Muallif fikri
|
O`quvchi izohi
|
Agar bir qatla ko`rdi har sabaqni, Yana ochmoq yo`q erdi ul varaqni.
|
Farhod qaysi bir kitobni varaqlamasin,o`qigan har bir misrasi xotirasida saqlanardi. Unda quvvayi hofiza-yodda saqlash xusuaiyati bor. Ya’ni o`qilgan kitobni ikkinchi marta o`qishning zarurati yo`q edi.
|
O`qib o`tmak, uqib o`tmak shiri,
Qolib yodida safha-safha bori…
|
Farhod faqatgina o`qibgina qolmay, balki o`qilgan narsani uqishga intilardi. Olingan bilimidan o`zida xulosa chiqara olardi.
|
Bo`lib el anduhidin ko`ngli g`amnok,
Yaqo chokni ko`rib,ko`ksin qilib chok
|
? ? ?
|
Umumlashtirish
Farhod bolaligidan boshlab ijobiy xislatlarga ega bo`ladi. Undagi ijobiy xislatlar insonning baxti uchun kurash bilan bog`langan holda rivojlantiriladi.
Farhod juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. Farhod-nihoyatda kamtar kishi. Bu xususiyat uning boshqa fazilatlarini yanada mujassamlashtiradi. U o`zini oddiy kishilardan biri, deb hisoblaydi va mazlum xalqni chin ko`ngildan sevadi.
|
Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan tuyg`u qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkor betaraf bo`lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so`ng yaratiladi. Adibning tuyg`ulari nechog`lik kuchli, ko`zi qanchalar o`tkir, tili qanchalik boy bo`lsa, o`quvchi uning asaridan shunchalik qattiq ta’sirlanadi.
Shu jihatdan ham badiiy asarni tahlil etish jarayonida “Kichik guruhlarda
ishlash” ham qo`l keladi. Bunda quyidagicha ish olib boriladi: Namuna:
А.Navoiyning “Farhod va Shirin” аsarini o`tishda mashg`ulotning borishi:
1-qadam: O`quvchilar she’riy misralarni umumlashtirish asosida “Kichik guruh”larga bo`linadilar (1-2-3-4).
2-qadam: Guruhlar mavzu doirasida o`z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar.
3-qadam.:Har bir guruhga savollar beriladi:
1-guruh uchun:
1.Tasavvuf qanday ta’limot? Javob: Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta`limot.
2.Nafsni yengish quroli nima? Javob: Ishq.
2-guruh uchun:
1.Qanday inson komil insondir? Javob: qalb pokligiga erishgan, yuksak ma`naviyayli, barkamol shaxs. Poklanish yo‘li – nafsni yengishdir.
2 Ishq nima? Javob: Inson qalbini ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig`indisi.
3-guruh uchun:
1.Navoiy insonnig nafsga munosabati haqida nima deb yozadi? Javob: “Nafs itin qilsang zabun olamda yo`q sendek shujo”.
2. “Farhod va Shirin” dostonidagi Boniy kim? Javob: Ko`ngilga ishq binosinisini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komil.
4-guruh uchun:
1.Tasavvufning maqsadi nima? Javob: Insonni ruhiy, manaviy jihatdan paklash, ya`ni komil insonni taminlashdir.
2. Qoran kim? Javob: Ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarini parchalash ilmini bildirgan murshid.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4-qadam: O`qituvchi tomonidan aniq reglament,intizom,hamjihatlik,o`zaro hurmat,qisqa va aniqlik bo`yicha ko`rsatmalar beriladi.
5-qadam: Kichik guruhlar o`z ishlarini “Тaqdimot”qiladilar.
6-qadam: Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7-qadam:Kichik guruhlar ishi baholanadi.
Bu metod orqali o`zlashtirish yaxshilanadi, barcha o`quvchilar mashg`ulotga jalb etiladi,muloqot ko`nikmasining rivojlanishiga olib keladi, badiiy asar matnini talqin eta olish, o`z-o`zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi.
Taqqoslash, qiyoslash metodi Q.Husanboyeva tomonidan esa alohida metod sifatida o`rganilib, unda qahramonlar hayoti va o`zaro munosabatlari misolida o`quvchilarning inson shaxsi va ichki dunyosini tadqiq qilish faoliyatini qamrab olishga urg`u beriladi. Badiiy asarlarni taqqoslash orqali o`quvchilarda muayyan xalq adabiyotidagi mushtarak g`oya va maqsadlarni ajrata bilish, ulardan turli davrlarga xos uslub yoki ijtimoiy tuzum, ideallarni farqlash malakalari shakllantiriladi. Masalan, ”Shum bola”dagi Qoravoy va “Sariq devni minib” dagi Hoshimjon, ”Kichkina shahzoda” yoki “Oq kema”asarlaridagi Bola, Mo`min chol hamda “O`g`ri” hikoyasidagi Qobil bobo obrazlarining tashqi va ichki portreti, hayot tarzi, boshidan kechirgan sarguzashtlaridagi mushtaraklik yoki farqli jihatlar shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, o`quvchiga beriladigan uy ishiga ketadigan vaqt shunday taqsimlanishi kerakki, unda qo`shimcha ravishda, albatta, axloqiy-ta’limiy mazmundagi muayyan bir adabiyotning ma’lum bir qismini o`qib, shu haqda fikrni yozib kelish imkoni qolsin. O`quvchining yozma fikrlari o`qituvchi tomonidan to o`qilayotgan asar tugagunga qadar yig`ib boriladi va ma’lum vaqtga belgilangan badiiy asarlar mutolaasining muhokammasi o`tkaziladigan ijodiy kunda tahlil qilinadi. Har bir asosli fikr uchun o`quvchiga ball qo`yiladi va ballarning umumiy soni hisoblanib, yuqori natija ko`rsatgan ikki-uch o`quvchi badiiy kitob bilan rag`batlantiriladi.
Ushbu jarayonlar badiiy asarlarning hayotiy qimmatini hali yaxshi anglamaydigan o`quvchini kitob mutolaasiga tayyorlashda asqotadigan, ruhiy tarbiyaga asoslangan dastlabki bosqich, xolos. Adabiyot ta’limidagi innovatsion texnologiyalarning, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, pirovard maqsadi bola qalbida so`z sezgisi va shu asosda so`z sevgisini barqaror qilish, kamol toptirish, o`quvchi shuurida o`zi ifodalagan fikrning mantiqiyligi hamda aniqligidan huzurlanishni tarbiyalash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |