Б. X. Madrimov


Xor to‘garagini tashkil etish



Download 11,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/104
Sana25.01.2022
Hajmi11,43 Mb.
#408595
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
fayl 1812 20210914

Xor to‘garagini tashkil etish.
 Umumta’lim maktablarida xor to‘garagini tashkil 
etish uchun, eng avvalo, maktab ma’muriyati ya’ni maktab direktori va uning ma’naviy 
va  ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosari  bilan  maslahatlashib  kelishib  olinadi,  kerakli 
imkoniyatlar  yaratiladi,xona  ajratiladi.  Shundan  so‘ng  e’lon  orqali    xor    to‘garagiga 
o‘quvchilar qabul qilinadi. Qabul qilingan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga xor 
san’atining  qisqacha  tarixi,  xor  to‘garagining  ahamiyati  va  kelajakdagi  rejalari  haqida 
o‘quvchilarga qiziqarli qilib gapirib beriladi. 
      To‘garak  mashg‘uloti  o‘tiladigan  xona  esa  estetik  did  bilan  jihozlangan  bo‘lib, 
unda royal yoki pianino, nota chiziqlari chizilgan doska, yetarlicha stol va stullar, xona 
devorlarida  musiqaga  oid  tasviriy  sur’atlar,  bastakor  va  kompazitorlarning  rasmlari 
tartib bilan osig‘liq bo‘lishi kerak.                                                                          
     Xor  to‘garagiga qabul qilingan  o‘quvchilar ovozi  dastlabki dars  davomida  birma-
bir  eshitilib  ko‘riladi  va  ularning  musiqaviy    qobiliyati  aniqlanib  o‘rganish  uchun  xor 
asarlari tanlanadi.  
       Xor to‘garagidagi o‘quvchilar yoshiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi va ular 
uchun alohida xor asarlari tanlanadi, ya’ni  kichik guruhlar uchun osonroq katta guruhlar 
uchun esa murakkabroq  asarlar tinglanib o‘rgatilib boriladi. 
        Asarlarni  o‘rgatishdan  oldin  10-15-minut  o‘quvchilarning  ovoz  yo‘llarini 
qizitish,  eshitish  qobiliyatini  tiklash,  ular  ovozini  to‘g‘ri  rivojlantirish  uchun  har  xil 
mashqlar,  gammalar,  arpedjiolar,  tanish  qo‘shiqlardan  parchalar  kuylatish  maqsadga 
muvofiqdir. Bu ish har bir mashg‘ulot kuni bajariladi. Shuningdek, kuylash jarayonida 


161 
 
tovush talaffuzlariga e’tibor berish qoidalarini ham esdan chiqarmaslik kerak. Shu bilan 
bir qatorda yangi musiqa asarini o‘rgatish jarayonida musiqa savodiga oid ma’lumotlar, 
jumladan, notalar  va ularning  bo‘linishi, nota chiziqlari, ularda notalarning joylashish 
tartibi,  nomi,  kalit  belgilari  va  ularning  vazifalari,  alteratsiya  belgilari,  pauzalar, 
o‘lchovlar  kabi  bilimlar  muntazam  ravishda  o‘rgatilib  boriladi.  Bundan  musiqa 
adabiyotiga oid bilimlar berib borish ham  mustasno emas.    
       Mashg‘ulot  davomida  to‘garak  a’zolarining  turib  yoki  o‘tirib  qo‘shiqni 
kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutishlari, yelkalarini erkin, oyoqlarini esa yerga mustahkam 
bosib turishlari ovozni to‘g‘ri chiqarishda hamda xor asarining mukammal ijrosi uchun 
zamin yaratiladi.                                            
   To‘garak a’zolariga xor asarlarini o‘rgatish uchun tanlanadigan mashqlarni to‘garak 
rahbarining  o‘zi  tuzishi  mumkin  yoki  tadrijiy  qo‘llanmalarda  berilgan  mashqlardan 
hamda  xor  uchun  yozilgan  asarlardan  parchalar  olib  foydalanishi  ham  mumkin. 
Tayyorgarlik  ishlaridan  so‘ng  qo‘shiqlar  o‘rgatishga  kirishiladi.  To‘garak  rahbari 
o‘rgatilayotgan  har  bir  asar  to‘g‘risida  batafsil  ma’lumot  bermog‘i  kerak.  Jumladan, 
asarning    mualliflari,  mazmuni,  ritmik  tuzilishi,  tempi  (sur’ati),  tarbiyaviy  va  ta’limiy 
tomonlari  to‘grisida  o‘z  fikrlarini  sodda,  ravon,  bolalar  tushunadigan  so‘zlar  bilan 
tushuntirmog‘i  kerak,  chunki    o‘quvchilarga  birinchi  mashg‘ulotdayoq  asarning  yoqib 
tushishi,  ularning  tez  o‘rganishlarini  osonlashtiradi  va  ish  samaradorligini  oshiradi. 
Qo‘shiq  o‘quvchilarga  har  tomonlama  tushuntirilgandan  so‘ng  qo‘shiqning  so‘zlari  va 
ohangi  o‘quvchilarga  kichik  guruhlarga  bo‘lingan  holda  o‘rgatila  boshlanadi.  Agar 
qo‘shiq  ikki  ovozli  bo‘lsa  har  bir  ovozi  alohida–alohida  guruhlarga  bo‘lingan  holda 
o‘rgatiladi. Guruhlarda o‘rgatilgan ovozlar partiyasi ikkinchi guruh bilan almashtiriladi. 
Shu tariqa asar mukammal o‘rganilib, guruhlar birgalikda ijro etilganlarida ovozlar sof 
ansamblga erishadilar. 
    

Download 11,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish