126
1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti
amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‗ylab ko‗rilgandan keyin korxona
ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida
uchastkalar, xodimlar o‗rtasida
mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga
qo‗yish, ular faoliyatining o‗zaro bog‗lanishi va sinxronizatsiyasini ta‘minlash
imkonini beradi.
2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan
ta‘minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya‘ni aniq ish turini bajarishda
qo‗llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini
o‗rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini
aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona
taqsimlash imkonini
beradi.
3. Mehnatni me‘yorlash. Mehnat me‘yorini belgilamasdan turib, xodimlar
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlab bo‗lmaydi. Mehnatni me‘yorlash xodimlar
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlashning turli variantlarini baholash vositasi
bo‗lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‗zgarish ish vaqti sarflariga ma‘lum
darajada ta‘sir etishi tufayli mehnatni me‘yorlash ushbu o‗zgarishlarni miqdoran
baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.
4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma‘lum vaqt va makonda amalga
oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‗llash ob‘ekti bo‗ladi.
Ish joyi ishlab
chiqarish jarayonining birlamchi bo‗g‗ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan
unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‗y beradi va uning bosh
maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan o‗zgartirilishiga erishiladi. Shu
sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‗z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir
ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‗ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‗lishi.
5. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini
ma‘naviy va moddiy jihatdan ta‘minlashning ajralmas qismi bo‗ladi. Mehnat
sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta‘sir ko‗rsatadigan
muhim omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib,
mehnatga ijodiy munosabatda bo‗lishiga ko‗maklashib, katta ijtimoiy vazifani ham
bajaradi.
6. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish
tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning
yagona muammosi doirasida ko‗rib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e‘tiroz
qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma‘lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan
mustaqilligi
tufayli
ularni
xodimlarning
faoliyatini
tashkiliy
jihatdan
ta‘minlashning alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir.
7. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni
hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini
oshirish katta
127
ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va
malakasini oshirishga yondashishni tubdan o‗zgartiradi. Yangi sharoitlarda
xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya‘ni kasbiy
tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi o‗zgarib borishiga muvofiq ravishda
o‗zgaruvchan bo‗lishi lozim.
8. Mehnatni rag‗batlantirish. Mehnatni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish
tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va
tizimlaridan foydalanish,
mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni
rag‗batlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak ko‗rsatkichlarga erishish
maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilg‗or ish usullarini o‗zlashtirish, ish
joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni
ta‘minlashga qaratilishi lozim.
9. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat
munosabatlari» atamasi ilmiy iste‘molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda.
U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat
faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlashga kiritish o‗rinlidir.
10. Mehnat intizomi. Korxona xodimlarining umumiy
mehnat natijalari har
bir xodimning shaxsiy mehnat natijalariga bog‗liqdir. Shu sababli ularning
birgalikda faoliyat olib borishlari uchun muayyan tartibni saqlab borish, ishning
boshlanishi va tugallanishi, tanaffuslar va hokazolarga rioya etish lozim. Bundan
tashqari esa mehnat intizomini saqlab borishning aniq mexanizmi ham zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: