5. Kattalar mehnati.
•
Sanoat korxonalariga sayohat.
•
Kasblar haqida ma’lumot.
•
Dehqonchilik, bog‘dorchilik, sohalari haqida ma’lumot.
•
So‘pon-cho‘liqlar, sut sog‘uvchilar mehnati tushuncha hosil
qilish.
•
Pillakorlik mehnati.
•
Qurilish obyektlariga sayohat.
182
•
Qurilishda ishlatiladigan asbob-uskimalar.
•
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari.
•
Madaniyat xodimlari.
• Yo‘l harakati qoidalari.
•
Aloqa vositalari.
6. Bolalar o‘yinlari.
•
Ot o‘yin, do‘ppi o‘yin, hammompish, tosh o‘yini, chillak, var-
rak, loysuvoq o‘yini.
•
Chitti gul, o‘q terakmi-ko‘k terak, tepdik-sandiq ochildi, boy-
chechagim boylandi, hakkalakam-dukkalakam.
• «Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» o‘yinlari.
Yuqoridagi mavzulaming har biri bolalaming tevarak-atrof haqi
dagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog'lanishli nutqni ham rivojlan
tirishga hizmat qiladi.
Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida
nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, so‘ng bolalaming ota-
onalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy
boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug‘atida mustaqillik
bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog‘, Alisher Navoiy haykali,
0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti - I.A.Karimov, 0 ‘zbekiston
gerbi, 0 ‘zbekiston bayrog‘i, 0 ‘zbekiston madhiyasi, Toshkent -
0 ‘zbekistonning poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar
bilan boyiganligining guvohi bo‘ldik. Bolalaming so‘z zaxirasi bevo-
sita lco‘rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik.
Masalan, Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalar-
ning lug‘at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo‘yicha so‘zlar,
birikmalar qo‘shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur
haykali, Amir Temur - buyuk sarkarda, Toshkent mehmonxonasi,
« 0 ‘zbekiston» mehmonxonasi, 0 ‘zbekiston tarixi muzeyi, San’at
saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvo-
not bog‘i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6-7 yoshli bolalaming
kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ulaming xotirasi kuchli
bo‘lgani bois so‘z va birikmalami yaxshi o‘zlashtirib oladilar.
Bolalaming bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at
boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.
183
Qishloq bolalari ko‘proq o ‘ynaydigan o‘yinlar ulaming sanoqlar-
ni o‘rganishga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan
birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qo‘shiq-
o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir ikki, o‘n olti,
0 ‘n olti deb kim aytdi?
0 ‘n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab ko‘r ...
( 0 ‘yindagi bolalar sanaladi).
Yoki,
Hakkalakam, dukkalakam,
Chori amal, beri amal,
Qayda edi, tog‘da edi
Tog‘man, zuvman...
- _
(Chillak zuvillanadi).
Ayni paytda qo‘shiq-o‘yinlar. topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar
bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko
etib tarbiyalaydi.
«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami - ko‘k terab), «Tep-
dim sandiq ochildi» ertak - o ‘ymlari ham shunday ahamiyatga ega
о‘yinlardan sanaladi.
Chitti gul-o, chitti gul,
Hay-yu, chitti gul.
Chittigulga gul bosay,
Hay-yu, chitti gul.
Dukur-dukur ot keldi,
Chiqib qarang kim keldi?
Aravada un keldi,
Childirmada pul keldi.
Hay-yu, chitti gul,
Hay-yu, chitti gul.
Yoz fasli bilan bog‘liq «Laylak keldi, yoz bo‘ldi» qo‘shig‘i ham
bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi:
Laylak keldi, yoz bo‘ldi,
184
Qanoti qog‘oz bo‘ldi.
Laylak boradi toqqa,
Quloqlari halqa.
Halqasi tushib qoldi,
0 ‘tirdi yig‘lamoqqa.
«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirma-
da pul», «Oftob chiqdi olamga», «Cho‘pchak ter», «Kulcha yopdi
bir o‘choq», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qanoti qog‘oz bo‘ldi»
mazmuni gullar qushlar, narsalaming nomi, ulaming asl va ko‘chma
ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yod-
lash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi so‘zlaming ma’nosini bilib
olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini faol-
lashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra
jilolariga qiziqishni oshiradi.
Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir in-
sonning qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya
etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllanti-
rishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini
shakllantirish esa bog‘lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim ta-
lablardan sanaladi.
2.
Tevarak-atrofni bilishda bolalar nutqini rivojlantirish
mashg‘ulotlari. Tevarak-atrofni o‘rganish jarayoni bola tafakkurini ri
vojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo‘lmagan
hissiy rag‘batlantirishga sabab boiadi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha
yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki
tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiyot
bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko‘chadi. Shuning
uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning
go‘zalligini, bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy mu
nosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama ka-
mol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib bo-
rishiga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to‘lib
idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv-tarbiya jarayo-
nini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik
185
tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan
ma’no tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda maktabgacha
katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik
tizimning loyihasidir. Ya’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi,
mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir
butun tizim texnologiyasidir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi
bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlab chiqdik hamda eng yangi talablar darajasida
uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini
ishlab chiqdik.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan
so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib,
unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-
balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish -
dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ay-
niqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jum-
ladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya
etishga e ’tibor qaratiladi.
;
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish,
so‘rash, so‘rab bilib olish' dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari
sanaladi.
Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan
mavzular bo‘yicha uyushtiriladi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi:
dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi,
savollar tuziladi. Lekin bulaming har biri nimaga? nima uchun? ni-
madan? qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida
bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter
kasb etishi ham mumkin.
Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va
xulosadan iborat bo‘ladi.
Masalan, «Bahorda bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazdik» mavzuida
suhbat. Bu suhbat bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazilgandan keyingi kun
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |