RUBOB PRIMA .
Bu asbobning to‘rta po‘lat tori bor. Ular quyidagi notalarga
sozlanadi: (Misol№ 23).
153
Birinchi tor: -“mi”
Ikkinchi tor: - “lya”
Uchinchi tor: -”re”
To‘rtinchi tor: -”sol”
Diapazoni “sol” kichik oktavadan “mi” to‘rtinchi oktavagacha : (Misol №24).
Rubob primaning notalari qanday yozilsa, shunday eshitiladi.
Rubob prima asosan, o‘tirib chalinadi. Chap oyoq polga, o‘ng oyoq esa chap oyoq
tizzasi ustiga qo‘yiladi. Cholg‘u asbobi o‘ngoyoqqa tiralib, ko‘krakning o‘ng
tomoniga sal taqalishi lozim. Uning grifi chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan
ko‘rsatgich barmog‘i orasida turadi. Rubob-prima mediator bilan chalinadi va katta
texnik imkoniyatga ega bo‘lib, orkestrda yetakchi asboblardan biri hisoblanadi.
AFG‘ON RUBOBI.
Mediatr bilan chalinadigan cholg‘u asboblari orasida o‘zining
tashqi ko‘rinishi, katta korpusi, kalta va yo‘g‘on dastasi hamda ovozining xarakterli
tembiri bilan afg‘on (buxor) rubobi juda ham ajralib turadi. Bu rubob ilgari, asosan,
Buxoroda keng yoyilgan edi,keyinchalik esa O‘zbekistonning boshqa shaharlariga
ham tarqala boshladi. Afg‘on rubobining beshta tori bo‘lib, ular qashqar rubobi kabi
sozlanadi,lekin torlari ichak yoki kaprondan qilinadi.
(Misol №25)
Birinchi tor juft-«lya»
Ikkinchi tor juft-”mi”
Uchinchi tor yakka-“si”
Diapazoni “si” kichik oktavadan “do” ikkinchi oktavagacha:
(Misol №26).
Afg‘on rubobi tovushlari yozilishiga nisbatan bir oktava past eshitiladi. Ovoz
berishi:
(Misol №27).
154
Afg‘on rubobi ham rubob-primatek stulga o‘tirib chalinadi. U ovozining yumshoq
va chiroyliligi uchun orkestr yoki ansamblda asosiy partiyalarni ijro etishda
ishlatiladi. Notalari skripka kalitida yoziladi.
DUTOR-BAS. Dutor –bas yangi ishlangan, mediatr bilan chalinadigan cholg‘u
asbobidir. Uning to‘rtta tori bo‘lib, quyidagicha sozlanadi. Notalari bas kalitida
yoziladi, qanday yozilsa, shunday ovoz beradi: (Misol №28).
Birinchi tor: - “lya”
Ikkinchi tor: - “re”
Uchinchi tor: - “sol”
To‘rtinchi tor: - “do”
Uning birinchi “lya” tori kaprondan,qolganlari esa po‘latdan. Diapazoni “do” katta
oktavadan “re” ikkinchi oktavagacha:
(Misol№29).
Chap qo‘l barmoqlarining dutor-bas torlariga bosish applikaturasi quyidagicha
bo‘ladi:
(Misol №30).
Dutor-bas ham o‘zining yorqin, kuchli va yoqimli tovushi bilan orkestr yoki
ansamblni boyitadi, shuning uchun bu asbobda ko‘pincha asosiy partiyalar chalinadi.
155
Do'stlaringiz bilan baham: |