Taqlid qilish – biror harakat, qiliq, ahd, fikr va hissiyotni takrorlash, aynan o’zlashtirish.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatining oliy shakli, insonlarni o’rab olgan dunyodagi o’zaro bog’langan narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim hayotiy jarayonlarni his qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum bo’lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko’ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida namoyon bo’ladi.
Temperament – 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini bildiradigan turg’un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi.
Faoliyat – 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |