O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARI FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO’NALISHI 17.74-GURUH TALABASI Maftuna Dilbarjonovaning ADABIYOTSHUNOSLIK fanidan Mustaqil ishi BADIIY ASAR tuzilishi (KOMPOZITSIYASI) Reja:
1
- Kompozitsiya va uning vazifasi
11
111
Kompozitsiya (lat. sompositio — tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklaming va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o‘zaro bog‘liqligi va joylashish (o‘rinlashish) tartibi tushuniladi. U o‘zida persona- jlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epeisodion — begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usul- larining o‘zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo‘lim, band, parda, ko‘rinish va sh.k. bo‘linishini jamg‘aradi. Darvoqe, «kompozitsiya — badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo‘ysundiruvchi kuch. Uning vazifasi biron-bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ayni chog‘da, uning bir butunlikka birikishini nazorat qilishdir. Uning maqsadi barcha bo'laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g‘oyasini to‘liq ifodalashga qodir bo‘lsinlar»'.
Bu fikrlardan ko‘rinadiki, asar g‘oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko‘rinish, bironta xatti-harakat, bironta so‘z bo‘lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go‘zallikda yagona olamni — badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo'ladi.
Har qanday asardagi bosh g‘oya (Mas., «0 ‘tkan kunlar»ning bosh g‘oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kun- laridir) — kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so‘zlar...) bo‘ysunadi va uning talabiga ko‘ra asar to‘qimasidan o‘z o‘mini oladi. Ayni paytda, bosh g‘oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojaat qilaylik:
«0 ‘tkan kunlar»da Kumushning ko'zi yorishi (tug‘ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor — azadorliklari tufayli Kumushning tug‘ishi arafasiga yetib borolmaydilar (Holbuki, o‘zbek odatiga binoan qizning birinchi tug'ishida onasi uning oldida boMishi kerak).
Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo‘lganida zaharlanish yuz bermagan bo'larmidi?) va halok bo‘lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojiasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni — eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko‘rsatish orqali) isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |