Asarning lingvistik tahlili - Frazeologizmlar:
- 1)ona qo’ltiqqa yetmay xayrlashdi,
- 2)kiyik labidan uchgan hovurdey elas-elas ko’zga tashlanardi,
- 3)dengiz bilan qirg’oqning quturib olishayotgani,
- 4)to’lqinlar suv yalab silliqlab yuborgan toshlar uyumiga hamla qildi
- 5) joni ichiga sig’masdan,
- 6) og’zidan ona suti ketmagan bola,
Asarning lingvistik tahlili Kasb hunarga oid so’zlar - Ovchi
- Arqon o’rami
- Qayiq
- Eshkak
- Nayza
- O’rmonchi
- Suvli bochka
- O’lja
Toponimlar - Manchjuriya
- Olapar qoyasi
- Katta Siyna
- Kichik siyna
- O’rta Siyna
Asardagi milliy kalorit Asarda bitta urf-odat va an’ana bor: bu- agar qaysidir ona o’glini otasi bilan yo biror qarindoshi bilan dengiz safariga jo’natsa, ularga dengiz safari haqida og’iz ochmaydi, bundan tashqari ota va bola dengiz safariga chiqishsa bir biri bilan hech qachon ota-bola munosabatida bo’lmaydi ,xuddi, o’zlarini bir biriga begonadek tutishadi. Asardagi tugun - Sohil yoqalab chopayotgan olapar qissasida 4kishi dengizga ov qilish uchun chiqadi va bir kuni kuchli to’fon boshlanib osmon qop qora rangga kiradi, bundan so’ng atrofni qalin tuman o’rab oladi- bu hodisa tufayli 3kishi hayotdan ko’z yumadi, mana bu asarning tuguni hisoblanadi.
Asardagi konflikt turi - Tabiat-tabiat: dengiz – quruqlik
- Inson-inson: Milxun - Emrayin
Asar kulminatsiyasi - O’rxon oqsoqol oziq-ovqat nihoyatda kam qolganligidan, bundan tashqari, u yoshini yashab bo’lganini aytib birinchilardan bo’lib, qolganlar qayiqda tirik qolishlari uchun o’zini qayiqdan suvga tashlaydi,
- Bundan keyin, Milxun ochlikka, tashnalikka chidolmaganidan, irodasi zaifligidan, u ham o’zini suvga tashlaydi, halok bo’ladi.
- Va nihoyat, Kiriskning otasi Emrayin ham, o’g’li tirik qolishi,u hali yashashi uchun ham bir og’iz so’z demay o’g’li uxlab yotganida, o’zini suvga tashlab, halok qiladi.
Asardagi yechim - Bola uyg’onganida otasi yo’qligini ko’radi, va juda qattiq tushkunlikka tushadi, lekin oqsoqol aytgan qush osmonda uchayotganini ko’rib xursand bo’ladi, sababi u tumanda ham bemalol ucha oladigan birgina qush edi, shu qush orqali u uyi tomonga ketish yo’lini aniqlay olardi, bundan tashqari, otasini yo’qotganidan 2kun o’tib tumanlar tarqalib, osmonda yulduzlar chiqishni boshlardi, bularning yordamida ham uyga qaytish yo’lini aniqlasa bo’lar edi.
Asardan olgan taassurotlarim - “Sohil yoqalab chopayotgan olapar” qissasi menda sabr-toqat, chidam-bardosh, metin iroda, har qanday mashaqqatni ham yengib o‘tishi mumkin, degan tuyg‘u-tushunchalarni tarbiyalay oldi. Bu tuyg‘ular esa na millat, na davlat, na zamon, na makon tanlaydi. Shu bois ham bu asar umrboqiydir.
- Bundan tashqari, ota nima bo’lganda ham o’g’li tirik qolishi uchun, ularning nasli davom etishi uchun ham o’zini qurbon qilishga tayyor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |