Bachadon bo’yni orqasi endometriozi
Bu asosan bachadon bo’yni orqa yuzasida va dumg’aza bachadon boylamlari birikkan sohada rivojlanadi. Тarqalish darajasiga qarab 4 ga bo’linadi:
1. Endometrioz o’chog’i to’g’ri ichak va qin oralig’idagi yog’ to’qimasining qatlamlari atrofida joylashadi.
2. Endometrioz bachadon bo’yniga va qin devorlariga tarqaladi.
3. Jarayon to’g’ri ichak seroz qavatiga va bachadon dumg’aza boylamiga o’tadi.
4. Jarayon to’g’ri ichakning shilliq qavatiga, to’g’ri ichak va bachadon oralig’idagi bo’shliqqa tarqalib, juda ko’p chandiqlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Qin orqali ko’rilganda bachadan bo’yni yuqori qismining orqasida qattiq, notekis, harakatsiz tugunchalar aniqlanib, ularni paypaslaganda qattiq og’riq seziladi. Тugunchalar hayz boshlanishidan oldin kattalashganligini aniqlash mumkin.
Asosiy belgisi-doimiy og’riq bo’lib, bu og’riq hayzdan oldin va hayz vaqtida kuchayadi. Og’riq dumg’aza sohasiga, to’g’ri ichakka, qin sohasiga tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |