Badiiy asar mazmuni tushunchasi.
Mazmunning salmoqdorligi. Badiiy asar mazmunining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda inson uchun, million-million kishilar uchun muhim bo‘lgan g‘oyalarning mavjudligidir. Buni „mazmundagi salmoqdorlik" deb atash mumkin. Adabiyot bunyod bo‘lgandan bed yozuvchilar o‘z asarlarini insoniyat uchun juda muhim bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldirishga harakat etadilar.
Asarda yozuvchi tomonidan maxsus targ‘ib etiladigan muhim g‘oyalarning mavjudligi adabiyotshunoslikda „tamoyil" deb ataladi, buyuk yozuvchilar ijodida ayniqsa yaqqol ko‘rinadigan bu fazilatga juda baland baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |