Badiiy asar shakli tushunchasi.
Xarakter adabiy asar mazmunining shaklidir. Chunki o‘quvchi mazmunni dastavval va butunicha xarakterlar orqali biladi va „hazm etadi". Shu sababli ham xarakterlar o‘quvchi yodida qoladi. Adabiy asarning boshqa komponentlari - tipik haroit tasviri, uning ifodasi bo‘lgan sujet va adabiyotning „material"i hisoblangan til xarakter yaratishning vositasi vazifasini bajaradi. Xarakter mazmunga nisbatan shakl bo‘lsa, til xarakterga nisbatan shakldir. Xarakter tasviri asarning mazmunini „badiiy axborof’ga aylantiradi. Xarakterning bir xususiyati bunga xizmat etadi: xarakter hayotiy haqiqatni aniq hissiy shaklda aks ettiradi, ya’ni asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va shu bilan birga bizning hislarimizga ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |