Babayeva d. R



Download 9,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/435
Sana31.12.2021
Hajmi9,9 Mb.
#224163
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   435
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi.Darslik.Babayeva D (1)

Lutfiniso:  To‘g‘ri,  bog‘cha  turar  joylarga  yaqin  bo‘lgani  yax- 

shi.  Biz  maslahatlashib,  bog‘chani  turar  joylarga  yaqin  qurdik. 

Bog‘chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin bo‘lishiga, o‘yin 

maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o'zgartirdik.



Sojida:  Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik.  Onalarimiz ish- 

dan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan kerakli narsala- 

rini xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar.

Haqiqatan  ham  bolalar  qurilishga  ijodiy,  hayotiy  yonda- 

shadilar va bu  ijodkorlik ularning nutqida  o‘z  ifodasini  topadi. 

Shunisi  ham  borki,  yuqorida  bayon  etayotgan  monologik  nutq 

usullarining  har biri  alohida-alohida  yuz bermaydi.  Ular  b a ’zi 

hikoyalarga  qo‘shilib  ketib,  ijodiy,  erkin,  bir  butun  hikoyani 

ifodalashi mumkin.

257



Birni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumidan 

bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y- 

xayollari, orzu-istaklari, tasawurlari murg‘ak qalbdan tilga ko‘chadi.

Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaming ba’zilarini na- 

muna tarzida keltiramiz:

Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov- 

limizga o‘tqazgan edilar.  Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. 

Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik.  Uning barglari juda chi- 

royli, yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi 

esa  mazali.  Mevasici  uzganimizdan  so‘ng  biz  qarindoshlarimizga, 

qo‘shnilarimizga taroatamiz. Ayniqsa, buvam va buvim duo qiladilar. 

«Xurmo jannatning uevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil 

dadam daraxtlami kc ‘paytirmoqchilar».

Nigina.  «Men  ok;abr  oyida  oyim bilan  Chinozga -  xolamnikiga 

bordim.  Birinchi  mrrta  paxtazomi  ko'rdim.  Paxtalar  lo‘ppi-lo‘ppi 

bo‘lib ochilgan. Opp >q dala. Quyoshda ko‘zni qamashtiradi.

Bir tomonda mast inalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak 

bog‘lagan.  Men  hair  paxta  termoqchi  bo‘ldim.  Xolam  menga  ham 

etak bog‘lab qo‘ydil  r.  Lekin tezda belim og‘rib  qoldi.  Qishloqdagi 

xolamning  bolalariga  qoyilman.  Men  tengi  qizlari  ham  paxta  terdi, 

ham moliga o‘t yulib oldi. Bog‘chaga bormas ekan».

Nurxon:  «Biz  oilamiz  bilan  qishloqdan  ko‘chib  kelganmiz. 

Qishloqda men quyo'.h botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda 

ufq  qizarib,  dalalar qorong‘ilasha boradi.  Qorong‘ulik  hamma yoq- 

qa  birdan  o‘rmalab  ketadi.  Lekin  teraklar  uchi  xali  nurli  ko‘rinadi. 

Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar 

tinmaydilar.

Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qayt- 

gan ayollar sigimi sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yo- 

qib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab,  sutga 

yo‘g‘rilgan  issiq,  bo‘rsildoq  nonlarni  tandirdan  uzib  oladi.  Qishloq 

hayoti  ana  shunday,  issiq,  bo‘rsildoq  non  hidi  ufurgan  oppoq  tong 

bilan boshlanadi».

Ravshan.  «Olmalar  gullaganda  bog‘ juda chiroyli  bo‘lib  ketadi. 

Quyosh nurini  olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan.

258



Shabboda turib, olma gullarini silab-siypalaydi.  Shunda olma gullari 

kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi. 




Download 9,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish