Shoir - davrning ko‘zi, qulog‘i ham vijdonidir. Shoir ijodi-ning qimmati asarlari mazmunining jamiyat hayotidagi eng muhim muammolarga munosabati bilan belgilanadi. Bu muammolarni chetlab o‘tgan shoir kishilarning ma’naviy hayotida sezilarli iz qoldirolmaydi. Hech bir shoir o‘z-o‘zidan — na o‘z kechinmalari, na iztiroblari, na shaxsiy saodati orqali buyuk bo‘lolmaydi. Har bir shoir, uning iztiroblari va saodati jamoatchilikning va tarixning zaminiga chuqur tomir yoygani, shoir, demak, jamiyatning, zamonning, insoniyatning tili va vakili bo‘lgani uchungina buyukdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |