Tayyorgarlik. “Fikriy hujum” usulida o‘tiladigan dars boshlanganga qadar u darsda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo yoki bajarilishi lozim topshiriqdan talabalar xabardor qilinishlari lozim. Toki, ular bu muammo yoxud vazifa to‘g‘risida muayyan vaqt davomida bosh qotirishlari, o‘ylab ko‘rishlari mumkin bo‘lsin. Shuningdek, talabalar muayyan kichik guruhlarga bo‘linishlari va ularning har biri aniq vazifa bilan ta’minlanishlari zarur. Chunonchi, kim guruhga etakchi bo‘lishi, kimlar aytilgan turli-tuman fikrlarni yozib olish uchun kotiblik qilishi belgilab qo‘yilishi zarur. Shuningdek, o‘qituvchi bilimli va xolis talabalardan qaysi guruhning javobi eng to‘g‘ri ekanini belgilab beradigan hakamlar hay’atini tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |