fikrlar bor. Akademik A.Mirzoyevning yozishicha, devonning Tehron
nashrida Navoiy—Foniyning Xoja Hofizga tatabbulari soni 232 tadir.
Prof. H.Sulaymon «Devoni Foniy»ning Fransiya Milliy kutubxonasida
saqlanayotgan nusxasi asosida bu raqamni 237 taga yetkazadi. (Hamid
Sulaymon. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi tadqiqotidan. «O'zbek
tili va adabiyoti», 1965.5-son). Devonning Toshkent nashrida esa hammasi
bo'lib 156 ta tatabbu’-g'azallar uchraydi. Agar yuqorida eslatilgan ikki
olimning ma’lumotlari ishonchli bo'lsa, unda «Devoni Foniy»ning
Toshkent nashri ham mukammal emas ekan.
Xoja Hofiz—dilbar she’riyat meros qoldirgan ijodkor. Uning o'ynoqi,
yuksak mahorat bilan yozilgan mazmundor she’riyati Sharq-u G'arbda
Do'stlaringiz bilan baham: |