Babayeva d. R


muloqot  va  ко ‘nikmalar



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

muloqot  va  ко ‘nikmalar

  mashg‘ulotlardan  tashqarida  shakllanadi. 

Maktabgacha  ta’limda  bolalarning  kattalar  (pedagoglar,  tibbiyot 

hamshiralari,  tarbiyachi  yordamchisi  va  boshq.)  bilan  muloqoti  har 

xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.

Mehnat jarayonida  -  xo‘jalik-maishiy,  qo‘l  va  qishloq  xo‘jaligi 

mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.

0 ‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli- 

yatni  shakllantiradi.  Bolalarda lug‘at,  mashg‘ulotlarda olingan bilim 

mustahkamlanadi  va  faollashadi.  0 ‘yinlarda  pedagogning  ishtirok 

Ctishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash- 

ga yordam beradi.

Qurilishga  oid  o‘yinlami  tashkil  etish jarayonida  tarbiyachi  bo­

lalar uchun  qiyin  bo‘lgan  so‘zlaming  (sifatni,  miqdomi,  hajmni  va 

narsalaming fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini 

aniqlashtiradi, faollashtiradi.

Matnli,  harakatchan  musiqiy  o‘yinlar,  sahnalashtjrish  o‘yinlari 

bola nutqining ifodaliligini  shakllantirish,  to‘g‘ri sur’at,  nafas  olish, 

yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja­

rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi- 

lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.

Didaktik  o‘yinlar  yordamida  bolalarda  atrof  olam  haqida­

gi  bilimlar  mustahkamlanadi,  lug‘at  mustahkamlanadi,  aniq- 

lashtiriladi  va  faollashtiriladi.  Didaktik  o‘yinlar  nutqiy  mahorat 

va ko‘nikmalami mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, 

hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.

Maishiy  faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti  uchun ulkan 

imkoniyatlar yaratadi.  Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vosi-



83


tasi  bo‘lib  xizmat  qilishi  uchun  pedagog  uni  boshqarishi  lozim. 

To‘g ‘ri  tashkil  etilgan  maishiy  faoliyat jarayonida  (ovqatlanish, 

kiyinish,  gimnastika,  sayohat  va  h.k.),  ya’ni  agarda  pedagog, 

ayniqsa,  kichik  guruhlar  pedagogi  maishiy  buyumlar  nomlarini, 

ularning  qismlari,  sifati,  xususiyati,  qo‘llanish maqsadini  batafsil 

tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlami amalga oshirsa va buni 

sharhlab  bersa,  bolalarga  savol  bersa,  ularga  maishiy  lug‘atdan 

foydalanishni  o ‘rgatsa  bolalaming  lug‘ati  boyiydi.  Agarda  peda­

gog o ‘z nutqida tashbeh,  qiyoslash,  sinonimlar, xalq og‘zaki  ijodi 

(maqollar,  matallar,  sanoq  she’rlar)dan keng  va  mohirona  foyda- 

lansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.

Bolalar  badiiy  adabiyoti  bolalami  har  tomonlama  rivojlantirish- 

ning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlan­

tirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.

Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayo- 

tini,  insoniy  his-tuyg‘ular  va  munosabatlar  dunyosini  ochib  beradi 

hamda  tushuntiradi.  Badiiy  so‘z  bola  nutqini  boyitadi,  uni  obrazli, 

ifodali  qiladi, jaranglayotgan  ona nutqning  go‘zalligini  tushunishga 

yordam beradi.

Maktabgacha  ta’limda  nutqni  rivojlantirishning  muhim  vosita­

si  sifatida  badiiy  so‘zdan  tashqari  tasviriy  san’at,  bayramlar  va  to- 

moshalardan foydalaniladi.  Ularning qimmati shundaki, u ijobiy his- 

siyotlami hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish daraja- 

siga ta’sir ko‘rsatadi.  Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik 

holati, g ‘ayrioddiy narsani kutish bolalaming qabul qilish qobiliyatini 

oshiradi,  materialni  eslab  qolishni  kuchaytiradi,  bolalar  nutqining 

ifodaliligiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Suratlar,  amaliy  san’at  buyumlarini 

tomosha  qilishda  bolalar  ko‘p  savol  beradilar,  olgan  taassurotlarini 

atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.

Bolalar  kun  bo‘yi  mashg‘ulotlarda,  o‘yinlarda,  xo‘jalik-maishiy 

va  mehnat  faoliyatida  o‘z  pedagoglari  bilan  muloqotda  bo‘ladilar. 

0 ‘z-o‘zidan maktabgacha  ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish  im- 

koniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

Maktabgacha davrdagi  kichik yoshli bolalami  nutqiy  tarbiyalash 

uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.


Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish