10.3 Antimonopol qonunchilik.
10.4 Raqobatli ajzallik va kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.
10.1. Korporativ raqobat bozor iqtisodiyotining asosi
Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyat-
laridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu
bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlvnib borishi bilan raqobatchilik
munosabatlari takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Marnla-
katimiz Prezidenti I.A,Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi
aqamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bolmasa, bozor iqtisodiyotini barpo
etib bo‘lmaydi.
Raqobat — bozorning asosiy sharti. aytish mumkinki, uning
qonunidir», degan edi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman
tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish uchun unga turli
tomondan yondoshishni talab qiladi.
Mustaqil
tovar ishlab chiqaruvcbilar (korporatsiyalar) o‘rtasidagi
raqobat
tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o ‘z mavqeini
mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va
materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi.
Korporativ ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda
iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchflar
o‘zlarining iqtisodiy resurslarini
(kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baqolarda sotish uchun raqobat
qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari
rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay
va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har
bir sarflangan pul birligi ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi.
Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
98
Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u
bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlami
ifodalaydi.
Korporativ raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining
to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va naflilikku
ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida sarflangan hujjatlarning har bir birligi evaziga ko'proq foyda
olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida
tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom
ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida
kurash boradi.
0 ‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir
so‘m xarajati evaziga ko'proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar,
ulaming har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo'lishga
harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk
egasi sifatida erkin va mustaqil boMishi raqobatning iqtisodiy asosini
tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o'z manfaati bo‘lib, ular
shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab
chiqarish va barcha boshqa sohadagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysun-
dirilgan bo'ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat
yurituvchi sabyektlar manfaatlarining to ‘qnashuvidan iboratdir.
Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munobatlarining
ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy
subyektlarning alohidalashgan manfaati to‘qnashadi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga
ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ко‘rib chiqish
zarur. 0 ‘z miqyosiga ko‘ra raqobat, eng awalo, ikki tuiga — tarmoq
ichidagi raqobat va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq
korporatsiyalari o‘rtasida boradi, har bir tarmoqda texnika bilan ta’min-
lanish darajasi va mehnat unumdorligi sababli shu korporatsiyalarda
ishlab chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
99
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korporatsiyalari o‘rtasida eng
ko‘p foyda olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday
raqobat foyda me’yori kam boigan tarmoqlardan foyda me’yori yuqori
tarmoqlarga kapitallarning oqib o'tishiga sabab boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |