gavdali, dakkam-dukkam qizg'ish mo'ylabli; keng,qoramtir yuzining yanoqlari bo'rtgan; qisiq ko'zlari ayyorcha beqaror..." deya kim ta'riflangan? J: To'g'onbek
40)Kim Sinovda ko'p durust natija bergan, ya'ni Hirotning saxovatli a'yonlaridan yoki eski shahzodalardan biriga qasida yozib, murojaat qilishni taklif etadi ? J:Zayniddin
41)"Navoiy" romanida holvafurush kim edi? J:Turobiy
42) Iroqdan kelgan Mufrid qalandardan Havzi mohiyonda besh tayoq yeb , oyoq suyaklari bir xalta oshiqdek bo'linib ketgan obraz qaysi asarda uchraydi? J:"Navoiy"
43) "Navoiy" (Oybek) romanida Alisher to‘rt yoshlarida biyron
tili bilan kimning baytini o‘qib beradi?
Mirzo Qosim Anvoriy
44)To'g'onbek xanjarini garovga qo'yib qancha pul oladi aslahafurushdan? J: Besh dinor
45) To'g'onbek sharobxonada kimni uchratadi? J:To'qli merganni
46)Alisher Navoiyning Samarqandlik so'nggi ustodi kim edi? J:Xo'ja Fazlullo Abullays
47) Havoyi hayotga berilgan,beparvo, uquvsizroq edi deb kim ta'riflangan? J:Darveshali
48)"Shi'iy va sunniy" g'avg'osi haqida Navoiyga kim xabar beradi? J:Darveshali
49)"Inson barcha maxluqotning tojidir.U sharafli, sof, go'zal yashamog'i kerak!"-deya kim ta'kidlagan? J:Alisher Navoiy
50)"Soda, dilovar, ov va qush ilmining piri, ozining maxsus yoyini kuch bilan otib, o'qni taxtadan o'tkazar edi" deya kimga ta'rif berilgan? J:Islim barlos
51)“Osoyishtalik, tinchlikni yaxshi korardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi...” Ushbu tarif qaysi asardan va kim haqida?
J: Oybek “Navoiy” romani,Navoiy
52)Husayn Boyqaro Navoiy bilan qaysi mansabga kishi tayinlash to'g'risida kengashadi? J: Hirot qozisining o'rniga
53) "Bu mansab sohibi oqni qora demasin, poraxo'r bo'lmasin, hatto o'z o'g'lidan gunoh sodir bo'lsa, uni qonun-qoidaga muvofiq jazolaguchi bo'lsin!" Navoiy qaysi mansab haqida shunday fikr bildiradi? J:Qozilik haqida
54)"Bag'oyat bo'lumli inson.Mirzoyi kichkina ixlos bilan xizmat qilmoqda.Bizga sadoqati, himmati baland, havasim keldi." Husayn Boyqaro kim haqida Navoiyga ushbu fikrlarni aytgan? J:Majdiddin Muhammad haqida
55) "Mahdum" so'zining ma'nosi nima? J:ulamo va ruhoniylar, pir va ustozlarga beriladigan unvon
56) Mirak Naqqosh kimni: "Zehni baland, qo'li oltin ekan. San'atda juda tez ilgarilab ketdi ", -deb maqtaydi? J:Kamoliddin Behzodni
57)"Bu ko'hna jahon sizningdek san'atkorni hanuz ko'rmagan edi. Qalamingizning husni har qanday ta'rifdan benihoya balanddir" deb Navoiy kimni maqtaydi? J: Kamoliddin Behzodni
58)Husayn Boyqaro katta va davomli ovga tayyorgarlik ko'rishni va jamiyki ovga doir ishlarni kimga topshiradi? J:Islim barlosga
59)Majididdinning cho'risi kim edi? J:Bo'ston
60) "Shohlamnig xazinasi bamisoli bir daryo... Lekin
bir farqi bor: suv ko‘paysa, daryo toshadi. Ammo xazina javohirotga aslo to‘ymaydi". Ushbu fikr kimga tegishli ? J:Majdiddinga
61) "Janoblariga oftobday ravshanki, xazinaga mab-
lag‘ el-ulusdan qatra-qatra tomib keladi. Biroda-
ringizning xolis niyati shulki, xazinaga tangani biz
qoplab-qanorlab ag‘darsak-da, so‘ng ulusdan bir-bir
terib olsak..." deya kim aytadi? J:Abulziyo
62) "...baland bo‘yli, jussalikkina, butun
andomi o'ziga kelishgan, tiniq oq yuzli, ingichka,
nafis qoshli; ko‘zlarining qora yulduzi yoshlik husnining, kuchining jonli, fusunkor olovi bilan yongan o‘n
olti-o‘n yetti yashar suluv qiz edi" deya kimga ta'rif berilgan? J:Dildorga
63) "...barvasta qomat, o‘mrovli, sodda, o‘n
sakkiz yashar yigitcha edi. Uning mehnatda chiniqqan
qoramtir yuzida, jonli, tiyrak, yirik ko‘zlarida bolalar-
cha ma’sumlik jilvalanardi. U bu qishloqlik bo‘lib,
bolalikdan poda boqqan, yerdorlaming xirmonini
ko‘targan, qo‘sh haydagan. Uch-to‘rt yildan buyon
hirotlik bir tarxonning shu atrofdagi yerlarida qarol
bo‘lib ishlardi..." deya kim ta'riflangan? J:Arslonqul
64) Temur avlodi orasida qilich chopishdagi mahorati bilan tanilgan hukmdor kim? J:Husayn Boyqaro
65)"...katta, yumaloq
boshida kir taqya, egnida har joyi kuygan, turli dog‘lar
bilan yiltiragan eski jomakor; ko‘zlari yoshlangan, jid-
diy, salobatli yuzida olov yallig‘i jilvalangan, ko‘rkam
soqolining oqi kir sarg‘ish tus oigan. Ellik yoshlarda
bo'lgan bu ajoyib odam mashhur kimyogar va shoir..." kim edi? J : Abdulahad
66) Yigirma yildan buyon yolg'iz boshiga kimyo ilmi bilan mashg'ul bo'lgan shax kim? J:Abdulahad
66) "...Aslida, johillar ulardir. Filhaqiqat, insoni
komil bo‘lmoq uchun ilmdan o‘zga yana bir ko‘p
sifatlar kerak emish. Undog‘ zolimlarga har nechuk
jazo ham ozdir!" deya kim aytadi? J : Sultonmurod
67) "Temur avlodidan bo‘lgan yosh shahzoda.
Temurning ba’zi avlodlari kabi, u atak-chechak qilish-
dan boshlab harbiy san’atni egallashga intilgan, murti
chiqmasdan turib, minglarcha yigitlaming tepasida
ot surgan, siyosiy janjallarda suyagi qotgan, safarlar-
ning zahmatidan, jang maydonlarining dahshatli
suronidan zavqlanuvchi pishiq, puxta bir shahzoda
emasdi." Deya kim ta'riflangan? J:Mirzo Yodgor
68) "...erka o‘sgan, ziynatli hayotning
lazzatiga, ishq, may, musiqiy olamining yoqimli,
orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi." deya kim ta'riflangan? J:Mirzo Yodgor
69) Davlat ishlarida tadbirli
ayol va, umuman, bilimdon, oqila hisoblangan Mirzo Yodgorning ammasi kim edi? J:Sultonbegim
70) Mirzo Yodgor kimning ustiga yurish qilib qulaygina yengadi? J: Zohid Tarxiyning
71) "Soddagina chodirda zotan tinch yashagandek
ko‘rinsa ham, haqiqatda shovqin-suronsiz, katta
g‘ayrat bilan qo‘shinni mahkamlashga harakat qilardi." deya kim ta'riflangan? J:Alisher Navoiy
72) "..har bir ishda
aqlni rahnamo qilmoq lozimdir. Zeroki, insonlar haq
yo‘lini hamisha aqlning nuri bilan topmishlar. Har
turli mushkilotlami ham aql bilan hal etmishlar." deb kim aytadi? J:Alisher Navoiy
73) "Oz so'zlovchi sodda bahodir..." deya kimga ta'rif berilgan? J:Zulnun Arg'unbek
74) "Haq so‘zni aytgan og‘izlami tosh
bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatmoqqa
ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur" ushbu fikrlar kimga tegishli? J:Alisher Navoiy
75)Navoiyning sadoqatli navkar kim? J:Boboali
76)"... otda yurishn
i, sokin dala manzaralarini tomosha qilishni sevar, hatto ba'zan ot ustida ilhomga berilib, g'azallar to'qir edi" deb kim ta'riflangan? J:Alisher Navoiy
77) Pilpoyon degan mavzeda Husayn Boyqaroga kimlar qo'shiladi? J:Muhammad Arlot, Amir Sarbon
78) "...sakson yoshlarga yetgan, chillakday oriq, ingichka va yelkasi turtib chiqqan.." deya kim ta'riflangan? J:Bobo Xokiy
79)"Shoh mastu jahon xarobu dushman pasu pesh!" Navoiy ushbu so'zlarni kimga qarata aytadi? J:Mirzo Yodgor
80)"o'n ikki-o'n uch yoshli, nozik gavdali, xushbichim, chiroyli bola" deya kim ta'riflangan? J:Badiuzzamon
\Qofiya", \Hoshiya", \Shamsiya" kitoblari qanday kitoblar?
J.: Madrasada o‘qitiladigan kitoblar
2. \Arabiyot" qanday kitob?
J.: Arab tili qoidalari kitobi
3. Yosh jihatdan eng kattasi | hujra sohibi . . . bo‘lib, chuvak yuzini dag‘al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har vaqt
yarim yumuq ko‘zli, past bo‘yli, chamasi
qirq yoshdagi kishi edi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
4. . . . o‘z zamonasining eng peshqadam mudarrislarida o‘n yillab dars olgan bo‘lsa
ham, biron ilmda o‘zini yorqin ko‘rsata olmagan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
5. U she’rning turli navlarida qalam yuritadi. Tunlarni uyqusiz kechirib, devon
tartib qilgan; muammoda o‘zini yagona
bo‘lmasa-da, har holda eng chapdastlardan
hisoblaydi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
6. . . . asabiy, jizzaki, sezgir shaxs; arzimagan narsaga kishidan ko‘ngli qoladi. U
kimdan ranjisa, o‘sha soatda bir hajv ila
o‘z \dushman"ini so‘z balchig‘iga shunday
bulg‘aydiki, o‘qirkan, eng chirkin hid burqib
turadi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
7. Shuhrat, iltifot qidirgan shoir shohlarga
bo‘lmasa-da, beklarga, vazirlarga, hatto
bulardan quyiroqdagilarga ham qasidalar
yozib taqdim etadi. Savodsiz bekni
\jomi ul-ilm", \xazinai-maoniy", \fuzalo va
shuaro homiysi" deb yuksaltiradi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Aloiddin Mashhadiy
8. Ikkinchi mullabachcha hirotlik o‘rta
hol oilaga mansub . . . , qaddi-qomati nozik,
xushmuomala, xushsuhbat, havoyi tabiatli
yigirma-yigirma bir yashar yigit edi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Zayniddin
9. Madrasa ahli orasida o‘zining husnixti bilan mashhur deb ta’riflangan yigit kim?
J.: Zayniddin
10. . . . yaxshi kuylaydi, g‘ijjakni go‘zal chaladi . . . asilzoda, sohibi davlat talabalarning va Hirotdagi bekzoda, vazirzodalarning
kechki bazmlariga, yig‘inchoqlariga borib,
kuyi, sozi bilan o‘ltirishni qizitib, qornini
to‘ydirar edi.
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Zayniddin
11. shahrisabzlik, do‘ng peshonali, miqti
gavdali, o‘tkir yirik ko‘zli o‘n sakkiz yashar
yigit ?dots
Ushbu ta’riflangan kishi kim?
J.: Sultonmurod
12. Shahrisabzlik mashhur sangtarosh
ustaning o‘g‘li kim?
J.: Sultonmurod
13. O‘qimishli, jonkash-jafokash onaning
tarbiyasida ulg‘ayib, dastlab o‘z shahrida,
so‘ngra Samarqandda tahsil ko‘rib, nihoyat,
qarindoshlarining yordami bilan Hirotga kelib, bu madrasaga joylashgan edi.
Ushbu kishi kim?
J.: Sultonmurod
14. Diniy ilmlardan tashqari, riyoziyot,
ilmi nijum, mantiq, adabiyot va hokazolarda
keng, pishiq ma’lumot kasb etgan edi.
Ushbu kishi kim?
J.: Sultonmurod
15. U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali, dakkamdukkam qizg‘ish mo‘ylabli; keng, qoramtir
yuzining yonoqlari bo‘rtgan; qisiq ko‘zlari
ayyorcha beqaror; ... egnida qo‘pol eski
po‘stin, boshida qunduzi qalin katta bo‘rk...
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
16. Kimlarning ismiga Tarxon so‘zi qo‘shib ishlatilgan?
J.: Podshohdan alohida huquq va imtiyozlar olgan
aslzodalarning
17. ...dadasi Feruzbek qaysi bir saharda
dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi...
Ushbu Feruzbek kimning dadasi?
J.: To‘g‘onbekning
18. O‘n yetti yoshdan boshlab Movarounnahrda, Xurosonda, Dashti Qipchoqda,
Iroqda, va umuman, bir vaqtlar Amir
Temurning qilichiga tobe bo‘lgan bir ko‘p
mamlakatlarda qaynoq siyosiy kurashlarga,
uzluksiz qo‘zg‘olonlarga, fitnalarga boshi bilan sho‘ng‘idi. Baxt, shon-shavkat qidirib,
o‘zini o‘tga-cho‘qqa urdi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
19. Chig‘atoy-o‘zbek sultonlari, turkman
beklarining ostonalarini yaladi. Har qaysisida bir muddat xizmat qildi: aldadi, aldandi; taladi, talandi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
20. Kim Aloiddin Mashhadiy bilan do‘s t tutinadi?
J.: To‘g‘onbek
21. ... u uchqur otda chaqmoqday
yonib, janglarda qilichbozlik qilishni, o‘qyoy otishdagi kuchi va mahorati bilan
barchani tong qoldirishni, qal’alarga bosqin
yasashni, tog‘day yuksalgan qo‘rg‘onlarga
botir yigitlar bilan birga shotilar qo‘yib,
hoy-huy, arosat solishni, sahroyi xalqning
qishlovlariga o‘t qo‘yib, minglab qo‘ylarni
o‘lja haydashni sevadi.
Ushbu kishi kim?
J.: To‘g‘onbek
22. Qaysi asarda bf \Aqlli, o‘qimishli odamlar
xor-zor bo‘lib, johillarning aziz bo‘lgani dunyoda ko‘p ko‘rilgan hodisadir" degan mazmundagi
forscha she’riy bayt keltirilgan?
J.: \Navoiy" romanida
23. \So‘fi so‘g‘on yer, topilsa yo‘g‘on yer"
iborasi kimning tilidan aytilgan?
J.: To‘g‘onbekning
24. Qaysi qahramon Hirotning halvofurushi ham,
kabobpazi ham shoir ekaniga kinoya bilan ishora
qiladi?
J.: To‘g‘onbek
25. O‘zi halvofurush bo‘lgan shoir kim?
J.: Mavlono Turobiy
26. Oyoqda turib shoirning yangi g‘azali
yoki qaisdasini, cholg‘uchining yangi maqomini tinglar, Hirotning ko‘cha yigitlari bilan
ularning tilida, ruhida bir nafas hangomalashar; mudragan semiz qassobning qornini,
xasis baqqolning pachaq tarozisini, havoni
yangratib qichqirgan novvoyning nonini bittadan bayt aytib hajv etar...
Ushbu kishi kim?
J.: Zayniddin
27. Qaysi asarda \Hirot dunyodagi hamma
shaharlarning ko‘zi va chirog‘idir. Jahon
bamisoli badan bo‘lsa, Hirot unga nisbatan
jondir" degan mazmundagi forscha she’riy bayt
keltirilgan?
J.: \Navoiy" romanida
28. ... cho‘qqi soqol, yelkasi chiqiq chol...
u o‘ttiz hunarda yagona: naqqoshlik va
zargarlikdan to sartaroshlikkacha, kimyogarlik va muqovachilikdan to xodimlikkacha
nodir odam.
Ushbu kishi kim?
J.: Usta Orif Buxoriy
1. \... erka o‘sgan, ziynatli hayotning
lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli,
orombaxsh hislariga berilgan yigitcha" deb
ta’riflangan qahramon kim?
J.: Mirzo Yodgor
2. Kim \Davlat ishlariga tadbirli ayol va
umuman, bilimdon, oqila" deb ta’riflangan?
J.: Poyanda Sultonbegim
3. Jurjon hokimi kim?
J.: Zohid Tarxiy
4. Kim \Chorpaxil, beso‘naqay" deb
ta’riflangan?
J.: Islim Barlos
5. Kim \Oz so‘zlovchi, sodda bahodir" deb
ta’riflangan?
J.: Zunnun Arg‘unbek
6. Burong‘or so‘zi nimani anglatadi?
J.: \Qo‘shinning o‘ng tomoni"
7. Jurong‘or so‘zi nimani anglatadi?
J.: \Qo‘shinning so‘l tomoni"
8. G‘ol so‘zi nimani anglatadi?
J.: \Qo‘shinning o‘rta qismi"
9. Barq so‘zi nimani anglatadi?
J.: \Chaqmoq, yashin"
10. Mirzo Yodgorning sardori kim?
J.: Amir Ahmadali
11. \Yetti otning ustidan sakrab o‘tganligi
bilan dong chiqargan, chittakday yengil,
chaqqon, qarchig‘ayday olg‘ir" deb
ta’riflangan qahramon kim?
J.: Badriddin
12. Maxsus posbonlar boshlig‘i kim?
J.: Shirim qorovul
13. Alisher Navoiyning sadoqatli navkari kim?
J.: Boboali
14. Haqiqat olomon tarafidadir. Haq so‘zni
aytgan og‘izlarni qonatmoq emas, haqiqat
tamalini qulatmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni
kesmoq zarur.
Ushbu hikmat manbasi qaysi asar hisoblanadi?
J.: \Navoiy" romani 15. Yoshligidan boshlab dunyodan etak silkib
odamlardan uzoqda, vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan mashhur darvesh kim?
J.: Bobo Xokiy
16. "Sakson yoshlarga yetgan, chillakday
oriq, ingichka va yelkasi turtib chiqqan" deb
ta’riflangan kishi kim?
J.: Bobo Xokiy
17. \... uchi zanglagan bir nayzani olib,
g‘ordan tashqari chiqdi va uni nayzaboz
jangchilarday tutib, ko‘zlarida g‘azab
yongan holda Hirot tomonga o‘qtaldi,
dushmanni sanchganday, uch marta
havoni sanchdi-da, Husayn Boyqaro qo‘liga
tutqazdi".
Ushbu parchada tasvirlagan kishi kim?
J.: Bobo Xokiy
18. Mirzo Yodgorni kim asir oladi?
J.: Navoiy boshliq Boboali va bir dasta sarbozlar
19. \Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan
afzal" deb biladigan qahramon kim?
J.: Alisher Navoiy
20. Tarabxona so‘zining ma’nosi nima?
J.: Bazm qilinadigan joy
21. Hirotdagi qaysi imoratni Bobur \shiringina
imorattur" deb ta’riflagan?
J.: Tarabxonani
22. Husayn Boyqaro saroyi pahlavonlarining eng
zo‘ri va mohiri kim?
J.: Muhammad Sayid
23. Husayn Boyqaro kimga Pahlavoni olam degan
laqab bergan?
J.: Muhammad Sayidga
23. Kim ham pahlavon, ham shoir, ham musiqachi
deb ta’riflanadi?
J.: Muhammad Sayid
24. Qaysi voqeani Muhammad Sayid \Ko‘hna
Xuroson tarixining oltin sahifasi" deb, Xo‘ja
Afzal esa \El baxtining tug‘ilgan kuni" deb
ta’riflaydi?
J.: Alisher Navoiyning muhrdorlikka tayinlanganini
25. Dastlab parvonachi lavozimida bo‘lgan kishi
kim?
J.: Majididdin
26. Kim qimorboz deb ta’riflangan?
J.: Amir Mo‘g‘ul
27. Kim \Har vaqt yasanib-tusanib, tovusday tovlanib yuradigan, sersavlat, ayyor"
deb ta’riflangan?
J.: Nizomulmulk
28. \Hammaning ko‘zi qilichini hassa kabi
yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda
edi".
Ushbu parchada tasvirlangan shoir kim?
J.: Alisher Navoiy
29. Alisher Navoiy o‘z muhrini Husayn Boyqaro
yorlig‘ining qayeriga bosadi?
J.: Barcha mulozimlar muhrining eng pastiga
30. Kim \Xuroson olimlari orasida ilmdan
eng benasibi, lekin eng mutakabbiri. U ilm
dunyosiga yolg‘iz shallaqilik bilan kirgan"
deb ta’riflangan?
J.: Mavlono Shahobidin
31. Kimning nutqida turkiy va forsiy shoirlar o‘zaro taqqoslanib \sopalak tosh bilan
Badaxshon la’li va aqiqi boshqa-boshqa
narsadir" taqqosi qo‘llanadi?
J.: Mavlono Shahobiddinning
32. \Hammalaringiz Chorsu orqasidagi
bizning chapdast temirchilar ko‘chasidan
o‘tgansizlar, ularning \taraq-turug‘i" quloqlarga mix qoqqandan battar azob berur.
O‘zbek g‘azallarini tinglaganda ham ayni
azobni his eturmen!".
Ushbu parcha kimning nutqidan olingan?
J.: Shoir Binoiyning
3. Alisher Navoiy kimga \shogirdlaringizning
ko‘ngliga ma’rifat ishqini solg‘aysiz, moldavlat uchun ilmingizni solmangiz. Inson
uchun ko‘ngilning sofligi, boyligi kerak" deb
nasihat qiladi?
J.: Sultonmurodga
34. \Gulning to‘ni qirq bo‘lsa ham, u
guldir!"
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: \Navoiy" romanida
35. \Ilm ko‘mig‘liq xazina emas, jonli
daraxtdir, o‘smog‘i, gullamog‘i, meva
bermog‘i kerak!"
Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: \Navoiy" romanida
36. Alisher Navoiyning dovyurak, tadbirkor, o‘rni
kelsa, xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs
ekani qaysi voqeada yaqqol ko‘zga tashlanadi?
J.: Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg‘iz borishga
jazm qilganidan
1. Qaysi asar Bahor quyoshi ko’kning tiniq feruzasida Hirotning Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida porlashi bilan boshlanadi ? – Navoiy romani.
2. “Qofiya “ , “Hoshiya “ , “Shamsiya” –madrasada o’qitiladigan darslik kitoblari .
3. “Ilm-igna bilan quduq qazish”
4. Aloiddin Mashhadiy –yosh jihatidan eng kattasi, hujra sohibi , chuvak yuzini dag’al qora soqol bosgan , payvasta quyuq qoshli, har vaqt yarim yumuq xira ko’zli , past bo’yli , chamasi qirq yoshdagi kishi edi. U o’n besh yildan buyon “Gavharshod” madrasasida , shu hujrada istiqomat qilar edi. U devon tartib qilgan muammoda o’zini chapdastlardan hisoblaydi. U savodsiz beklarni “Jomi ul-ulum” , “Xazinai maoniy” , “Fuzalo va shuaro homiysi” deb yuksaltiradi. U asabiy , jizzaki , sezgir shaxs , arzimagan narsaga kishidan ko’ngli qoladi. U kimdandir ranjisa , o’sha soatda bir hajv ila o’z “dushman”ini so’z balchig’iga shunday bulg’aydiki o’qirkan eng chirkin hid burqib turadi.
5. Zayniddin- ikkinchi mulla bachcha hirotlik o’rta hol oilaga mansub , qaddi qomati nozik xushmuomala , xushsuhbat , havoyi tabiatli yigirma-yigirma bir yashar yigit edi . U to’rt besh yildan buyon tehsil ko’rib, arab va rus tillarini yaxshi egallagan . Lekin havoyi tabiatli bo’lishi, xursandchilikni sevishi orqasida tahsilga uncha qunt qilmaydi, husnixati bilan mashhur, yaxshi kuylaydi , g’ijjakni yaxshi chaladi.
6. Sultonmurod-uchinchi talaba ikki yil burun Shaxrisabzdan tehsil uchun kelgan do’ng peshonali , miqti gavdali, o’tki, yirik ko’zli o’n sakkiz yashar talaba edi.U Shaxrisabzda mashhur sartarosh ustaning o’g’li . Otasi vafot etganda uch yashar bola edi . Diniy ilmlardan tashqari riyoziyot, ilimi nujum (astronomiya) , mantiq , adabiyot va h.k.larda pishiq ma’lumot kasb etgan edi.U o’n to’rt yashar vaqtida Samarqandda bir domlasi unga shunday dedi: “…Bir olim ilmlarning hammasini asliday tirgizishga qodirman der ekan, o’g’lim sizda shunday zako va iste’dod ko’raman, g’ayratni aslo qo’ldan bermangiz”.
7. To’g’onbek- samarqandlik , yo’g’on, chorpaxil gavdali , qizg’ish mo’ylabli , keng qoramtir yuzining qisiq ko’zlari ayyorcha beqaror . Uning otasi Feruzbek safarda bedarak g’oyib bo’ldi . O’n yetti yoshdan boshlab Movarounnahrda, Xurosonda, Dashti Qipchoqda, Iroqdagi kurashlarda qatnashdi. Ikki oy ilgari yigirma besh yoshda Hirotga yuzlandi. Mashhadiy bilan do’st tutindi.
8. A.Mashhadiy:
Uftod ast dar jahon bisyor,
Betamis arjimandu oqil xor.(Aqlli o’qimishli odamlar xor-zor bo’lib, johillarning aziz bo’lgani dunyoda ko’p ko’rilgan hodisalar
9. To’g’onbek: So’fi so’g’on yer, topilsa yo’g’on yer
10. Hoji Solih-qari farrosh, darveshnamo , kamtarin, xayolchan kishi edi .
11. Turobiy- xalvafurush mavlono insoni komil odam.
12. Sultonmurod: Hirot chashmu charog’I jamii buldon ast.
Do'stlaringiz bilan baham: |