Bitiruv malakaviy ishining metodlari: pedagogik tahlil, kuzatish, suhbat, pedagogik eksperiment.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:
1) Ilmiy pedagogik adabiyotlar, tadqiqot ishlarini o‘rganish orqali O‘quvchilarda tasviriy san’at ta’limining san’atshunoslik asoslari yo‘nalishidagi bilimlarini rivojlantirishning nazariy asoslari va omillari aniqlandi;
2) O‘quvchilarda tasviriy san’at ta’limining san’atshunoslik asoslari yo‘nalishidagi bilimlarini rivojlantirish asoslari ilmiy tahlil etildi;
3) O‘quvchilarda tasviriy san’at ta’limining san’atshunoslik asoslari yo‘nalishidagi bilimlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uni shakllantirish omillari tahlil etildi;
4) O‘quvchilarda tasviriy san’at ta’limining san’atshunoslik asoslari yo‘nalishidagi bilimlarini rivojlantirish nazariyasi ishlab chiqildi va uning samaradorligini aniqlandi.
Ximoyaga olib chiqadigan holatlar:
tasviriy san’at o‘qituvchilarida pedagogik kreativlik shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy qarashlar va yondashuvlar bilan boyitildi. SHuningdek, bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy yo‘naltirish motivlari, ularni rivojlantirish yo‘llari belgilab berildi.
Bitiruv malakaviy ishi natijasida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida pedagogik kompetentlikni shakllantirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar tayyorgarlashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xajmi
Kirish, ikki bob, 5 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
ESTETIKA CHEGARALARINI TAYINLASH VA HIMOYALASH
Tabiatda go‘zallik va san’atda go‘zallik. YUqoridagi ta’rifni e’tirof etish mavzuimiz doirasidan tabiatdagi go‘zallikni chiqarib tashlashni taqozo qiladi. Bunday chegaralanish biz uchun noqulay tuyulsa-da, har bir fanning o‘z tadqiqot sohasini o‘zi belgilash huquqi buni istisno qilmaydi. Lekin estetikani badiiy go‘zallik bilan chegaralashni bunday ma’noda tushunmaslik lozim. Kishilar kundalik hayotda go‘zal rang, go‘zal osmon, go‘zal daryo, go‘zal gul, go‘zal hayvon, yanada ko‘proq go‘zal insonlar to‘g‘risida gapirishga odatlanishgan. Hozircha bunday tashbehlarni narsalarga qay darajada qo‘llash yuzasidan musohabaga berilmagan va tabiatdagi go‘zallikni san’at go‘zalligi bilan yonma-yon qo‘ygan holda aytish mumkinki, badiiy go‘zallik tabiatnikidan a’lodir. CHunki san’atdagi go‘zallik ruh zaminida yuzaga kelib, qayta yaratilgan go‘zallikdir, modomiki, ruh ijodiyoti tabiat, uning narsa-hodisalaridan yuksak ekan, san’atdagi go‘zallik ham shu darajada tabiiy go‘zallikdan ustun turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |