Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tiqod – shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muhitga hamda o’zining xatti-harakatlariga bo’lgan subyektiv munosabati.
Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik qoidalari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |