birikma asosida quriladi. Ma’lumki, mo'ridan chiqqan tutunning samoga
«sayri» — o'rlab chiqishi kuzatishga arzigulik manzara va u rang-barang
shakllarni vujudga keltiradi. Birinchidan, ulug' shoir oshiqning iztirobli,
oh-u fig'onli qalbi bilan mo'ridan chiqayotgan tutun o'rtasida monandlik
tuyadi. Masalaning yana bir nozik jihati ham bor. Xoja Hofiz g'azalining
matlaida ishqi ilohiyga ishoralar mavjud edi. Navoiy — Foniy ham
tatabbuida buni nazardan qochirgani yo'q. O'sha «ko'z ostiga olingan»
g'oyaviy niyat nafis ishoralarda o'zini ko'rsata boshlaydi. Shuning uchun
tasvir yo'nalishi samoga qarab buriladi. Ikkinchidan, buyuk
mutafakkiming topqirligi va sinchkovligi shundaki, unchalik nazaiga
Do'stlaringiz bilan baham: |